5.4.Chaqilmani qobiq va mag’izga (fraktsiyalarga) ajratish
Chaqish mashinadan chiqayotgan mahsulot - rushanka bir necha fraktsiyalardan
iborat: mag’iz, po’choq (luzga, sheluxa), butun urug’, chala chaqilgan urug’
(nedorush), sechka. Shu sababli rushanka tarkibiy qismlarga – fraktsiyalarga
ajratiladi.
Chaqilmani fraktsiyalarga ajratish uskunalarini tanlashda aralashmaning tarkibi
va fizik xossalari e’tiborga olinadi. Rushankani separatlashda tarkibiy qismlari
o’lchamlarning farqi, elektrofizik xossalari, zichligi, ishqalanish koeffitsienti,
aerodinamik xossalariga asoslangan usullar qo’llaniladi.
Chaqilmani fraktsiyalarga ajratish uskunalari (semenoveyka).
Kungaboqar
rushankasi tarkibiy qismlarga elash va havo oqimi yordamida mag’izni ajratadigan
M1C-50 va M2C-50 tipidagi aspiratsiya qurilmasida (38-rasm) ajratiladi. Bunday
mashina alohida uzatma yordamida ishlaydigan qismlardan: elak (rassev)
(
37-rasm)
va aspiratsiya kamerasidan tashkil topgan.
Elaklar kamerasining korpusi 1 yog’och quti shaklida bo’lib, u ikkita qismga
bo’lingan. Har bir qismida ikki qatorli uchtadan 3…5
0
qiyalikda
4
elaklar joylashgan
bo’lib, ularning tagida 3 po’lat tagliklari o’rnatilgan, 7 ekstsentrik mexanizmi
yordamida elaklar aylanma harakatga keltiriladi. Elak ko’zlarini o’lchamlari 37-
rasmda keltirilgan.
Qurilmaning ikkinchi qismida aspiratsiya kamerasi bo’lib, u oltita alohida
kameralarga (
А
,
Б
,
В
,
Г
,
Д
,
Е
) bo’lingan. Har bir kamerada havo oqimini boshqaradigan
23 shiber va mag’izni luzgadan ajratadigan 14 plastinalar bor.
80
Kameraning ustki qismiga ta‘minlovchi o’rnatilgan, undan pastga beshta novalar
joylashgan bo’lib, ular yordamida havo oqimi boshqariladi. Novalarni holati va uning
alohida plastinkalari orasidagi oraliqni o’zgartirish orqali rushankaning harakat
tezligi boshqariladi, bu o’z navbatda qobiqdan mag’zini yaxshi ajralishini
ta‘minlaydi. Novi ustiga tushgan rushanka sochilib ikkinchi novga o’tadi, shu vaqtda
ventilyator tomonidan so’rib olnayotgan havo oqimiga duch kelib uning tarkibidagi
nisbatan yengil bo’lgan qobiq havo oqim tomon harakatlanib og’irligi va o’lchami
bo’yicha cho’ktirish kameralariga tushadi va qurilmadan chiqariladi. Shunday
harakatlanishi natijasida rushanka tarkibidan ajralgan mag’iz pastga tushib
qurilmadan chiqariladi.
Chaqilgan urug’lar ustki elaklarga tushib luzga va chaqilmagan urug’lar elakda
qoladi va 12 engdan birinchi A kameraga yig’iladi. Elakdan o’tgan yadro va luzga
ikkinchi
Б
kamerada yig’iladi.
Ikkinchi qator elaklarda mayda mag’iz, luzga va yadroning yirik bo’laklari
qoldiq bo’lib uchinchi
В
kamera, o’lchamlari 4,5 mm kam bo’lgan aralashma
to’rtinchi
Г
kameraga yig’iladi.
Uchinchi qator elaklarda o’lchamlari 3 mm dan katta aralashma (luzga va
yadroning mayda zarrachalari) beshinchi
Д
kameraga, eng maydalari esa (3 mm dan
kichik luzga va yadroning zarrachalari) oltinchi E kamerada yig’iladi.
Luzga havo yordamida 17 va 18 bunkerga, luzga va yadro bo’laklari 15
bunkerga, rushankaning eng og’ir fraktsiyasi 16 kanal orqali shnekga tushadi.
Qurilmadan chiqayotgan mag’iz tarkibidagi qoldiq qobiq miqdori 1,6...3,0%
dan, qobiqning qoldiq moyliligi 0,5 % dan oshmasligi kerak. Qurilmaning ish
unumdorligi 50...60 t/sut ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |