169
Og’irligi, kg.....................................................................1094
Uchinchi (oxirgi) bosqich distillyator
(78-rasm) vertikal plastinkali plyonka
tipidagi kolonna shaklidagi qurilma bo’lib uning markaziy qismida diametri 328 mm
va uzunligi 5168 mm bo’lgan truba joylashgan, uning ichida sachratgich o’rnatilgan.
Trubaning oxirida pastdan 450 mm masofada o’tkir bug’ o’tishi uchun 70x90 mm
o’lchamli 5 tirqishlar mavjud. Sachratgich tirqishlarning ustidan o’rnatilgan.
Distillyatorning 7 korpus ichiga 40 dona vertikal bir qism teshikli 8 plastinalar
11 va 4 ustunlar yordamida 17 va 3 flanets va aylanadigan disklarga o’rnatilgan.
Plastinalar qalinligi 0,5...0,7 mm, umumiy yuzasi 120 m
2
tashkil etadi.
Mistsella plastinalar sirti bo’ylab pastga tomon harakatlanadi. Plastinalar 6
markaziy trubaga nisbatan birmuncha burchak ostida joylashgan bo’lib, aylanadigan
disk yordamida burchak o’zgartiriladi. Bu esa mistsellani plastinalar sirti bo’yicha bir
xil taqsimlanishini ta’minlaydi.
Qurilma korpusini qizdirish uchun uning tashqi sirtiga 20 zmeevik o’rnatilgan.
Moy tarkibidagi erituvchini to’liq bug’latish va moyni
bir qism dezodoratsiyalash
uchun qurilmaning ostki qismida moyning bir xil balandlikdagi (250 mm) sathi
77-rasm. Vertikal trubali qizdirgich.
1-bug’latilgan mistsella uchun patrubka,
2,8-panjara, 3-taglik,
4-isitish suv bug’i kirish uchun patrubka,
5-korpus, 6-trubalar to’plami,
7- mistsella uchun patrubka, 9-truba,
10-erituvchi bug’larini chiqarish patrubka,
11- mistsella uchun patrubka,
12-tomchiushlagich, 13-qopqoq,
14- kondensatni chiqarish uchun patrubka,
15-taqsimlovchi, 16-ochiq bug’ uchun
patrubka.
170
ushlanadi va bu qavatdan 1 barbotyor orqali o’tkir bug’ yuboriladi. Barbotyor krest
shaklidagi perforirlangan (teshikli) trubalar va perforirlangan (teshikli) plastinadan
iborat bo’lib, o’tkir bug’ni apparat hajmi bo’yicha bir xil taqsimlaydi.
Qurilma 18 nazorat oynalari va 24 lyuk bilan ta’minlangan, 19 va 22
patrubkalar yordamida yopiq suv bug’i yuboriladi va kondensat chiqariladi. O’tkir
bug’ 6 truba va 1 barbotyorga 26 va 28
patrubkalar orqali kiradi, tayyor moy
qurilmadan 23 va 27 patrubkalardan chiqariladi.
Uchinchi
(oxirgi)
bosqich
distillyatori
quyidagi
tartibda
ishlaydi.
Kontsentratsiyasi 95...98% bo’lgan mistsella 13 truba orqali 10 forsunka
(sachratkich)ga beriladi va tomchi holatda sachratiladi.
Uning tarkibidagi erituvchi
bug’lanadi. Tomchi holdagi mistsella devor, plastinalar va trubaning tashqi sirti
bo’ylab
pastga tomon harakatlanadi, pastdan unga qarama-qarshi yo’nalishda o’tkir
bug’ yuboriladi.
Plyonka holda oqib turgan mistsella dezodoratsiyalash kamerasiga yig’iladi va
bosimi 0,015...0,02 MPa bo’lgan o’tkir bug’ bilan qizdiriladi. O’tkir bug’
barbotyordan beriladi va o’zi bilan birga qolgan moy tarkibidagi erituvchini bug’latib
bug’larini tepaga olib chiqadi.
Tayyor moy (harorati 100...105
0
C) 23 patrubkadan chiqariladi. Bug’ oqimi 15
diskli tomchi qaytargichlardan o’tib 12 patrubka orqali kondensatorga yuboriladi.
Oxirgi bosqich distillyatori
bug’ ejektori bilan ta’minlangan va vakuum
(0,08...0,09 MPa) ostida ishlaydi.
MEZ ekstraktsion liniyaning
oxirgi bosqich distillyatorning texnik tavsifi
Unumdorligi moy bo’yicha, t/soat................................1,3 cha
Apparat diametri, m....................................................1020
Plastinalar soni, dona...................................................40
Plastinalar yuzasi, m
2
..................................................196,8
Umumiy bug’lanish yuzasi, m
2
....................................209
Og’irligi, kg................................................................3663