Markazdan qochma chaqish mashinasi.
A1-
МРЦ
markazdan qochma chaqish
mashinasi
(
32-rasm) quyidagi qismlardan iborat: 1 silindrsimon korpus, korpusga 2
patrubkalar va chang, mayda zarrachalarni aspiratsiya qilish uchun 3 jalyuzi
mahkamlangan.
Korpusning yuqori qismiga 4 deka mahkamlangan. Dekaga ikki qatorda 48 ta
plastina payvandlangan. Korpus ichida 8 vertikal o’qda 9 motor-reduktor yorgamida
7 rotor aylanadi. Rotor ikkita gorizontal disklardan tayyorlangan, disklarda 32 mm
balandligida 16 ta ishchi kanallar bor.
74
Mashinaning 5 qopqog’ida 6 ta’minlagich o’rnatilgan. Ta’minlovchi orqali
urug’lar rotorning kanallariga kelib tushadi va markazdan qochma kuch ta’sirida
yuqori tezlik bilan dekaga uriladi. Rushanka 3 patrubkalar orqali mashinadan
chiqariladi.
32-rasm. A1-
МРЦ
markazdan qochma chaqish mashinasi.
1-korpus, 2-patrubkalar, 3-jalyuzi, 4-deka, 5-qopqoq, 6-oziqlantiruvchi, 7-rotor, 8-o’q, 9-motor-
reduktor
А
1-
МРЦ
rusumli markazdan qochma chaqish qurilmasining texnik tavsifi
Unumdorligi, t/sut………………………………….200 cha
Rotorning diametri, mm..…………………….........700
Aylanish tezligi, min
-1
…………………............1200…1500
Diskli chaqish qurilmasi
(
33-rasm) - paxta urug’larini chaqish uchun
mo’ljallangan. Mashina 3 ta’minlovchi qurilma, 2 ta’minlovchi kamera va ikkita
vertikal diametri 920 mm bo’lgan 4 va 5 disklardan iborat. Bu disklarning biri
aylanadi, ikkinchisi qo’zg’almas holda, bo’larni barchasi tayanch plitaga o’rnatilgan
cho’yan 6 korpusga biriktirilgan.
Har bir diskda 6 ta dan yechiladigan segment holida 1 pichoqlar boltlar bilan
biriktirilgan. Pichoqlarning (34-rasm) ishchi yuzasida radial riflar mavjud bo’lib shu
riflar urug’larni kesadi. Aylanuvchi disk juft podshipniklarga tayanadigan gorizontal
75
o’qga o’rnatilgan va qattiq zarrachalarni o’tkazib yuborish uchun o’q bo’yicha 50
mm masofada harakatlanishi mumkin. Xuddi shu o’q yordamida klin tasmali uzatma
yordamida ta’minlovchi qurilma ham harakatga keltiriladi.
Urug’lar ta’minlovchi qurilmadan disklar orasidagi bo’shliqga tushadi va
aylanuvchi disk bilan olib ketiladi, pichoqlar orasida kesiladi va mashina korpusining
pastki qismidan chiqarib yuboriladi. Disklar orasidagi masofa me’yorlovchi bolt
yordamida to’g’rilab turiladi (o’zgartiriladi).
Qurilma unumdorligi sutkasiga 100...120 t tashkil etadi.
33-rasm.
МШВ
diskli chaqish mashinasi.
1-pichoqlar, 2-kamera, 3-oziqlantiruvchi, 4-qo’zg’almaydigan disk, 5-aylanadigan disk, 6-korpus
.
34-rasm. Diskli chaqish mashinasining pichoqlari.
76
МШВ
diskli chaqish qurilmasining texnik tavsifi
Disklar diametri, mm
.....................................920
Disklarni aylanish tezligi, min
-1
...........................1100..1200
Unumdorligi, t/sut................................................100...120
Elektrodvigatel quvvati, kVt................................28,0
Gabarit o’lchamlari, mm..……………........1735x1216x1538.
Germaniyada ishlab chiqariladigan
АС
-900 diskli chaqish mashinasining
(
35-
rasm) texnologik sxemasi va ishlash printsipi bo’yicha yuqorida bayon etilgan
qurilmadan farq qilmaydi. Ammo konstruktsiyasi bilan ancha farqlanadi.
Mashinaning ishchi organi bo’lgan po’lat 19 diski cho’yan kojuxga joylashgan.
Qopqoqning tashqi tomonidan urug’larni ishchi zonaga oqizish uchun vertikal
patrubka qilingan. Qopqoqning ichki tomonida oltita
qo’zg’almas pichoq va diskda
oltita aylanadigan pichoqlar mahkamlanadi. Harakatlanadigan va harakatlanmaydigan
pichoqlar orasidagi bo’shliq mashinaning ishchi zonasini tashkil etadi.
Po’lat disk 8 sharikli podshipniklar yordamida 10 aylanadigan gorizontal o’qga
o’rnatilgan va 11 mufta orqali elektrodvigatelga biriktirilgan. Oldingi podshipnik
korpus ichida o’q bo’yicha harakatlanadigan stakan ichiga joylashtirilgan. Valning
chetlashtiruvchi mexanizmi va podshipniklar kojuxning orqa devoriga biriktirilgan
cho’yan 9 kronshteyn ichida bo’ladi. Mashinaning ishchi zonaga yirik narsalar
tushganda chetlashtiruvchi mexanizmi yordamida disk va gorizontal o’q unga
harakatlanadi. Shu payt 17 richag aylanib 14 prujinani siqadi. Yirik narsalar
o’tgandan keyin prujina yoziladi va o’q bilan disk o’z joyiga qaytadi.
77
35-rasm.
АС
-900 diskli chaqish mashinasi.
1-kojux, 2- vertikal patrubka, 3- ta’minlovchii, 4- bunker, 5- reduktor, 6- elektrodvigatel, 7-
stakan, 8- sharikli podshipnik, 9-kronshteyn, 10-gorizontal o’q, 11-mufta, 12-shtir, 13-boshqaruvchi
gayka, 14-prujina, 15- kronshteyn, 16-vtulka, 17- richag, 18- o’q, 19-disk, 20-vtulka.
АС
-900 diskli chaqish mashinaning texnik tavsifi
Unumdorligi, t/sut..................................................90
Disk diametri, mm .................................................900
Ishchi o’qning aylanish tezligi, min
-1
....................970
Elektrodvigatel quvvati, kVt...................................17
Gabarit o’lchamlari, mm..…………...............2000x1200x1800
Do'stlaringiz bilan baham: |