01. Shikastlangan tayanch-xarakat apparati faolyatini tiklashda


Suyaklarning yoshga bog’liq xususiyatlari



Download 473,73 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/26
Sana16.03.2022
Hajmi473,73 Kb.
#496254
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
Bog'liq
shikastlangan tayanch-xarakat apparati faolyatini tiklashda davolash gimnastikasining samaradorligi

Suyaklarning yoshga bog’liq xususiyatlari. Suyaklar odamning yoshiga qarab 
o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bola tug’ilganda uning tanasidagi suyaklarning ko’p 
qismi tog’aydan iborat bo’ladi. Shuning uchun yosh bolalarning suyaklari 
yumshoq, egiluvehan xususiyatga ega. Bula o’sgan sari suyaklarning tog’ay qismi 
suyakka aylana boradi. Bu jarayon odam skeletining turli qismlarida har xii 
keehadi. 
Yangi tug’ilgan bolalarda bosh suyagi o’zaro birikmagan bir neehta suyakdan 
iborat bo’ladi. Shuning uehun bosh suyagining qopqog’ida, ya'ni o’zaro 
birikmagan suyaklar o’rtasida yumshoq joylar (bo’shliqlar) bo’lib, ular liqildoq 
deb ataladi. Katta Jiqildoq peshona va tepa suyak]ari o’rtasida joylashgan bo’lib, 
uning bo’yi 3,5 srn, eni 2,5 srn bo’ladi. Bu liqildoq bola J yoshga to’lib, ikkinchi 
yoshga o’tganda bitadi. 
 
 
 
 
 
 


14 
 
 
 
 
rasm. 
Chaqaloq 
holaning 
kalla 
suyagi: 
A- yon tomondan ko’rinishi; B- yuqoridan ko’rinishi; 1- peshona liqildog’i; 2- 
ens. liqildog’i; 3- yon liqildoqlar 
Tepa va ensa suyaklari o’nasida kichik liqildoq va tepa-chakka suyaklari o’rtasida 
2 tadan, jami 4 ta yon liqildoqlar bo’lib, bolaning 2-3 oyligidan ular suyakka 
aylana boradi (9-rasm). Bosh suyagi bolaning 3-4, 6-8 va 11-15 yoshlik davrida, 
ayniqsa tez o’sadi. Uning o’sishi va shakllanshi 20-25 yoshgacha davom etadi. 
Gavda suyakJarida yoshga bog’liq quyidagi xususiyatlar mavjudo Umurtqa 
suyaklari 17-25 yosh orasida suyakka aylanib bo’ladi. Lekin umurtqa pog’onasi 
dum qismining suyakka aylanishi 30 yoshgacha davom etadi. Yuqorida 
aytilganidek, to’sh suyagining uchta qismi bolalarda alohida suyaklardan iborat 
bo’lib, 20-25 yoshda ular bir-biriga qo’shilib, yaxlit to’sh suyagiga aylanadi. 
Kurak, o’mrov, elka, bilak, tirsak suyaklarining suyakka aylanishi 20-25 
yoshgacha davom etadi. Qo’l kaftining suyakka aylanishi 15-16 yoshgacha, 
barmoqlarning suyakka aylanishi 16¬20 yoshgacha davom etadi. Suyaklanish 
jarayonining normal borishi ko’p jihatdan ovqat tarkibiga, undagi oqsil moddasi, 
mineral tuzlar va vitaminlar yetarli miqdorda bo’lishiga hamda ochiq havoda 
quyoshning ultrabinafsha nurlaridan muntazam ravishda foydalanishga bog’liq. 
Shuningdek, jismoniy tarbiya, spon mashg’u'otlari bilan shu g’ullanish suyaklanish 
jarayonining normal borishiga ijobiy ta'sir ko’rsatadi. Aksincha, vitaminlar ayniqsa 
D vitamini yetishmas¬ligi yoki quyosh nuridan yetarli foydalanmaslik organizmda 
kalsiy va fosfor tuzlari aJmashinuvi buzilishiga sabab bo’ladi va suyakla¬nish 
jarayoni sekinlashadi. Natijada raxi! kasalG’igi kelib chiqadi. Bunday kasallikka 
uchragan bolalarning suyagi yumshab, egiluvchan bo’Jib qoladi. Ayniqsa, 
oyoqlari, umurtqa pog’onasi, ko’krak qafasi, chanoq suyaklari egrilanib qolishi 
mumkin. Bu esa ularning qad-qomati normal shakllanishiga salbiy ta'sir ko’rsatadi. 
Odam va hayvonlar skeletidagi o’xshashlik. Evolyutsion rivojlanish 
jarayonida ibtidoiy odam tik yurishi va mehnat faoliyati tufayli uning skeletida sut 
emizuvchi hayvonlarning skeletidan farq qiladigan o’zgarishlar paydo bo’ladi. 
Odam bosh miyasining yuksak darajada rivojlanganligi uning bosh skeleti miya 
qismining yuz qismiga nisbatan katta bo’lishiga olib keldi. Hayvonlar bosh 
skeletining yuz qismi esa miya qismiga nisbatan yaxshi rivojlangan. Chunki ular 
dag’al, qattiq oziq bilan oziqlanadi. Bundan tashqari, ularning jag’i hujum va 
himoya organ¬lari vazifasini ham bajaradi. 
Odam skeletining o’ziga xos belgilaridan biri asosiy mehnat organi bo’lgan 
qo’lIarining tuzilishidir. Qo’lning yelka, bilak, kaft usti va panja bo’g’imlarida xii 
ma-xiI murakkab va nozik harakatlar bajariladi. Masalan, sportchi, raqqosa, zargar, 


15 
soatsoz, rassom, haykaltarosh va hokazo mutaxassislarning qo’l bilan bajaradigan 
ishlarini eslash kifoya. Bunday murakkab va nozik harakatlarni bajarishda
ayniqsa, qo’l bosh barmog’ining roli nihoyatda katta bo’ladi. 
Odamning tik yurishi uning chanoq suyakJari va chanoq bo’shJi¬g’ining 
kattalashuviga sabab bo’lgan. Shu tufayli chanoqda ko’pgina ichki organlar 
joylashadi va himoya qilinadi. 
Tayanch-harakat sistemasiga suyaklar va muskullar kiradi va yagona suyak-
muskul sistemasini hosil qiladi. Skelet va muskullar organizm uchun tayanch 
bo’lib, ichki organlarni himoya qilish vazifasini ham bajaradi. Tayanch-harakat 
sistemasi yordamida organizmning eng muhim funksiyalaridan biri hisoblangan-
harakat vujudga keladi. Tayanch-harakat sistemasining uyg’unlashgan faoliyati 
markaziy nerv sistemasi tomonidan boshqariladi. 

Download 473,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish