Amaliy tavsiyalar
•
Skoliozni davolashni davolash gimnastikasi yordamida amalga
oshirishning ahamiyati shundaki, maktab yoshidagi bolalarda
skoliozni oldini olish, skolioz boshlangan bolalarda birinchi
darajasidayoq davolash ishlarini olib borish orqali kuchayib ketishini
oldini olish mumkin. Jismoniy tarbiya o’qituvchilari skolioz va yassi
oyoqlik kasalliklari haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lishi va o’quv
mashg’uloti mobaynida alohida mashg’ulotlar berib buni oldini
olishlari maqsadga muvofiqdir.
•
Skoliozni davolashda davolash gimnastikasi amalga oshirilayotgan
vaqtda umurtqa pog’onasida og’riq yuzaga kelmayotganligiga e’tibor
qaratish kerak.
•
Skoliozda umurtqani orqaga qayirgan (egilgan) holatdagi mashqlar
taqiqlanadi.
•
Bizga ma’lumki yassi oyoqlik kasalligi tug’ma va hayot davomida
orttirilgan bo’ladi, lekin har ikkalasini ham davolash gimnastikasi
orqali davolash mumkin. Buni maktabgacha ta’lim muassasalarida va
maktabning boshlang’ich bosqichlarida boshlash samaraliroq natija
beradi. Buning uchun yuqorida aytganimizdek jismoniy tarbiya
o’qituvchilarining roli muhimdir.
•
Yassi oyoqlikni davolashda davolash gimnastikasining o’zigina etarli
emas. Davolash gimnastikasi amalga oshirilayotgan vaqtda oyoq
kiyimga ham alohida e’tibor berish kerak. Oyoq kiyimning balandligi
1,5-2 sm dan oshmasligi kerak.
Bola qad-qomati normal shakllanishi uchun quyidagi gigiyena qoidalariga
amal qilish kerak.
•
Bolani yoshligidan tekis va bir oz qattiqroq to’shakda uxlatish kerak.
•
Bolani 6 oylik bo’lgunicha o’tqazmaslik, 10 oylik bo’lguncha
oyog`'ida uzoq vaqt tik turg’azmaslik kerak, chunki bu yoshdagi
bolalarning
umurtqa
pog’onasi,
oyoq
suyaklari
egiluvchan
bo’lganligi sababli, tana massasini ko’tara olmasdan, egrilanib
qolishi mumkin.
40
•
4-5 yoshgacha bo’lgan bolalarni katta odamlar uzoq vaqt qo’lidan
yetaklab yurmasligi kerak, chunki bolaning bir tomoni yuqoriga
ko’tarilishi tufayli umurtqa pog’onasi egrilanib qolishi mumkin.
•
Kichik yoshdagi bolalar, boshlang’ich sinf o’quvchilari uzoq vaqt bir
joyda o’tirmasligi, tik turmasligi, uzoq masofaga yurmasligi, og’ir
byumlarni ko’tarmasligi, ayniqsa doim faqat bir qo’lida ish
bajarmasligi kerak. Bularning barchasi bolaning umurtqa pog’onasi
va oyoq suyaklari egrilanib qolishiga, qad-qomati buzilishiga sabab
bo’ladi.
•
Bolalar va o’quvchilar bo’ylariga mos parta, stol-stulda o’tirishi
kerak.
•
O’quvchilar parta, stol-stulda o’tirganda gavdasi tik, yelkalari bir
tekisda, beli stul suyanchig’iga suyanib tursin, oyoqlari tizza
bo’g’imida to’g’ri burchak hosil qilib bukilsin, oyoq kaftining hamma
yuzasi polga baravar tegib tursin, ko’krak bilan parta qirrasi
orasidagi masofa 10 smga yaqin bo’lsin. Suyanchiq oralig’i oshib
ketsa, o’quvchi ishlayotganda kursi suyanchig’iga tayana olmaydi va
bukilib o’tiradi. Suyanchiq oralig’i kamayib ketsa, siqilib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |