Davlat arxiv fondini quyidagilar tashkil etadi:
0 ‘zbekiston Respublikasi tarkibiga kiruvchi hududdagi mavjud va o‘zining barcha tarixi davomida mavjud bo'lgan davlat yuridik shaxslari:
— davlat hokimiyati va boshqaruvining oliy, respublika va mahalliy, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, prokura- turalar, sudlar, banklarning;
— sanoat, transport, aloqa, kapital qurilish, qishloq xo'jaligi va xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlari, fan, xalq ta’limi, madaniyat sohasidagi davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlar va birlashmalarning;
— ustav kapitalida davlat mulki bo‘lgan aralash mulkchilik shakllaridagi korxonalar, tashkilotlar va birlashmalarning;
— vatanimizning chet elda bo‘lgan va (yoki) chet eldagi davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va birlashmalarining faoliyatida paydo bo'lgan arxiv hujjatlari;
— kasaba uyushmalari, siyosiy tashkilotlar, ijodiy va boshqa jamoat tashkilotlari, birlashmalarning 0 ‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq ro‘yxatdan o ‘tgunga qadar o ‘z faoliyatlarida paydo bo'lgan hujjatlari, din davlatdan ajratil- gungacha bo'lgan davrga tegishli diniy muassasalarning arxiv hujjatlari;
— 0 ‘zbekiston Respublikasi hududida harakatda bo‘lgan barcha darajadagi harbiy qismlar boshqarmalari va shtablari, qo‘shilmalar va birlashmalar, o‘quv muassasalari va boshqa milliy muhofaza qilish va xavfsizlik muassasalari, tashkilotlari, armiya, chegara va ichki qo‘shinlarning arxiv hujjatlari;
— qonuniy asosda davlat mulkiga, shu jumladan, chet el- lardan kelib tushgan yuridik va jismoniy shaxslarning arxiv hujjatlari;
— arxiv hujjatlarining asl nusxasi, shuningdek, davlat mulkiga chet ellardan qonuniy asosda kelib tushgan arxiv hujjatlari nusxalari.
Davlat arxiv fondi tarkibiga qonun hujjatlari, boshqarish, loyihalash, konstruktorlik. texnologiya, kartografiya, telemetrik va boshqa maxsus hujjatlar, dasturlar, algoritmlar va mashina usuli bilan aniqlash (mexanografik) hujjatlari, kinofotofono hujjatlar, videofonogrammalar, ilmiy, adabiy, badiiy, musiqiy va boshqa qodyozmalar, rasmlar, kundaliklar, memuarlar, yozishmalar va arxiv ahamiyatiga ega bo'lgan boshqa toifadagi hujjatlar kiradi.
Hujjatlari 0 ‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilishi kerak boMgan davlat korxonalari, muassasalar, tashkilotlar va birlashmalar hamda bunday hujjatlarning turlari 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi, Qoraqalpogfiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Arxiv boshqarmasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari arxiv boMimlari tomonidan, shuningdek, ularga qarashli davlat arxivlari tomonidan belgilanadi. Bunda 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi davlat tomonidan saqlanishi kerak bo'lgan, shu jumladan, saqlash muddati ko‘rsatilgan holdagi hujjatlarning namunaviy ro‘yxatlarini tasdiqlaydi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi respublika organlari 0 ‘z- bekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi bilan kelishgan holda davlat tomonidan saqlashga berilishi kerak bo'lgan hujjatlarning idoraviy ro'yxatini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Quyidagilar Davlat arxiv fondi hujjatlarini doimiy saqlay- dilar:
— 0 ‘zbekiston Respublikasining davlat arxivlari — tegishli
yo‘nalishdagi hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha respublika ilmiy- metodik markazlari, jumladan: 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi, 0 ‘zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivi va O'zbekiston Respublikasi kinofotofono hujjatlar Markaziy davlat arxivi — davlat hokimiyati va boshqaruvi respublika organlari, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi, sudlari, Markaziy banki va respublikaning boshqa
banklari, korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va birlashnta- larining hujjatlari, shuningdek, saqlash uchun ilgari qabul qilingan arxiv fondlari va arxiv hujjatlari;
— QoraqalpogMston Respublikasi, viloyatlar davlat arxivlari (ularning filiallari) va Toshkent shahar davlat arxivlari — mahal- liy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar, tumanlar prokuraturalari va sudlari, ularning hududlaridagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va birlashmalarning arxiv hujjatlari, shuningdek, saqlash uchun ilgari qabul qilingan arxiv fondlari va arxiv huj- jatlari;
— hujjatlarni doimiy saqlash huquqi berilgan vazirliklar, idoralar, tarmoq davlat fondlari va tashkilotlar arxivlari (ilovaga muvofiq) — tegishli ixtisosdagi arxiv fondlari va arxiv hujjatlari;
— davlat muzeylari va kutubxonalari — qonuniy asosda davlat mulkiga kiruvchi yuridik va jisnioniy shaxslarning arxiv hujjatlari, shuningdek, davlat tomonidan saqlash uchun ilgari qabul qilingan arxiv fondlari va arxiv hujjatlari.
0 ‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat arxivlari (ularning filiallari) tegishli ravishda 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Qoraqalpog‘iston Respub- likasi Vazirlar Kengashi tomonidan tuziladi.
Viloyatlar davlat arxivlari (ularning filiallari) va Toshkent shahar davlat arxivi tegishli viloyat va Toshkent shahar hokim- larining qarori bilan tuziladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat arxivlari (ularning filiallari) to‘g‘risidagi nizomlar tegishli ravishda 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuri- dagi Bosh arxiv boshqarmasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Arxiv boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi.
Viloyatlar davlat arxivlari (ularning flliallari) va Toshkent shahar davlat arxivi to ‘g‘risidagi nizomlar viloyatlar va Tosh- kent shahar hokimliklarining arxiv bo'limlari tomonidan tas- diqlanadi.
Davlat arxiv fondi hujjatlarini doimo saqlashni amalga oshi- ruvchi vazirliklar, idoralar, tarmoq davlat fondlari va tashkilotlar arxivlari to‘g‘risidagi nizomlar 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Namunaviy nizomga asosan ishlab chiqiladi va 0 ‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi bilan kelishilgan holda ularning rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat arxiv fondini doimiy saqlash huquqi berilgan vazir- liklar, idoralar, tarmoq davlat fondlari va tashkilotlar (ilovaga muvofiq) 0 ‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasida ro‘yxatdan o‘tkazadilar, O'zbekiston Respub- likasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi bilan kelishib olingan idoraviy me'yoriy hujjatlar asosida arxiv hujjatlarini shakllantirish, saqlash, hisobga olish va ulardan foydalanishni amalga oshiradilar.
0 ‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar, tumanlar davlat hokimiyati va boshqaruvi, prokuraturalar, sudlar, banklar, fuqarolarning o‘zini o ‘zi bosh- qarish organlari, davlat, qo‘shma (davlat ishtirokidagi) korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va birlashmalar 0 ‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi organlari va muassasalari qoidalari va yo'riqnomalariga muvofiq doimiy saqlashga berish uchun arxiv fondi hujjatlari shakllanishini, saqlanishini, hisobini, tanlashni va tayorlashni ta'minlaydilar, 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi bosh arxiv boshqarmasi organlari va muassasalari bilan kelishgan holda ish yuritish xizmatlari va idoraviy arxivlar ishini belgilovchi me'yoriy-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar; arxiv hujjatlari saqlanishi uchun javob beradilar.
Vaqtinchalik saqlashning oxirgi muddatlari tugashi bilan davlat arxiv fondi hujjatlari tartibga solingan va ishlov berilgan holda tegishli ilmiy-ma’lumot apparati va alohida qimmatli va noyob hujjatlarga sug‘urta nusxalari bilan doimiy saqlash uchun tegishli davlat arxivlariga beriladi.
Hujjatlarni tayyorlash va doimiy saqlashga berish, shu- ningdek, sug‘urta nusxalarini tayyorlash, hujjatlarga ishlov berish va jo ‘natish bilan bog'liq barcha ishlar hujjatlarni topshiruvchi 0 ‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar davlat hokimiyati va boshqaruvi, prokuraturalar, sudlar, banklar, fuqarolarning o‘zini o‘zi bosh-
Do'stlaringiz bilan baham: |