0 ‘zbekiston respublikasi oliy ya



Download 12,24 Mb.
bet36/64
Sana13.07.2022
Hajmi12,24 Mb.
#786257
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   64
Bog'liq
Ish yuritish (A.Hasanov, R.Ishmuxamedova)

5. Qaysi me'yoriy hujjatlar davlat hisobiga olinishi lozim? j
6. Me’yoriy-huquqiy hujjatlami turkumlash turlarini ayting. Ulaiga tavsifbering.
7. Ma’lumotnoma kartotekalarini tuzish uchun qaysi belgilardan foydalanish mumkin?
8. Kodekslashtirish jarayoniga tavsif bering.

www.ziyouz.com kutubxonasi



o I n U J J A l L A K i M l ^ U I J K U l i l l L J s m i N l
O - D U K . | n a ZO RA T Q IL IS H

Hujjatlarning ijro etilishini nazorat qilish — bu hujjatlarning o ‘z vaqtida ijro etilishini ta'minlovchi harakatlar majmui- dir. Nazorat funksiyasi boshqaruvning eng muhim funksiyalaridan biri hisoblanadi.


Ro‘yxatdan o'tkazilgan barcha hujjatlarning ijro etilishi nazorat qilinadi. Ijroni nazorat qilish hujjatni nazoratga qo‘yishni, tarmoqni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim va ustuvor ma- salalari bo'yicha nazorat qilish rejasini ishlab chiqish va amalga oshirishni, ijroning borishini dastlabki tekshiruvni va tahlilini, hujjatlar ijrosini nazorat qilish natijalarini hisobga olish va umumlashtirishni, rahbariyatni xabardor qilishni, o‘z vaqtida va sifatli ijroni ta'minlamagan rahbarlar, mansabdor shaxslar va xodimlarga nisbatan shaxsan javobgarlik choralarini ko'rishni o ‘z ichiga oladi1.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, farmo- yishlari va topshiriqlari, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va Farmoyishlari ro‘yobga chiqarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12- yanvardagi 12-son Qarori bilan tasdiqlangan Asosiy qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, farmo- yishlari va topshiriqlari, 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka- masining qarorlari va farmoyishlari ijrosini tashkil etish va ularning amalga oshirilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining 1999- yil 12-yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan Asosiy qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatlarning ijro etilishini va nazorat qilinishini tashkil etish:
— mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim va ustuvor masalalari, shuningdek, uzoq davrga mo‘ljallangan hujjatlar bo'yicha nazorat rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
10 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida“ 1999-yil 12-yanvardagi 12- son Qarori.



www.ziyouz.com kutubxonasi

— tasdiqlangan muddatlarda tegishli tarkibiy bo lmmalar, m ansabdor shaxslar va xodim lar tom onidan amaliy chora- tadbirlarni amalga oshirish;
— bajarilishini boshqaruvning hududiy tarmoq organlari va
joylardagi hokimiyat organlarida maqsadli o ‘rganish bilan tal- minlanadi.
Hujjatlarning ijro etishning namunaviy muddatlari amaldagi qonun hujjatlariga va namunaviy ro'yxatga (3-ilova) muvofiq nazorat qilinishi lozim bo'lgan hujjatlarning muayyan toifalari uchuk belgilanadi. |
Qolgan hollarda hujjatlami ijro etish muddatlari, qoida tarii- qasida, 10 kalendar kundan oshmashgi kerak. ! 0 ‘ta muhim hujjatlar uchun ijro etishning alohida muddatlaii davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining rahbarlari tomonidan belgilanadi yoki hujjatning o'zida ko‘rsatiladi. j Agar hujjatni ijro etishning alohida muddati hujjatlarninig mazkur guruhi uchun belgilangan namunaviy muddatdan farjq
qilsa, alohida muddat ijro etish muddati deb sanaladi.
Ijro etish muddatlari hujjat imzolangan (tasdiqlangan) sanadan boshlab kalendar kunlarda hisoblanadi.
Hujjatlarni ijro etish muddatlari faqat bu muddatlami belgi- lagan shaxs yoki tashkilot tomonidan uzaytirilishi mumkin. Ijro etish muddatini uzaytirish hujjatni ijrochi olgan zahoti yoki, agar hujjatni ijro etish jarayonida belgilangan muddatga rioya qilishning iloji yo‘qligi aniqlangan bo‘lsa, hujjatni ijro etish oxirgi muddatidan kechi bilan ikki kun oldin rasmiylashtirilishi lozini. Aks holda hujjat belgilangan m uddatda bajarilm agan dejb
hisoblanadi. j
Hujjatni nazoratga qo'ygan shaxs (yoki uning vazifasini bajarib turgan shaxs)gina uni nazoratdan chiqarishi mumkin. j
Hujjat ijro etilgani va nazoratdan chiqarilgani haqidagi ma’j- lumotlar nazorat kartochkasiga kiritiladi. I Hujjatlar nazoratdan chiqarilganidan so‘ng hujjat va matej-
riallar nomenklatura bo‘yicha tegishli yig'majildlarga tikiladi. j
Hujjatlami ro'yxatga olish la, lb va 2a, 2b nazorat kartochi- kalari asosida amalga oshiriladi (17, 18, 19, 20-ilovalar). i

www.ziyouz.com kutubxonasi



iNazorat Kartochkalari bo yicha yroning nazorat qilinishi va tekshirilishi lozim bo'lgan hujjatlar ro‘yxati:
la, lb — 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Farmoyishlari, topshiriqlarining bayonnomalari, topshiriqlariga (yozmava og‘zaki). 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Kotibiyati va Davlat maslahatchilarining topshiriqlari;
2a, 2b — 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Farmoyishlari, 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va uning Rayosati majlislari bayonlari; 0 ‘zbe- kiston Respublikasi Bosh vaziri, Bosh vazir o'rinbosarlarining topshiriqlari, tashkilotlar kollegial organlarining buyruqlari, qarorlari.
Tushgan hujjatlar 30 minut ichida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
Nazorat qilinadigan hujyatlar kartochkalari (nazorat karto- tekasi) hujjatlarni ijro etish muddatlari, ijro etuvchilar, hujjatlar guruhlari bo‘yicha turkumlanadi.
Ijroning borishini tekshirish barcha bosqichlarda muddati tugagungacha quyidagi tartibda amalga oshiriladi: keyingi yillar topshiriqlari —yiliga kamida bir marta; joriy yilning keyingi oylari topshiriqlari — har oyda kamida bir marta; joriy oy vazifalari, topshiriqlari — har o‘n kunda, muddati tugagunga qadar besh kun awal.
Nazorat xizmati (guruhi) tarkibiy bo'linmalarda huijatlarning bajarilishi bilan bog'liq ishlarning ahvolini doimo tahlil qiladi, tegishli rahbarlarni ular tomonidan ta'sirchan chora-tadbirlar ko'rish uchun ijro intizomining ahvoli to‘g‘risida muntazam ravishda xabardor qiladi, keyingi oyda ijro etilishi lozim bo‘lgan 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, uning apparatining nazoratidagi top- shiriqlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va Farmoyishlari ro'yxatini haroyning 25 kunida taqdim etadi, hujjatlarni nazoratdan chiqarish to‘g‘risidagi takliflarning o ‘z vaqtida tayyorlanishini ta'minlaydi.
Flisobga olish kartochkalari hujjjatlarni mashinada ishlashda hujjatlarning vazifalari, nomlari va kodlari bo‘yicha, har qaysi turning ichida esa —bo‘linmalarning tartib raqamlari yoki nomlari bo‘yicha turkumlanishi mumkin.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Download 12,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish