0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/133
Sana31.12.2021
Hajmi7,26 Mb.
#269232
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   133
Bog'liq
8-sinf.O'zbekiston tarixi (2019) [uzsmart.uz]

„Majburiyatlar  akti“
Rossiya  hukumati  endi  Xiva  xonligiga  o‘z 
hukmini  majburan  o‘tkazishga  kirishdi.  Bu 
maqsadga  erishish  uchun  G. Danilevskiy  boshchiligidagi  elchilik  mis- 
siyasini  yubordi.
Muzokaralar  yakunida  Rossiya  bosimi  ostida  1842-yilning  2 7-de- 
kabrida  X iva-Rossiya  o‘rtasida  „Majburiyatlar  akti“  deb  ataluvchi 
shartnoma  imzolandi.  Shartnomada  Xiva  xonining  Rossiya  bilan 
tinchlik,  mustahkam  do‘stlik  munosabatida  bo‘lishi  e’lon  qilindi.  Xiva 
xoniga,  bundan  tashqari.  Rossiyaga  nisbatan  dushmanlik  harakatlari 
sodir  etmaslik,  savdo  karvonlarining  talanishiga  yo‘l  qo‘ymaslik,  Ros­
siya  fuqarolarining  shaxsiy  va  mulkiy  xavfsizligini  ta’minlash  kabi 
majburiyatlar  yuklandi.
Bular  aslida  Rossiyaning  o‘z  xohish-istaklarini  majburan  bajar- 
tirishidan  boshqa  narsa  emas  edi.  Shuningdek,  ikki  davlat  o'rtasidagi 
savdo  aloqalariga  ham  katta  e’tibor  berildi.  Mazkur  masalada  ham 
Rossiya  o‘z  xohish-istagini  majburan  qabul  qildirdi.  Chunonchi,  boj 
to‘lovlari  Rossiya  tovarlari  qiymatining  5  foiz  miqdoridan  oshmasligi 
belgilab  qo‘yildi.  Biroq  Rossiya  shartnomaning  ana  shu  bandini  ham 
amalda  bajarmadi.  Oqibatda,  o‘zaro  munosabatlar  tobora  keskinlashib 
bordi.
1847-yilda  Rossiya  xonliklarga  olib  boradigan  yo‘lda  harbiy  is- 
tehkomlar  qurdi.  Bu  istehkomlar  Rossiya  siyosatida  0 ‘rta  Osiyoni 
harbiy  yo‘l  bilan  ishg‘ol  etish  tomon  burilish  ro‘y  berganligining 
tasdig‘i  edi.  Bu  hoi  o‘zbek  davlatlarini  tashvishga  solib  qo‘ydi. 
0 ‘zbek  davlatlarining  Rossiyaga  qarshi  turishda  Buyuk  Britaniyaga 
suyanishi  mumkinligi  ehtimoli  ham  o‘zini  oqlamadi.  Bunga  Rossi- 
ya-B uyuk  Britaniya  munosabatlarida  o‘zgarish  yuz  berganligi  sabab 
bo‘ldi.  Afg‘onistonga  qarshi  urushda  mag'lubiyatga  uchragan  Buyuk 
Britaniya  Rossiya  bilan  kelishishga  qaror  qildi.  Bu  kelishuvga  binoan 
Rossiya  0 ‘rta  Osiyo  bilan  cheklanadigan  bo‘ldi.  Ayni  paytda,  Hin- 
distonga  chiqish  niyatidan  voz  kechdi.  Buyuk  Britaniya  esa  Rossi­
yaning  o‘zbek  davlatlariga  nisbatan  tutadigan  siyosatiga  qarshilik  qil- 
maydigan  bo‘ldi.  Afg‘oniston  esa  Buyuk  Britaniya  va  Rossiyaning 
Osiyodagi  mustamlakalari  o‘rtasida  ularni  ajratib  turuvchi  hudud  sifa- 
tida  e’tirof  etildi.
102


0 ‘zbek  davlatlari  endilikda  yakkalanib  qoldi.  Ularni  faqat  o‘zaro 
ittifoqlikLarigina  saqlab  qolishi  mumkin  edi.  Afsuski,  o‘zaro  ziddiyat- 
ning  kuchliligi  hamda  Rossiyaning  harbiy  qudrati  oldidagi  ojizlikdan 
paydo  bo‘lgan  qo‘rquv  tufayli  ular  birlasha  olmadi.

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish