0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Amirlikning  ma’muriy  bo‘linishi



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/133
Sana31.12.2021
Hajmi7,26 Mb.
#269232
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   133
Bog'liq
8-sinf.O'zbekiston tarixi (2019) [uzsmart.uz]

Amirlikning 
ma’muriy  bo‘linishi
ko'ra,  qo'shbegi  lavozimiga  davlat  maqomi  berildi,  ya’ni  u  davlatda 
arairdan  keying!  ikkinchi  shaxsga  aylandi.  Shuning  uchun  ham  u 
amir  Arkida  yashagan.  Bundan  tashqari,  ashtarxoniylar  hukmronligi 
davrida  davlatda  juda  katta  nufuzga  ega  bo‘lgan  otaliq  lavozimi 
oldingi  mavqeyini  yo‘qotdi.  Bir  so‘z  bilan  aytganda,  amirlikda  turli 
davlat  lavozimlarining  maqomi  yo  ko'tarildi,  yo  tushirildi.  Shunga 
yarasha  u  yoki  bu  lavozim  egasining  vakolat  doirasi  kengaytirildi 
yoki  cheklab  qo‘yildi.  Saroyda  jami  uch  yuzga  yaqin  katta-kichik 
amaldorlar  guruhi  xizmat  qilishgan.  Ulardan  30  nafarga  yaqini  yuqori 
davlat  lavozimlari  sanalgan.
Amirlik  ma’muriy  jihatdan  viloyat  va  tu- 
manlarga  bo‘lingan.  Adabiyotlarda  mang‘itlar 
davrida  amirlikda  27  ta  viloyat  (beklik)  mav- 
jud  bo‘lganligi  qayd  etilgan.
Viloyatlami  beklar  -   hokimlar  boshqarishgan.  Hokim  lavozimiga, 
asosan,  qabila  sardorlari  (amir)  tayinlangan.  Qolgan  ma’muriy-hududiy 
birliklarga  sug‘oriladigan  yer  miqdori  asos  qilib  olingan,  Jumladan, 
bir  nechta  ariq  va  kanal  orqali  sug‘oriladigan  yuz  ming  tanob  yer 
bir  tumanni  tashkil  etgan.  Bitta  katta  ariq  bilan  sug‘oriladigan  ellik 
ming  tanob  yer  hazora,  yigirma  besh  ming  tanob  yer  nim  (yarim) 
hazora,  10-15  ming  tanob  sug’oriladigan  yerga  ega  qishloq  obikori, 
400  tanob  yerga  ega  qishloq  qoriya,  300  tanob  va  undan  kam  yeri 
bo‘lgan  hudud,  aholi  yashasa-yashamasa,  marza  deb  atalardi.  Ba’zi 
qishloqlar  joylashgan  hudud  maydoni  katta  bo‘lmagan.  Binobarin, 
ulaming  har  birini  alohida-alohida  boshqarish  iqtisodiy  jihatdan  o'zini 
oqlamas  edi.  Shuning  uchun  ham  bir  nechta  katta-kichik  qishloqlar 
biriktirilib  eng  quyi  ma’muriy  birlik  tashkil  etilgan  va  u  amlok  deb 
atalgan.  Uni  amlokdor  qishloq  oqsoqollari,  amin  va  miroblarga  taya- 
nib  boshqargan.
Amlokdor  („mulk  egasi“  degan  ma’noni  anglatadi)  yetishtirilgan 
hosilning  hisobini  yuritgan  va  soliqlar  hamda  boshqa  tushumlarning 
belgilangan  muddatlarda  yig‘ilib  borishini  nazorat  qilgan.  Amin 
(„ishonchli“,  „halol  odam“  ma’nosini  anglatadi)ning  asosiy  vazifasi 
soliq  va  boshqa  tushumlami  yig‘ish,  aholi  ustidan  nazorat  olib  borish 
hamda  ariqlardagi  suvni  ekin  maydonlariga  taqsimlash  bo‘lgan.  Qishloq 
mirobi  esa  suv  inshootlarining  o‘z  vaqtida  ta’mirlanishini,  qishloqlar
58


uchun  ajratilgan  suvning  ariqlar  bo‘yicha  to ‘g‘ri  taqsimlaoishini  ta’- 
m in lagan.
Amirlik  davlat  muassasalari  ma’muriy,  moliyaviy, 
uqon  av a 
qozilik,  mirshablik  va  harbiy  idoralaridan  tash- 
kil  topgan.  Yuqorida  ta’kidlanganidek,  amirlikda 
oliy  ijroiya  hokimiyat  -   qo ‘shbegi,  ya’ni  Bosh  vazir  (vaziri  buzruk 
ham  deyilgan)  qo'lida  to ‘plangan.  U  poytaxt  Buxoro  shahridagi  ahvol, 
mamlakat  boshqaruvi,  moliya,  soliq,  xazina  kabi  eng  muhim  sohalar- 
ni  nazorat  qilgan.  Ayni  paytda,  barcha  viloyatlar  unga  bo‘ysungan. 
Amirlikda  qo‘shbegidan  keyingi  o‘rinda  moliya  vaziri  (devonbegi) 
turgan.  U  quyi  qo'shbegi  deb  ham  atalgan.  Moliya  vaziri  zakot 
masalasi  bilan  shug‘ullangan.  Shayboniylar,  ayniqsa,  ashtarxoniylar 
davrida  katta  mavqega  ega  bo‘lgan  otaliq  lavozimiga  tayinlangan 
amaldor  endilikda  Buxoro  va  Samarqand  viloyatlarini  sug‘orish,  shu- 
ningdek,  suv  taqsimoti  bilan  bog‘liq  ishlar  uchun  mas’ul  qilib  qo‘- 
yildi.
Parvonachi  lavozimida  ishiagan  amaldoming  asosiy  vazifasi  Buxo­
ro  xonligida  bo‘lganidek  oliy  hukmdoming  yorliqlarini  u  yoki  bu 
amaldorga  yetkazish  bo‘lgani  holda,  amirlikda  istiqomat  qilib  kelayot- 
gan  arablar  jamoasi  masalalari  bilan  ham  shug‘ullanadigan  bo‘ldi.
Ba’zi  hollarda  parvonachi  lavozimida  ishlayotgan  amaldorga  uning 
shaxsi,  amirlik  siyosiy  hayotida  tutgan  o‘miga  qarab,  muhim  vazi- 
falar  ham  yuklatilgan.  Chunonchi,  Amir  Haydar  Marvda  unga  qarshi 
ukasi  Dinnosirbek  boshchiligida  ko‘tarilgan  isyonni  bostirish  uchun 
Niyozbek  parvonachini  qo‘shinga  qo‘mondon  qilib  jo ‘natgani  bunga 
dalildir,  Yoki  Amir  Nasrullo  1842-yilda  Qo‘qonni  ishg‘ol  etgach,  u 
yerga  Ibrahim  parvonachi  mang‘itni  noib  etib  tayinlaganida,  shubhasiz, 
uning  amirlik  hayotidagi  mavqeyini  hisobga  olgan.  Bir  so‘z  bilan 
aytganda,  u  yoki  bu  davlat  lavozimining  nufuzi  shu  lavozimda  kim 
o‘tirganligiga  ham  bog‘liq  bo‘lib  qoldi.
Bosh  inoq  lavozimiga  tayinlangan  amaldor  amirning  buyruqlarini 
quyi  lavozimda  ishlayotgan  davlat  xizmatchilariga  yetkazish,  mazkur 
buyruqlarning  bajarilishini  va  kelgusida  davlat  mansablariga  tayinla- 
nishi  mumkin  bo'lgan  xizmatchilarning  faoliyatini  tashkil  etish  bilan 
shug‘ullangan.
Kichik  inoq  esa  chet  mamlakat  elchilari  taqdim  etadigan  hujjatlarni 
qabul  qilib  olgan.  Shuningdek,  amir  muhri  uchun  javobgar  bo‘lgan.
5 9


Yana  bir  muhim  davlat  mansabi  to'qsoba  edi.  U  davlat  bayrog'ining 
daxlsiz  saqlanishini  ta’minlash,  shuningdek,  eng  ishonchli  shaxs  sifa- 
tida  oliy  davlat  marosimlarida  amir  dasturxoniga  taom  tortish  kabi 
nihoyatda  mas’uliyatli  vazifani  bajargan.  Vazifa  nihoyatda  mas’uliyatli 
bo‘lganligi  uchun  unga  daromad  manbai  sifatida  bitta  tuman  birik- 
tirib  qo‘yilgan.
Davlat  boshqaruvida,  shuningdek,  ko'kaldosh  (davlat  xavfsizlik 
xizmati  boshlig‘i),  mehtar  (soliq  va  boshqa  yig‘imlardan  tushgan 
mablag‘laming  belgilangan  o‘rinlarda  qanchalik  to ‘g‘ri  sarflanganligini 
nazorat  qiluvchi  amaldor),  qutvol  (davlat  hisobidan  amalga  oshiriladi- 
gan  qurilish  ishlariga  mas’ul  amaldor),  eshik  o g ‘aboshi,  miroxur  (amir 
otxonasining  boshlig‘i),  qorovulbegi  (shahar  va  yo‘llar  posboni),  shi- 
g'ovul  (chet  mamlakatlar  elchilarining  qabul  qilinishini  tashkil  etuv- 
chi),  mushrif  (amirga  in’om  etilgan  sovg'alarni  ro‘yxatga  olish  va 
soliqlar  tushumini  yozib  boruvchi  amaldor),  dasturxonchi  (amir  huzu- 
rida  uyushtiriladigan  ziyofatlar  uchun  mas’ul  amaldor),  kitobdor  (amir 
kutubxonasining  boshlig‘i),  dodxoh  (jabrlanuvchi  arizasini  amirga  yet- 
kazuvchi  va  javobini  arizachiga  yetkazilishiga  mas’ul  amaldor)  kabi 
yuqori  davlat  lavozimlari  ham  bor  edi.

,  , ,   . 
.  v  
Jamiyat  va  davlat  hayotida  shariat  qo-
Shariat  talablanga  noya 
.  ■  ■
 

,
.  ■
 
... 
b 
nunlarming  amal  qihshi  shayxuhslom,

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish