0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/133
Sana31.12.2021
Hajmi7,26 Mb.
#269232
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   133
Bog'liq
8-sinf.O'zbekiston tarixi (2019) [uzsmart.uz]

Siyosiy  tarqoqlikning 
knchayishi
Imomqulixondan  keyin  taxtni  egallagan  ukasi 
Nodir  Muhammad  (1642-1645)  davrida  esa 
siyosiy  tarqoqlik  kuchaydi.  Bunga  xonning 
mamlakat  viloyatlarini  o‘g‘illariga  va  yaqin  qarindoshlariga  mulk  qi- 
lib  taqsimlab  berganligi  sabab  bo‘ldi.  Oqibatda,  davlatchilik  asoslari 
zaiflashdi.  1645-yilda  qozoqlar  yana  Movarounnahrga  yurish  qilib, 
Xo'jandgacha  yetib  keldilar.
Nodir  Muhammad  ularga  qarshi  o‘g ‘li  Abdulaziz  boshchiligidagi 
katta  qo‘shinni  safarbar  etdi.  Xondan  norozi  bo‘lgan  bir  guruh 
amirlar  yurish  davrida  Abdulazizni  xon  deb  e’lon  qildilar  va  uni  taxt­
ga  o‘tqazdilar.  Nodir  Muhammad  esa  Balxga  hokim  etib  tayinlandi 
(1645-1651).  Nodir  Muhammad  toj-u  taxtni  qaytarib  olish  maqsadida 
Hindiston  podshohi  temuriyzoda  Shoh  Jahondan  yordam  so‘radi.  Shoh 
Jahon  Balx  viloyatini  o‘ziga  bo‘ysundirish  maqsadida  qo‘shin  yubordi. 
Uning  asl  niyatini  payqab  qolgan  Nodir  Muhammad  hind  qo‘shiniga 
qarshi  chiqdi.  Biroq  u  jangda  yengildi  va  Eronga  qochib  ketdi.  Ab- 
dulazizxon  Balxni  ikki  yildan  so‘nggina  qaytarib  oldi.  1649-yilda 
otasi  Nodir  Muhammadni  yana  Balx  hokimi  etib  tayinladi.  Biroq 
otasining  Eron  yordamida  o‘z  mavqeyini  mustahkamlashga  uringanligi 
Abdulazizxonni  tashvishga  solib  qo‘ydi.  Endi  u  otasiga  qarshi  ukasi 
Subhonqulixon  yetakchiligida  qo‘shin  yubordi.
1651-yilda  Subhonqulixon  Balxni  egalladi.  Ayni  paytda,  u  Balx 
hokimi  etib  tayinlandi.  Otasi  Nodir  Muhammad  esa  Makkaga  hajga 
borayotib  yo‘lda  vafot  etdi.
Buxoro  Xiva 
Buxoro  xonligidagi  o‘zaro  kurashlardan  foydalangan 
munosabatlari 
Xiva  xonlarining  Buxoroga  talonchilik  yurishlari 
kuchaydi. 
1655-yilda  Xiva  xoni  A bulg‘oziy 
Bahodirxon  katta  qo'shin  bilan  yurish  qilib,  Buxoro  atroflarini  ikki 
bor  talon-taroj  qildi.
23


1681-yilda  keksayib  qolgan  Abdulazizxon  ichki  ziddiyatlar  va 
tashqi  hujumlar  Buxoro  xonligining  ijtimoiy-iqtisodiy  ahvolini  mu- 
rakkablashtirib  yuborganligi  va  siyosiy  vaziyat  izdan  chiqqanligi  tu- 
fayli  taxtdan  voz  kechdi.
Abdulazizxondan  keyin  taxtga  o‘tirgan  Subhonqulixon  (1681-1702) 
davrida  ham  ahvol  o‘nglanmadi.  Subhonqulixon  bir  tomondan  o‘g‘il- 
lariga  qarshi,  ikkinchi  tomondan  viloyatlardagi  amir  va  beklaming 
markaziy  hokimiyatdan  mustaqil  bo‘lish  yo'lidagi  harakatlariga  qarshi 
kurash  olib  borishga  majbur  bo‘ldi.
Xonlikdagi  o ‘zaro  ichki  kurashlar  Xiva  xonligiga  qo‘l  keldi.  Bu- 
xoroga  qarshi  yurish  boshlagan  Xiva  xoni  Anushaxon  ma’lum  muddat 
Samarqandni  egalladi.  Hatto  o‘z  nomiga  xutba  ham  o‘qittirdi  va  tanga 
pullar  zarb  ettirdi.  Biroq  Subhonqulixon  qatag‘on  urug‘idan  bo‘lgan 
Badaxshon  hokimi  Mahmudbiy  otaliq  yordamida  Xiva  qo‘shinlarini 
Samarqanddan  quvib  chiqarishga  erishdi.  U  Xiva  hujumiga  chek  qo‘- 
yish  uchun  Anushaxonga  qarshi  fitna  tayyorladi.  Buning  natijasida 
Anushaxon  taxtdan  tushirildi  va  1688-yilda  xonlikni  Buxoro  tasar- 
rufiga  kiritdi.
Subhonqulixon  Mahmudbiy  otaliqqa  Xiva  xonligiga  qarshi  kura- 
shida  bergan  yordami  evaziga  Balx  hokimligini  ham  topshirdi.  Xon- 
ning  bu  qarori  ko‘plab  kishilarni  norozi  qildi.  Ichki  nizolar  oxir-oqi- 
bat  mamlakat  iqtisodiyotini  chuqur  tanazzulga  uchratdi.
Ш
*  1601-yil  —
  Buxoro  xonligida  ashtarxoniylar  sulolasi  hukmronligi 
o'rnatildi.
■  1688-yil  -   Xiva  xonligi  Buxoro  tasarrufiga  kiritildi. 1
 2
 3
 4
 5
1.  Shayboniylar  sulolasining  barham  topishiga  nimalar  sabab  bo‘ldi?
2.  Ashtarxoniylar  kimlar  edilar  va  ular  Buxoroga  qanday  kelib  qol- 
dilar?
3.  Boqi  Muhammadning  Buxoro  xonligi  taxtini  egallashi  haqida  ni- 
malami  bilib  oldingiz?
4.  Imomqulixon  mamlakat  mustaqilligini  saqlash  yo'lida  qanday  tad- 
birlar  ko‘rdi?
5.  Subhonqulixon  davrida  Buxoro-Xiva  munosabatlari  qanday  kechdi?
24


Buxoro  xonligi 
1702-yili  Subhonqulixon  vafot  etdi.  Taxtni  o‘g‘- 
Ubaydullaxon  II 
li  Ubaydullaxon  II  (1702-1711)  egalladi.  Ubay- 
davrida 
dullaxonning  asosiy  maqsadi  siyosiy  tarqoqlikni
tugatishdan  iborat  edi.  U  ana  shu  maqsad  yo‘lida  goh  isyonkor 
qabilalarga  qarshi,  goh  bo‘ysunmas  mahalliy  hukmdorlarga,  goh  dav- 
lat  sarhadlariga  bostirib  kirgan  ko‘chmanchilarga  qarshi  urush  olib 
borishga  majbur  boTdi.
Dastlab  u  Balxni  bo‘ysundirish  yo‘lini  izladi.  Ma’lumki,  Ubay­
dullaxon  II  ning  otasi  Subhonqulixon  Balxni  qatag‘on  qabilasi  bosh- 
lig‘i,  Badaxshon  hokimi  Mahmudbiy  otaliqqa  alohida  xizmatlari  uchun 
tortiq  qilgan  edi.  Ubaydullaxon  davrida  Mahmudbiy  Balxda  hoki- 
miyatni  to ‘liq  o‘z  qo‘liga  oldi  va  o‘zini  1706-yilda  xon  deb  e’lon 
qildi.  Bu  Mahmudbiyga  qarshi  bir  necha  bor  uyushtirilgan  harbiy 
yurishlar  natija  bermagach,  Ubaydullaxon  uning  mustaqilligini  tan 
olishga  majbur  bo‘ldi.
Ubaydullaxon  II  o‘tkazgan  islohotlar  ham  muvaffaqiyatsizlikka 
uchradi.  Ma’Lumki,  ichki  va  tashqi  dushmanlarga  qarshi  tinimsiz 
urushlar  olib  borish  katta  mablag4  talab  ctardi.  albatta.  Ubaydullaxon 
aholidan  yig‘iladigan  soliqlami  4  barobarga  ko‘paytirdi.  Natijada, 
xalq  xonavayron  bo‘ldi.  Ana  shunday  bir  sharoitda  pul  islohotini 
ham  o‘tkazdi.  Xonlikda  tarkibining  35  foizini  kumush  tashkil  etuvchi 
tanga  pul  ishlatilardi.  1708-yilda  esa  bu  tangalaming  bittasidan  4  ta 
yangi  tanga  zarb  etila  boshlandi.  Natijada,  yangi  pulning  tarkibidagi 
kumush  miqdori  4  marta,  binoharin,  amalda  pulning  qadri  ham  4 
marta  kamaygan  bo‘lsa-da,  yangi  tanga  avvalgi  eski  tangaga  qiymat 
jihatdan  teng  deb  belgilandi.
Tanga  tarkibida  kumush  foizining  kamayishi  do‘kondor  va  hu- 
narmandlarning  keskin  noroziligiga  sabab  bo!ldi.  Endi  ular  o4z  mah- 
sulotlarini  sotmay  qo‘ydilar.  Savdo  ishlari  susaydi  va  oqibatda,  mam- 
lakat  iqtisodiy  hayoti  inqirozga  yuz  tutdi.
Og‘ir  ahvolga  chiday  olmagan  xalq  qo‘zg‘olon  ko‘tardi,  biroq 
qo‘zg‘olon  shafqatsizlarcha  bostirildi.
Ubaydullaxon  markaziy  hokimiyatni  kuchaytirish  maqsadida  hatto 
o‘sha  davrning  eng  ta’sirchan  kuchi  -   yirik  yer  egalari  hamda  Jo‘y- 
bor  shayxlarining  ta’sirini  kamaytirishga  ham  urindi.  Ubaydullaxon

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish