4.2. Sug'urta fondidan foydalanish bilan bog'liq atama va tushunchalar
Bosh polis
— sug'urta kompaniyasi va sug'urtalanuvchi o'rtasidagi yozma
bitim. Bu bitimga muvofiq, tegishli davr mobaynida sug'urtalanuvchi barcha
obyektlami sug'urta kompaniyasiga sug'urtalash uchun beradi. Chet el tajribasida bu
bitim “ochiq polis" yoki “polis-abonament’' deyiladi. Mazkur bosh polis asosida
sug'urtalash tashqi savdo yuklari sug'urtasida keng tarqalgan. Sug'urtalanuvchi
sug'urta kompaniyasiga har bir jo'natilgan yuk haqidagi m a’lumotlar (yukning vazni,
sug'urta summasi, yukni jo'natish va qabul qilib olish punktlari) bayon etilgan arizani
taqdim etsa yetarli, yuk avtomatik ravishda sug'urtalangan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |