1.2. Sug‘urtada risklarni boshqarish
Yuqorida bayon ctilgan risklaming nazariy-uslubiy asoslaridan kelib chiqib,
shuni ta'kidlash lozimki, moliya risklarining hududlarga ko'ra. kengligi. davTiyligi.
xilma-xilligi ajratiladi. Shuningdek. ulami oldini olish hamda qoplash sarf-
xarajatlarining o‘sib borayotganligi ham sug'urtaning ahamiyatini yanada oshirib.
unga bo‘lgan talabni orttiradi. Aynan shunday talabning mayjudligi sug'urta faolivati
natijasi foydali bo'lishi va uning istiqboldagi rivoji uchun zaruriy shart-sharoitni
yuzaga keltiradi.
Moliya risklarni sug'urtaning ijtimoiy-iqtisodiy mohivatidan kelib chiqib. quyidagi
xulosalar chiqarildi:
- birinchidan, moliya sohasida sug'urta munosabatlar sug'urta fondini yaratish
va undan foydalanish jarayoni ekanligi asoslandi:
- ikkinchidan. moliya sohasiga tegishli sug'urta faolivati va unga ilmiy-iqtisodiy
adabiyotlarda berilgan vondashuvlar talqin etildi. Sug'urtaning funksiyalari majmuasi
ishlab chiqildi:
- uchinchidan. moliya faoliyatini talab va taklif asosida sug'urta sohasi rivoj
topishi, moliya risklaming sug'urta vuzasidan qaromi qabul qilish bosqichlari.
sug'urta riski bo'yicha strategiyani tanlash kabi masalalar tadqiq etildi.
Mutaxassis ekspertlaming fikricha O'zbekiston sug'urta bozorining eng sust
rivojlangan sohasi bu moliyaviy risklarni sug'urtalash bo'lib, uni tarkib jihatdan qayta
ko'rib chiqishni taqozo etadi.
Bugungi kundagi mavjud sug'urtaga oid qonunchiliklarda moliyaviy risklarni
aniq va to'la tasnifi berilmagan. shuning uchun huj jatlarda bu ta'rif olingan kreditlami
qaytmasligidan tortib foyda ololntaslik tushunchalarini o'z ichiga olgan. Bu tushuncha
O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining (52-bob) "Sug'urta” bobida ham
mavjud entas. Fuqarolik kodeksi faqat "tadbirkorlik risklari” degan tushunchani o'z
ichiga olib. biz uni to'laligicha "moliyaviy risk”ka mos holatlarda foydalana
olmaymiz. Shuningdek bu tushuncha "Sug'urta faolivati to 'g ‘risida”gi O'zbekiston
Respublikasi qonunida ham berilmagan. U faqat sug'urta nazorati bo'yicha Davlat
inspeksiyasining sug'urta faoliyatining litsenziyalash bo'yicha ishlab chiqqan
me'yoriy hujjatlarida aks ettirilgan xolos.
Moliyaviy resurslami himoya qilish mexanizmini qayta ishlash va rivojlantirish
orqali, uni ustuvorliklarini aniqlab olish yo'li bilan iqtisodiyotni rivojlanishiga
erishish mumkin. Jahon tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki, investitsiyalami jalb qilishda
iqtisodiyotni aynan xo'jalik yurituvchi subyektlami moliyaviy manfaatlari himoya
qilingan sohasi doimo muhim vayyetakchi bo'lib qolmoqda.
Sug'urtani rivojlanishi iqtisodiyotning real sektoridagi investitsiya dasturini
amalga oshirishning asosiy moliyaviy dastaklarini rivojlanishi bilan bevosita bog'liq,
vani ulami mukammal harakati orqali sug'urta samarali rivojlanadi. Shuningdek
O'zbekiston Respublikasi sug'urta kompanivalarini yiriklashuvi va rivojlanishi o'z
navbatida moliya dastaklarini to'g'ri amal qilishini yo'lga soladi.
Moliya ishlab chiqarish guruhlari o'z tarkibida banklar, sug'urta kompaniyalari
va boshqa ishlab chiqaruvchilami birlashtirib yirik kapital hosil qilishi mumkin.
Moliyaviy risklar va investitsiyalami sug'urtasini rivojlanishi iqtisodiyotni real
sektoriga mablag' yo'naltirishda kuchli ta'sir etuvchi vosita bo'lib xizmat qiladi.
9
Do'stlaringiz bilan baham: |