Yellouston milliy parlada Amerika bizonlari
105
Yosemit milliy parki tabiati
AQSH o‘z tabiati va tabiiy resurslarini birinchilardan boiib
muhofaza qilishni va ulardan o‘z aholisining rekreatsiyasini
tashkil qilgan davlat hisoblanadi. Har yili AQSH milliy parkiari
va tabiat qo‘riqxonalariga 300 mln. turist tashrif qilishadi.
Dunyodagi birinchi milliy park Yellouston ham 1872-yilda
AQSHda tashkil qilingan edi. Bu milliy parkka har yili 3 mln.
turist tashrif qilishadi. Dunyoda bir vaqtlar qirilib, oxirgi soniari
qolgan Amerika bizonlarining soni tiklanib, hozirda Yelloustonda
4 ming bosh bizon yashaydi.
Kosta-Rska. Bu davlat Lotin Amerikasida ko‘p yillardan beri
ekoturizmda liderlik qilib kelmoqda. Bu davlatda ekoturizmning
birinchi ishqibozlari o ‘tgan asrning 90-yillaridan paydo bo‘ia
boshladi. Kosta-Rikaning ekoturizmdagi Jiderligining bosh
sabablari shundan iboratki, qo'shni davlatlar o czlarining
iqtisodiyotini tiklash uchun jungii o ‘rmonlarini kesib sota
boshlaganda bu davlat o ‘z hududlaridagi jungii o ‘rmonlarini
qattiq muhofazaga oldi. Bu o ‘rmoniarda Janubiy Amerikaning
106
ko'plab davlatlarida yo‘qolib ketgan hayvonlar va o‘simliklar
saqlanib qoldi, bu joylarda ekoturizm infratuzilmaîarini
tashkil qilib jahon miqyosida ekoturizm yo‘nalishini maqsadii
ravishda, rejali rivojlantirib bordi. Milliy parklar va tabiat
qo'riqxonalari sonini ko'paytirdi. Bu davlatda ekoturistlar otilib
turgan vulkanlarni, bahaybat dengiz toshbaqasini, behisob
sharsharalarni, takrorlanmas tabiiy landshafîlarni ko'rishlari
mumkin.
Braziiiya. Bu davlat birinchi navbatda dunyoning eng katta
daryosi Amazonka va uning betakror tabiati, dunyoning biror joyida
uchramaydigan flora va faunasi, milliy parklarining ko‘pligi bilan
mashhur hisoblanadi. Hozirgi vaqtda dunyodagi 7 mo‘jizadan biri
hisoblanadigan Iso payg‘ambarga qo‘yilgan haykalning poyiga gui
qo‘yish va sig'inish uchun har yili millionlab turistlar kelishadi.
Dunyodagi eng katta sharsharalar ro‘yxatida turgan Iguasu
sharsharasiga har yili millionlab ekoturistlar tashrif qilishadi.
Braziiiya turizm industriyasida eikoturizm yetakchi yo‘nalishni
hosil qilgan.
Ekvador. Tinch okeani qirg‘oqIarida joylashgan, iqtisodida
ekoturizm asosiy sohani tashJkil qilgan va ekoturizmda lider
davlatlardan hisoblanadi. Bu davlat dunyo ekoturistlariga baland
tog'lardagi milliy parklarini taklif qiladi. Eng muhimi, milliy
parklar va tabiat qo‘riqxonalarida ekoturistik so‘qmoqlar, dam
oîish infratuzilmalari yaratilgan.
Dunyoning mashhur olimi Charlz Darvin tajribalar o‘tkazgan
Galapagos orolini reklama qilishi natijasida har yili bu orolning
o£ziga millionlab turistlar kelishadi. Bu davlatda xalqaro dayving
turizm i, ulkan suv toshbaqalarini ko‘rsatish mukammal holatiarda
tashkil qilingan. Ekoturistlarga daryolardan oltin yuvib olish ham
taklif qilinadi va ko‘plab ekoturistlar bu davlatda oylab qolib
ketishadi.
Peru. Hududîaridagi tropik o'rmonlari ekotizimlari va bu
o‘rmonlardagi noyob biologik resurslari bilan mashhur. Peruning
xalqaro turizm va xalqaro ekoturizmdagi eng mashhur resursi
107
bu qadimiy Machu-Pikchu shahridir. Hozirda bo qadimiy
tosh shahar dunyoning 7 mo‘jizasi ro‘yxatiga kiritilgan. Naska
cho‘5jda chizilgan qadimiy ujkan rasmlar hozirgacha insoniyatni
hayratga solib kelmoqda.
Nepal. Dunyodagi kichik bu davlatning dovrug‘i ' butun
jahonda mashhur va bu davlatni dunyodagi log‘laming poytaxii
joylashgan deb ta’riflashadi. Dunyodagi eng baland tog‘ Everest
ham she davlatda. Qoyatoshlarga chiquvchilar, rafting va baliq
ekosafari jahon miqyosida rivojlangan. Milliy parklariga maxsus
so‘qmoqlar, vaqtinchaiik dam olish infratuzilmalari xalqaro
ekoturizm talablari asosida tashkil qilingan. Shu bilan birga bu
davlat tog‘-alpinizmidagi fqjiali halokatlar bo‘yicha ham oldingi
o‘rinlarda turadi.
Hindiston. Dunyo ekoturizmida Jiderlikka davo qilayotgan,
betakror tabiiy ekotizixnlarga ega davlat. Milliy parklari dunyoga
mashhur va uiarning deyarli barchasi haqida ekofilmlar yaratilgan.
Bu ekofilmlami sotishdan ham yaxshi foyda oladi. Dunyo
miqyosidagi ekoturistlar asosan Hindiston yolbarsi va Hindiston
filini ko'rishga, okean qirg‘oqlarida dengiz toshbaqalarini ko‘rishga
kelishadi. Xalqaro ekoturizmni shunday mukammal tashki! qilganki,
ekoturistlar ko'pincha Hindistonning tosh ibodatxonalarining
tomoshasi bilan o‘z muddatlarini uzaytirishganini ham bilmay
qoladilar.
Xitoy. Xitoy xalq respublikasi. 0 !rmon qo£riqxonalari va o‘nnon
parklarining soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallaydi.
Xitoyda 1757 ta o‘rmon qo'riqxonaiari, 1658 ta o ‘rmon parklari
bor. Shulardan 6 ta o‘rmon qo‘riqxonalari va o ‘rmon parklari
YUNESKOning jahon xalqlarining milliy rnerosi ro‘yxatiga
kiritilgan.
XeySunszyan provinsiyasidagi «Qadimgi kraterli o ‘rmon»
dunyo miqyosida qadimgi holatdagi o ‘rmon maqomini olgan.
Sinxay provinsiyasining janubida 2000-yilda tashki! qilingan
«Sanszyanyuyan>> milliy parki dunyoda mashhur. Aynan
shu yerdan dunyodagi eng katta daryolar bo‘lgan Xuanxe,
108
Lankang va Chang daryolari boshlanadi. Milliy parkda 1000
tur o ‘simliklar, 74 tur hayvonlar, 174 tur qushlar, 48 tur
reptiliyalar muhofaza qilinadi.
Finiandiya. Shimoliy iqlimli davlatlar orasida ekoturizmni
rivojlantirishning barcha imkoniyatíari mavjud dégan xulosani
oigan davlat. Minglab ko‘Uari, dunyodagi eng qaliri 0‘rmoniari,
dengiz sohillari yil davomida xalqaro ekoturistlami chorlaydi.
Shimoliy shafaqni ko£rish va tomosha qilish uchungina har yili
yuz minglab xalqaro ekoturistlar kelishadi. Qorboboning vatani
Finiandiya va qorbobo tug‘ilgan joy — Laplandiyaning o‘ziga yil
davomida millionlab xalqaro turistlar tashrif buyurishadi. 30 ta
milliy parki bor. Ekologlaming xulosalariga ko‘ra ulaming ko‘plari
haü o‘rganilmagan.
Isiandiya. Eng shimoldagi bu davlat vulkanlar va geyzerlar,
fordlar va aysberglar, orollar va kichik, shinam uyli chiroyli
qishloqlari bilan dunyoga mashhur. Qayd qilingan turizm
resurslari, takrorlanmas shimoliy tabiiy landshaftlari, sanoqsiz
ko‘llari va muzlikiar qoyalaridan tushuvchi takrorlanmas
sharsharalarini ko‘rish uchun dunyoning barcha qit’alaridan
ekoturistlar yil davomida tashrif qilishadi. Bu yerda dunyodagi
eng katta Xaukadalur geyzerlar vodiysida 250 ta geyzerlar
doimiy ravishda otilib turadi. Yuz minglab ekoturistlar shimoliy
shafaqni va shimoliy dengizlarning hayvonlarini, balandligi 900
metrli muzlik qalpog£ini ko‘rish uchungina kelishadi.
AvstraMya. Ilmiy adabiyoílar tahlilidan ma’lum bo‘ladiki,
Avstraliya ekoturizmni uning tamoyillariga asoslanib tashkil
qiigan va jahonda ekoturizmni ilmiy-amaliy qoidalariga asosan
rivojlantirayotgan lider davlat hisoblanadi. Bu davlat ekoturizmni
o‘z davlatining hududlarida tashkil qilganda hududlarni ijtimoiy-
iqíisodiy rivojlantirishning davlat dasturlarini ishlab chiqadi va
hududning tabiiy resurslarini hisobga oigan holda ekoturizmni
rivojlantirish imkoniyatlarini o£rganadi.
Xalqaro ekoturizm bozorida eng ommaviylashgan 10 ta
ekoturistik marshruí reytingi bo‘yicha Avstraliya so'nggi o ‘n
109
yillikda birinchi o'rinlarni egallab kelmoqda. Avstraliyada
ekologik turizm bilan 9 ta milliy kompaniya shug‘ullanadi.
Birgina “Austral san
Eco Adventures”
milliy ekoturizm
kompaniyasining 75 ta turmahsuloti (ekoturistik marshruti)
xalqaro ekoturizm bozorida sotiladi. Avstraliyada 55 ta milliy
park bor. Shulardan lOtasi YUNESKOning jahon xalqlari
milliy merosi ro‘yxatsga kiritilgan. Katta Rif va Avstraliya
kenguralarini butun dunyo biladi.
Yafflgi Zetadiya. Kichik davlatning tabiati, ayniqsa ulkan
paporotniklar, kivi qushlari, ulkan kaltakesaklar dunyoda
faqat shu davlatning hududlarida saqlanib qolgan. 14 ta milliy
parkning Stasi YUNESKOning jahon xalqlari milliy me’rosi
ro‘yxatiga kiritilgan. Dayving, qoyatoshlarga chiquvchilar,
“robinzonlar”ning dunyo bo‘yicha eng ko‘p sonlilari bu davlatga
tashrif buyurishadi.
Rossiya, Dunyoda maydoni jihatidan ham, turli tabiiy
rnintaqalaming joylashganligi, ekoturizmni rivojlantirishning
barcha imkoniyatlari mavjud boigan qudratli davlat. Rossiyada
100 ta davlat tabiat qo‘riqxonasi, 35 ta miüiy park, davlat
ahamiyatidagi 68 ta tabiat buyurtmaxonalari, 2976 ta hududiy
ahamiyatga ega bo‘lgan tabiat buyurtmaxonalari, 31 ta hududiy
ahamiyatdagi milliy parklari bor. Bularning maydoni
67,8
min. ga ni tashkil qiladi. Shuningdek, Rossiyada 1024 ta tabiat
yodgorliklari bor. Bu ekoturizm resurslari har qanday ekoturistning
talab va ehtiyojlarini qondiradi.
AMka. Qora qit’a nomini oigan Afrika har xil iabiiy-iqlimiy
geografilc mintaqalar joylashgan, o‘zining betakror tabiati va
yowoyi hayvonot dunyosida turlaming hamda bu turlaming
sonlari ko‘pligi jihatidan ham qit’alar orasida tengi yo‘q
hisoblariadi. Sayyoramizdagi eng ko£p 335 ta milliy park Afrikada
joylashgan. Bu milliy parklarda 1100 tur sut emizuvchilar, 100 000
tur hasharotlar, 2 600 tur qushlar, 3 000 tur baliqlar muhotazaga
olingan, Afrikada yuzlab qo‘riqxonalar, Buyurtmaxonalar va tabiiy
rezervatsiyalar ishlab turibdi.
110
Tayanch socz va iboralar: milliy park, rezervatsiya, robinzonlar,
bizon, hayvonlar migratsiyasi, geyzerlar, qorboboning vatani, lava.
Mavzimi o‘zlashtirisfi S)o4yicha savol va topshiriqlar:
1. AQSHdagi milliy parklarni sanab bering.
2. Afrika davlatlaridagi ekoturizmni gapirib bering.
3. Qorboboning vatanidagi ekoturizmni tushuntirib bering.
4. AQSH, Kanada va Avstraiiya davlatlarini nima uchun
ekoturizmda lider davlatlar deyishadi?
5. Islandiya davlatini nima uchun “Geyzerlar vatani” deyishadi?
6. Kanada davlatida ekoturizm rivojianganmi?
7. Afrika davlatlarida ekoturizm rivojianganmi?
8. Mavzu matnidagi xalqaro tashkilotning ramzini ta’riflang.
i n
Do'stlaringiz bilan baham: |