98-modda. Assistans
Assistans sug‘urta qildiruvchilarga (sug‘urtalangan shaxslarga, naf oluvchilarga) hamda sug‘urtalovchilarga sug‘urta shartnomasi doirasida assistans xizmatlari, texnik, tibbiy va boshqa xizmatlar ko‘rsatuvchi, shuningdek ularga moliyaviy ko‘mak beruvchi yuridik yoki jismoniy shaxsdir.
Assistans o‘z faoliyatini sug‘urtalovchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiradi.
Assistans xizmatlariga sug‘urta qildiruvchilar (sug‘urtalangan shaxslar) ishtirokisiz faqat sug‘urtalovchilar tomonidan haq to‘lanadi.
Assistans:
sug‘urtalovchi sifatida sug‘urta va qayta sug‘urta qilish operatsiyalari o‘tkazishga;
sug‘urta bo‘yicha vositachilik faoliyatini amalga oshirishga;
sug‘urtalovchilarning ustav fondlarida ishtirok etishga haqli emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |