93-modda. Adjasterning huquq va majburiyatlari
Adjaster quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
adjaster xizmatlari ko‘rsatiladigan sug‘urtalovchini (sug‘urta qildiruvchini) va boshqa buyurtmachilarni erkin tanlash;
(93-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi O‘RQ-323-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urta voqeasini (sug‘urta hodisasini) o‘rganish uchun sug‘urtalovchidan (sug‘urta qildiruvchidan) va boshqa buyurtmachilardan zarur axborotni so‘rash va olish;
(93-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi O‘RQ-323-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
sug‘urta hodisasi yuz berganidan so‘ng sug‘urta obyektini ko‘zdan kechirish va tekshirish;
o‘zi sug‘urta obyektini sirtdan (zarur hollarda — texnika vositalarini qo‘llagan holda) ko‘zdan kechirganligi to‘g‘risidagi dalolatnomani rasmiylashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urta hodisasi ro‘y berishining sabablari va holatlarini, shuningdek sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) miqdorini aniqlash uchun zarur bo‘lgan tegishli axborot va hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlardan, sudlar, tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
(93-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi O‘RQ-323-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
Adjaster qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Adjaster:
sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;
sug‘urta hujjatlarining saqlanishini ta’minlashi;
mijozning tijorat sirini yoki boshqa sirini tashkil etadigan ma’lumotlarning maxfiyligini saqlashi;
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urta hodisasiga taalluqli ma’lumotlarni o‘z vaqtida tahlil qilish uchun chora-tadbirlar ko‘rishi.
(93-modda uchinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi O‘RQ-323-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlarida belgilangan axborotni maxsus vakolatli davlat organining talabiga ko‘ra taqdim etishi shart.
(93-modda uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi O‘RQ-323-sonli Qonuniga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
Adjaster zimmasida qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |