0 ‘ т к I r h o s h I m o V



Download 4,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/112
Sana06.07.2022
Hajmi4,9 Mb.
#747570
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   112
Bog'liq
2 5458657069596939008

О ‘tkir Hoshimov
Boshqalardan nimamiz ortiq, mana, bir paqir ko‘mirga zor 
bo‘lib o‘tiribman...“
- Rais buva vaqtida pensiyaga chiqib ketsa shu ishlarga 
aralashmasmidi, - deydi Muyassar o‘ziga o‘zi gapirib.
- A? - Alijon endi mudray boshlagan shekilli, qayta so‘- 
raydi. - Kim deysan?
- Rais buvani aytaman-da.
- Undayam... Baribir qamalardi...
Muyassar astoydil ajablanadi:
- Nega endi? 0 ‘ziga to‘g‘ri bo‘lsa. Birovga og‘zi teg- 
masa, tili tegmasa...
- Planni bajarmasa bo‘lmasdi-da, onasi, - deydi Alijon 
ishonch bilan. - U zamonlarda bajarmasa qamalardi. Endi ba- 
jargani uchun qamayapti.
,,0 ‘zing panohingda asra, Xudo!“ deydi Muyassar xayo- 
lan. Dili yorishadi. Yaxshiyam eri raismi, brigadmi bo‘lma- 
gani... Ana qanchasi qamoqda yotibdi. Narigi xonadan in- 
groq tovush keladi.
- Qaysi biri? - deydi Alijon xavotir bilan.
- Salimangiz... - Muyassar narigi xonada yotgan uch qi- 
zining qaysi biri tushida alahsiragani-yu, qaysi biri ingragani- 
ni aniq biladi.
- Yana bannisaga yotqizsakmikin, - deydi Alijon. - Jigar 
og‘rig‘i qo‘zg‘adi shekilli. Halimaga o‘xshab...
- Nafasingizni issiq qiling! - deydi Muyassar beozor 
jerkib.
Erining ko‘nglidan o‘tayotganlami biladi. 0 ‘zining ham 
ko‘z o‘ngiga lop etib Halimaxon keladi. Valijondan keyin 
tug‘gan qizi, o‘ziyam bu dunyoga sig‘adigan qiz emasdi-da. 
Sochi yer supurardi. Kiprigi yuziga tushardi. Otasi ham 
hayron: Kimga tortgan bu qiz? Chap qo‘llab rasm chizsa, 
(chapaqay edi), odamning aqli shoshardi... Shunaqa mehnat- 
kash, shunaqa chaqqon. Non yopadi, sigir sog‘adi, pillaga 
qaraydi, dalaga chiqib, chopiq qiladi, yuz kilolab paxta te-


Uzun kechalar
83
radi. Yaxshi qiz mahalladan chiqmaydi, degan gap rost ekan. 
0 ‘n oltiga to‘lib-to‘lmasidan tumaqator sovchilar qatnasa 
deng... Bo‘lmasa to‘qqizinchiga endi ko‘chgan qiz...
Bir kuni Muyassar ishidan kelsa, Halimaxon akasini 
ayvon burchagidagi kursiga o‘tqizib qo‘yib, albomga ras- 
mini chizyapti. Qo‘lida bo‘yoqqalam, „Е, buningizga ayting, 
aya, xit qilib yubordi-ku, odanmi, - dedi Valijon do‘rillab. -
Nima, men vistavkaga qo‘yilgan echkimanmi? Ikki soatdan 
beri qoqqan qoziqdek o‘tiribman. E, bor-e!“ Valijon qo‘lini 
paxsa qilib o‘midan turib ketayotgan edi, Halimaxon mulo- 
yim jilmaydi. „Qirqiga chidadingiz, qirq birigayam chi- 
dang-da, akajon! Besh minut qoldi“.
Muyassar qizi chizgan rasmga munday qarasa... Yo tav- 
ba! 0 ‘g‘li shunaqa katta yigit bo‘p qoptimi? Mo‘ylovi sabza 
urgan... Ko‘zlarida, qop-qora ko‘zlarida allanechuk sho‘xlik... 
Hatto iyagidagi husnbuzar ham yarashib tushgan.
...Muyassar o‘sha kungi gapi uchun hanuz ich-etini yey- 
di. Nega baqirdi qiziga? „Sen ahmoqqa qachon aql kiradi, 
qizo‘lgur! Ovqatga unnash o‘rniga... Akang bu yil o‘nni 
bitiradi, ahmoq, nima qilasan vaqtini olib? Yig‘ishtir, qalam- 
palamingni!“ Bilsa edi, olti oy o‘tmay g‘unchadek qizini 
tuproqqa topshirishini bilsa edi... Halimaxon dori sepilgan 
dalada ishlayveribdi, jigari ezilib adoyi-tamom bo‘pti-yu, ih 
demapti. 0 ‘zing-chi? ,Ayajon, qomim og‘riyapti, ko‘nglim 
behuzur bo‘lyapti“ desa: „Yoqmasroq narsa yegandirsan-da, 
qatiq ichsang bosiladi“, deb qo‘ya qolibdi... Bannisaga olib 
borishganida kasali o‘tib ketgan ekan... Yo‘lakka, eshik tagiga 
yotqizishdi. Muyassar erini bunaqa alpozda birinchi ko‘rishi 
edi. Awal do‘xtirlarga yalindi: „Jon akalar, qancha olsangiz 
oling, qizimni tuzating“, dedi. Birov quloq solsa qani! Ham­
ma yoq oh-voh, hamma yoqda rangi za’faron kasallar. Shun­
da Alijonning ko‘zi g‘azabdan yonib ketdi. Qiyomat qo‘pdi. 
(Yuvosh odamning jahli chiqsa yomon bo‘larkan.) „Kattang 
kim? - dedi o‘dag‘aylab. Mening qizim xolasining chorbo-


84

Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish