£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/431
Sana08.07.2021
Hajmi2,71 Mb.
#113204
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   431
Bog'liq
ozbekiston tarixi darslik

L

JL

Tarixiy tadqiqodlar kishilik jamiyatining neolit va undan keyingi

 

davrlarga o’tishi zamon nuqtai nazardan sayyoramizning turli mintaqalarida har 



xil  vaqtlarda  sodir  bo’lib,  keyingi  davr  oldingilaridan  qisqaroq  bo’lib 

borganligidan  guvohlik  beradi.  Bu  jarayonni  zamon  va  makonda  tarixiy 



rivojlanish sur‘atlarining jadallashish qonuni bilan izohlash mumkin bo’ladi.

 

2. Mamlakatimizda odamlarning paleolit davri manzilgohlari.



 

Mamlakatimizning ilk paleolit davri, geologlarning hisobiga ko’ra, tabiiy-

geografik  jihatdan  yozi  issiq,  qishi  sovuq,  yog’ingarchilik  kam  bo’lgan  iqlim 

tartibi  qaror  topgan  davrga  to’g’ri  keladi.  Ana  shu  sharoitga  mos  ilk  odamlar, 

xayvonot  olami  va  o’simliklar  dunyosi  shakllanadi.  Bir  necha  yuz  ming  yillar 

davomida tabiiy muhit ham o’zgarib bordi. Ilk paleolitning oxirgi bosqichlarida 

sayyoramizni  muzlik  qoplab  iqlim  keskin  soviydi,  tez-tez  yog’ingarchilik 

bo’ladigan  bo’lib  qoladi.  O’lkamizda  cho’l  va  voha  landshaftlari  shakllanib, 

o’simliklar  va  hayvonlar  dunyosi  o’zgarib  boradi.  Odamlar  ham  jismoniy,  ham 

aqliy jihatdan takomillashadi.

 

O’zbekiston  hududida  ilk  paleolit  davri  odamlari  yashagan  manzilgohlar 



Farg’ona  vodiysining  So’x  tumanidagi  Selung’ur  g’oridan  va  Toshkent 

viloyatining  Angren  shahri  yaqinidagi  Ko’lbuloq  makonidan  topilgan  va 

o’rganilgan.

 

Selungur g’ori 1958 yilda arxeolog A.P.Okladnikov, 1980 yildan boshlab 



arxeolog  olim  O’.Islomov  tomonidan  o’rganilgan.  Tadqiqotlar  Selungur 

manzilgohida  odamlar  paleolit  davrining  barcha  bosqichlarida  yashaganligini 

ko’rsatadi. Bu manzilgohdan ajdodlarimizning suyak qoldiqlari, ularning toshdan 

yasalgan  mehnat  qurollari  hamda  ular  ovlab  tirikchilik  qilgan  ayiq,  qoplon, 

karkidon,  sirtlon,  ohu  va  boshqa  hayvonlarning  suyaklari  topildi.  Olimlar 

Selungur  g’orida  bundan  1,5  million  yillar  ilgari  odamlar  yashagan,  degan 

xulosaga 

keldilar


1

Selungur 



tadqiqotlarining 

ahamiyati 

shundaki, 

mamlakatimiz  odamzod  ilk  bor  paydo  bo’lgan  mintaqalardan  biri  ekanligini 



isbotlab berdi.

 

Ilk  paleolit  davri  odamlarining  manzilgohlaridan  yana  biri  Toshkent 



viloyati  Chotqol  tog’ining  janubiy-sharqiy  yonbag’ridagi  Jarsoyning 

qirg’og’idagi  Ko’lbuloq  makonidir.  1963-1970  yillarda  arxeolog  M.R.Qosimov 

rahbarligidagi  guruh  Ko’lbuloq  makonida  10  dan  ortiq  qatlamni  o’rgandi.  730-

830 sm.  chuqurlikda  joylashgan ikki  quyi  qatlam  ilk paleolit bosqichiga to’g’ri 

keladi. Bu qatlamlardan yirik, dag’al ishlangan tosh qurollar va hayvon suyaklari

 

1



 Islomov U.I., Kraxmal K.A. Ranniy paleolit Uzbekistana: problemi i perspektivi// Problemi kamennogo veka 

Sredney i Tsentralnoy Azii. Novosibirsk: SO RAN, 2002. str. 108-113. 

22

 



topiladi.  Ko’lbuloq  makonining  yuqoriroq  qismidan  topib  o’rganilgan  boshqa 

madaniy  qatlamlar  bu  erda  odamlar  paleolit  davrining  o’rta  va  so’nggi 

bosqichlarida ham istiqomat qilganliklarini isbotladi.

 

Eng  qadimgi  odamlar  hozirgi  vaqtdagi  odamdan  anchagina  farq  qilardi. 



Ular  ikki  oyoqlab,  oldinga  engashgan,  qo’llarini  tizzasigacha  osiltirgan  holda 

yurganlar,  qo’llari  oddiy  ishlarni  -  biron  narsani  ushlash,  urish,  er  kovlash 

kabilarni  bajarishga  qodir  bo’lgan.  Qadimgi  odamlarning  peshonasi  tor,  miyasi 

kichik  bo’lgan,  hali  gapira  olmagan,  uzuk-yuluq  ovozlar  chiqarib  g’azab  va 

qo’rquv, yordamga chaqirish alomatlarini bildirganlar.

 

Ilk  paleolit  odamlari  ov  qilish,  terib-termachilab  ozuqa  topish  uchun 



toshdan,  suyakdan,  daraxt  shoxlaridan  turli  mehnat  qurollari  yasaganlar.  Shu 

tufayli ularni «homo-habilis»- «bilag‘on odam» deyiladi.

 


Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish