£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/431
Sana08.07.2021
Hajmi2,71 Mb.
#113204
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   431
Bog'liq
ozbekiston tarixi darslik

yuritgan 

Buxoro, Samarqand, Shosh, Termiz, Farg’ona shaharlarining

 

siyosat va 

yangidan tiklanishi, ularning savdo-sotiq va hunarmandchilik

 

uning 

markazlari sifatidagi mavqei ko’tarildi

 

natijalari 



Islom  dini va uning peshvolari nufuzi  tiklandi.  Islomning

 

Movarounnahrning rasmiy dini sifatidagi mavqei ortib bordi



 

>  Mo’g’ullar va bir qator turkiy qavm, elatlarning Movarounnahrga 

kelib o’troqlashuvi va muqim yashashga moslashuvi jarayoni 

faollashdi

 

Movarounnahr hududlarida yuz bergan bu xildagi ijobiy o’zgarishlarda Chig’atoy 



ulusi  xoni  tashabbusi bilan  mo’g’ul  no’yonlari  va  shohzodalarining  1269  yilda  Talas 

vodiysida bo’lib o’tgan qurultoyi va undagi tarixiy kelishuvning roli va ta’siri katta bo’ldi. 

Mazkur qurultoy barcha mo’g’ul xonlari, aslzodalariga qaerda yashashlaridan qat’i nazar 

mahalliy aholi hayoti, turmush tarziga aralashmaslik, belgilab qo’yilgan soliq, to’lovlar 

bilan  qanoatlanish,  ekin  maydonlarini  payxon  qilmaslik  majburiyatini  yukladi.  Ularni 

Movarounnahr erlariga ko’chib, asta-sekin o’troq hayotga o’ta borishga da’vat etdi.

 

XIII asrning ikkinchi yarmiga kelib mo’g’ullarning mahalliy aholiga, ularning 



turli  ijtimoiy  qatlamlariga  nisbatan  munosabatlari  ham  keskin  o’zgarib  bordi.  Mo’g’ul 

hukmron doiralarining  bil qismi erlik aholining  yirik  mulkdorlari, ruhoniylari, savdo-

sotiq,  hunarmand  tabaqalari  bilan  umumiy  til  topib,  o’z  qarashlarini  o’zgartirib, 

musulmon  ruhoniylariga  hayrixohlik  va  hurmat  bilan  munosabatda  bo’la  boshladilar. 

Chig’atoy ulusida islom rasmiy davlat dini maqomiga ega bo’ldi. Shuningdek, mo’g’ul 

qabilalari,  elatlari  bilan  birga  XIII  asrning  ikkinchi  yarmidan  boshlab  ko’plab  turkiy 

urug’-qavmlar  ham  Movarounnahrga  kelib  o’rnasha  boshladi.  Jumladan,  barloslar 

Qashqadaryoda, jaloirlar Ohangaron vodiysida, arlotlar Afg’oniston shimolida, kavchinlar 

Tojikiston  janubida,  turkiylashgan  mo’g’ullar  urug’i-so’fiylar  Xorazmda  joylashib, 

chuqur tomir otib bordi. Bu esa turkiy xalqlar, elatlarning o’lkadagi mavqeining yanada 

mustahkamlanishiga, turkiy til va uning shevalari ta’sirining ortib borishiga bois bo’ldi. 

XIV asrdan boshlab Chig’atoy ulusida mo’g’ul xonlari boshqaruvi sohasida ham muhim 

o’zgarishlar yuz beradi. Bu o’zgarishlar, dastavval, Chig’atoy xonlaridan Duvoxon /1282-

1306/, uning o’g’illari Kebekxon /1318 - 1326/, Tarmashirin /1326 - 1334/ nomlari bilan 

bog’liqdir.  Jumladan,  Duvaxon  davrida  katta  vakolatga  ega  bo’lgan  Mas’udbek  sa’i-

harakatlari bilan shaharsozlik rivojlanganligi, savdo-sotiq ahli katta naf topganligi, qishloq 

xo’jaligi ancha yuksalganligi ko’zga tashlanadi. Kebekxon esa o’z qarargohini mo’g’ul 

hukmdorlari orasida birinchi bo’lib Movarounnahrga ko’chirdi. Qashqadaryo vohasidagi 

Nasaf shahridan uncha uzoq bo’lmagan joyda uning buyrug’i bilan saroy /mo’g’ulcha

 

128



 


ma’nosi «qarshi»/ bunyod etilib, Qarshi nomi bilan poytaxtga aylantirilishi o’sha davrning 

muhim voqealaridan bo’lgan.

 

Kebekxonning  muhim  xizmatlaridan  yana  biri  -  bu  uning  pul  va  ma’muriy-



hududiy sohalarda o’tkazgan islohotlaridir. Xususan 1321 yilda o’tkazilgan pul islohotida 

xulagiylar davlati va Oltin O’rdadagi amaldagi pul tizimi hisobga olingan edi. Og’irligi 8 

grammlik kata kumush tanga va 1 grammlik kichik tanga zarb etildi. Katta tanga «dinor» 

deb, kichik tanga «dirham» deb atalgan. Yangi pul birligi «Kepaki» nomi bilan mashhur 

bo’lgan.  Islohotning  dastlabki  yillarida  Kebek  nomi  bilan  mashhur  bo’lgan  bu  tangalar 

ko’plab hajmlarda Samarqand va Buxoroda zarb qilinib, muomalaga chiqarilgan. Bu ikki 

xil qimmatga ega bo’lgan kumush tangalar keyinchalik boshqa hukmdorlar tomonidan 

ham  chiqarilgan.  Masalan,  Tarmashirin  davrida  O’trorda  ko’plab  kumush  tangalar 

chiqaradigan  zarbxona  muntazam  ishlab  turgan.  Kebekning  pul  islohoti  tashqi  va  ichki 

savdoning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoit yaratishga xizmat qildi.

 

Ma’muriy  islohotga  ko’ra,  Movarounnahr  hududlari  viloyatlarga,  viloyatlar 



tumanlar  (mo’g’ullar  tartib  qilgan  10  ming  askar  beradigan,  aholisi  40-50  ming  nafar 

bo’lgan,  hozirgi  tumanlarimizga  qiyos  etsa  bo’ladi  -  izoh)  ga  bo’lindi.  Jumladan, 

Samarqand viloyatida 7 ta, Farg’ona viloyatida 9 ta tuman tarkib topgan. Kebekxonning 

o’lkada tinchlik, osoyishtalik va totuvlik o’rnatish borasidagi siyosatini Tarmashirin izchil 

davom  ettirdi.  U  islomni  qabul  etib,  uni  davlatning  rasmiy  dini  darajasiga  ko’tardi. 

Kebekxon  yo’nalishida  siyosat  yurgizgan  mo’g’ul  xonlarining  navbatdagi  vakili 

Qozonxon  /1334-1346/  ham  Movarounnahr  hududlari  birligini  saqlash,  tubjoy  aholi 

manfaatlarini himoya qilish uchun mahalliy mo’g’ul va turk amirlari, no’yonlarining olib 

borayotgan  bir  yoqlama  kurashlarini  bartaraf  etishga  intildi.  U  o’zi  uchun  qarorgoh 

sifatida  Qarshi  bilan  Buxoro  oraligida  (hozirgi  Muborak  tumani  hududida)  mashhur 

Zanjirsaroy  qal’asini  qurdirdi.  Biroq  markazdan  qochuvchi  kuchlarning,  dastavval, 

ko’chmanchi mo’g’ul amirlarining kuchayib borayotgan ta’siri va fitnasi oqibatida 1346 

yilda  Qozonxon  qatl  etiladi.  Shundan  so’ng  hokimiyat  tepasiga  kelgan  amir  Qazog’on 

(1347-1358) mo’g’ul zodagonlari manfaatlarini yoqlab siyosat yurgizdi. Uning o’zi ham 

bir joyda  muqim  yashamasdan  ko’p  vaqtini bosqinchilik  yurishlarida o’tkazardi.  Buning 

oqibatida  uning  davrida  mahalliy  aholi  tub  manfaatlari  bilan  mo’g’ul  hukmdorlari 

manfaatlari  bir-biriga  tobora  zid  kela  bordi.  Bu  esa  Movarounnahrda  yana  siyosiy 

vaziyatning  keskinlashuviga,  hokimiyatga  intiluvchi  kuchlarning  faol  harakatga  kelishiga 

sabab  bo’ldi.  XIV  asrning  40  -  yillarida  Chig’atoy  ulusi  ikki  qismga:  Ettisuv,  Sharqiy 

Turkistondan  iborat  Mo’g’ulistonga  va  Movarounnahrga  bo’linib  ketdi.  1348  yilda 

Chiqatoy  naslidan  bo’lgan  Tug’luq  Temur  Mo’g’uliston  xoki  etib  ko’tarildi. 

Movarounnahrda hokimiyatni egallagan amir Husayn 1358 yilda o’ldiriladi.

 

Bunday  sharoitda  Movarounnahr  yurtini  birlashtirish,  mahalliy  hukmdorlarning 



o’zboshimchalik,  boshboshdoqlik  harakatlariga  chek  qo’yish,  jafokash  xalqni  mo’g’ullar 

zulmi  va  istibdodidan  butkul  xalos  etish  va  unda  qudratli  markazlashgan  davlat  barpo 

etishdan  iborat  yuksak  vazifa  tarixiy  zaruriyat  taqazosi  bilan  kun  tartibiga  qo’yildi.  Uni 

muvaffaqiyatli uddalash esa ulug’ bobokolonimiz Amir Temurga nasib etdi.

 

129


 



Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish