VI BOB. MOVAROUNNAHR MO‘G‘ULLAR ISTILOSI VA HUKMRONLIGI
DAVRIDA
Tayanch so‘z va iboralar: XIII asr boshlarida Mo’g’uliston. Chingizxon.
Mo’g’ullar bosqini. Jaloliddin Manguberdi. Temur Malik. Chig’atoy ulusi. Soliq va
o’lponlar. Mahmud Yalavoch. Torobiy qo’zg’oloni. Mas’udbek. Ulusning bo’linishi.
Ijtimoiy-siyosiy vaziyat. Madaniy hayot.
1.Chingizxon boshchiligida mo‘g‘ullarning Movarounnahrga bosqini. Ozodlik
kurashi. Jaloliddin Manguberdi
O’z dovyurakligi ustakorligi, makkorligi bilan mashhur bo’lgan Temuchin (1155-
1227) XII asrning oxirlariga kelib nafaqat mo’g’ullarning ko’p sonli urug’-qabilalarini,
shu bilan birga ular bilan yonma-yon, qo’shni yashab kelgan ko’plab turkiy elatlar,
chunonchi, jaloirlar, oyratlar, qaraitlar, naymanlar, qoraxitoylar, qirg’izlar, uyg’urlar,
qarluqlar va boshqalarni ham birin-ketin bo’ysundirib, kuchli davlatga asos soldi. Bu
davlat harbiylashgan tizimga asoslanganligi bilan ajralib turardi. Qo’shinlarga: o’n
jangchiga bir boshliq – o’n boshi, shuningdek, yuz boshi, ming boshi va tumanboshilar
boshchilik qilardi. Tuman deganda o’n minglik qo’shingina emas, balki shu qo’shin safini
doimiy to’ldirishi kerak bo’lgan butun bir tuman, ya’ni besh – o’n ming o’tovli yoki 50
mingga yaqin aholisi bo’lgan hudud nazarda tutilardi. Har bir shunday tumanga tayin
qilingan tumanboshi faqat o’n ming jangchining qo’mondoni bo’libgina qolmay, ayni
zamonda o’z tasarrufidagi minglab fuqarolarning taqdirini ham hal etuvchi hokimi
mutloq hisoblanardi. Mazkur tumandagi barcha sudlov, jinoiy- javobgarlik va fuqarolik
ishlari ham to’laligicha uning tasarrufida bo’lgan.
Temuchin oliy hokimiyat muruvvatlarini o’zining o’g’illari va eng yaqin
kishilariga topshiradi. Jumladan, uning yaqin safdoshlaridan Subitoy, Xubiloy, Jebe,
farzandlari: Jo’jixon, Chig’atoy, O’qtoy, To’luyxonlar birinchi bo’lib tuman sohiblari
bo’lganlar.
Temuchinning mo’g’ullarning ulug’ xoqoni sifatidagi o’rni va mavqeini har
jihatdan mustahkamlash, bunga qonuniy tus berishda 1206 yili poytaxt Qoraqurumda
bo’lib o’tgan umummo’g’ul Qurultoyi alohida ahamiyatga molik bo’ldi. Qurultoyda
Temuchin barcha mo’g’ul - tatar xonlarining ulug’ xoni /qooni/ deb e’lon qilindi va unga
Chingizxon laqabi berildi. (Chingizxon laqabi turli mualliflar tomonidan turlicha,
chunonchi, «kuchli», «qudratli», «toza» yoki dengizlar /Dengizxon/, okeanlar hukmdori
va xokazo ma’nolarda talqin qilinib kelinadi). Qurultoy tomonidan qabul qilingan
«Yaso» hujjati /mo’g’ullar davlatining asosiy qonunlari majmuasi/ ulug’ xon
hokimiyatini yanada mustahkamladi. «Yaso» mo’g’ul jamiyatidagi mulkiy tengsizlikning
ifodasi sifatida ko’zga yaqqol tashlanadi. U yangi paydo bo’lgan hukmron tabaqa -
tarxonlarga katta imtiyozlar berilishini ko’zda tutardi.
Chingizxon ulug’ hoqon deb e’lon qilingan birinchi kundayoq o’zining eng yaqin
kishilaridan 95 nafarini bahodur, mingboshilar etib tayinlaydi va bir necha ming kishiga
tarxonlik yorliqlari beriladi. Chingizxon ayni paytda 10 ta oliy hokimiyat lavozimlarini
118
ta’sis etadi va 150 kishidan iborat shaxsiy gvardiya hamda mingta «dovyurak»
jangchilardan tarkib topgan shaxsiy drujina tuzadi (Keyinchalik uning soni 10 ming
kishiga etkaziladi). Butun mamlakatda kuchli temir intizom, qattiqqo’l tartib o’rnatilib,
jangovar harbiy safarbarlik ishlari avjga oldirib borildi. Bu hol Chingizxoning xorijiy
ellarni zabt etishdan iborat o’z oldiga qo’ygan yovuz, agressiv maqsadlarini tez orada
amalga oshirishga imkon yaratib bordi.
XIII asr boshlariga kelib Chingizxon qo’shni davlatlar va xonliklarni birin - ketin
bosib olishga kirishadi. Agar 1206 yilga qadar bepoyon G’o’bi sahrosidagi qavm -
qabilalar itoatga keltirilgan bo’lsa, 1206 - 1211 yillar davomida Sibir va Sharqiy
Do'stlaringiz bilan baham: |