3. Turkiston muxtoriyati
Turkiston muxtoriyati Sovet hokimiyati Turkiston jilovini qo’lga olib, o’zining avval
e’lon qilgan balandparvoz va’dalaridan voz kechib, o’lka xalqlariga qarata olib borgan
ikkiyuzlamachilik va munofiqlik siyosatiga javoban yurtning millatparvar rahnamolari
faol harakatga keldilar. 1917 yil 26 noyabrida Qo’qonda o‘lka musulmonlarining IV
favqulodda qurultoyi chaqirildi. Unda Turkiston o ’ l k a s i n i n g 5 viloyatidan 200 nafardan
ziyodroq vakillar ishtirok etdi. Qurultoy ishida “Sho’roi Islomiya”, “Sho’roi Ulamo”,
Musulmon harbiylari Sho’rosi, o’lka yahudiylar jamiyati namoyandalari ham
qatnashdilar. Qurultoyda Turkiston Muxtoriyati tuzildi. Bu xususda qabul qilingan
qarorda shunday deyiladi:
“Turkistonda yashab turgan turli millatga mansub aholi Rossiya inqilobi da’vat
etgan xalqlarning o’z huquqlarini o’zlari belgilash xususidagi irodasini namoyon etib,
Turkistonni Federativ Rossiya respublikasi tarkibida hududiy jihatdan muxtor deb e’lon
qiladi, shu bilan birga muxtoriyatning qaror topish shakllarini Ta’sis majlisiga havola
etadi”. Shundan so’ng qurultoy “Turkistonda yashab turgan milliy ozchilik aholi
huquqlarining muttasil himoya qilinishini tantanali ravishda e’lon kiladi”.
Yangidan tarkib topayotgan davlat Turkiston Muxtoriyati deb ataladigan bo’ldi.
Qurultoyda Turkiston Muxtoriyatining hokimiyat organi- Muvaqqat Kengashi tuzildi.
Muvaqqat Kengash tarkibi 12 kishidan iborat etib belgilandi. Dastlab unga quyidagi
nomzodlar kiritildi:
202
1. M. Tinishpaev - bosh vazir, ichki ishlar vaziri
1
;
2. Islom Shoahmedov - bosh vazir o’rinbosari;
3. Mustafo Cho’qaev tashqi ishlar vaziri (keyinroq bosh vazir);
4. Ubaydulla Xo’jaev - harbiy vazir;
5. Yurali Agaev - er va suv boyliklari vaziri;
6. Obidjon Mahmudov - oziq-ovqat vaziri;
7. Abdurahmon O’razaev - ichki ishlar vaziri o’rinbosari;
8. Solomon Gertsfeld - moliya vaziri.
Hukumat tarkibiga evropalik aholi orasidan yana to’rtta vakil kiritilishi belgilab
qo’yilgan edi.
Qurultoyning yana bir katta xizmati, bu uning tomonidan Turkiston Milliy majlisi
(parlamenti) tuzilganligi bo’ldi. Unga “Sho’roi Ulamo” tashkiloti rahbari Sherali Lapin
rais etib saylandi.
Milliy Majlis tarkibiga Muvaqqat Kengash a’zolaridan tashqari o’sha davrning
atoqli arboblari: T. Norbo’tabekov, S. Sharifxo’jaev, Nosirxonto’ra Komolxonto’ra o’g’li,
M. Behbudiy, Alixonto’ra Shokirxonto’ra o’g’li, Sobirjon Yusupov, Odiljon Umarov
singari yurt peshvolari ham saylangan edilar.
Shunday qilib, o’lkaning mo’’tabar millatparvar zotlaridan iborat milliy hokimiyat
tashkil etilib, uning zimmasiga ulug’vor vazifalar yuklandi. Eng muhimi, Turkiston
xalqining erki, mustaqilligini asta-sekin tiklash - bu xalqchil hukumatning bosh vazifasi
edi. Shu boisdan ham o’lkaning millionlab fuqarolari Turkiston Muxtoriyati e’lon
qilinganligini katta qoniqish ruhi bilan qarshi oldilar. 1917 yil dekabr oyi boshlarida
Toshkent, Namangan, Jalolobod, Qo’qon, Samarqand shaharlari aholisi mitinglar,
namoyishlar uyushtirib, muxtoriyatni qizg’in qo’llab-quvvatlab chikdilar.
Biroq o’lkada o’rnashib olgan va asosiy boshqaruv jilovini qo’lda ushlab turgan
Turkiston sovet hukumati va uning joylardagi hokimiyat mahkamalari Turkiston
muxtoriyati va uning tarafdorlarini yo’q qilish yo’lini butun choralar bilan o’tkazib bordi.
1917 yil 13 dekabrida Toshkentda muxtoriyatni yoqlab o’tkazilgan katta mitingni
zo’rlik bilan tarqatib yuborilishi, bugina emas, unda sovet kuchlari otgan miltiq va
pulemyotlar sadosi ostida ko’plab qurbonlar berilishi (eski shaharlik 16 kishi otib
o’ldirilgan edi) - bu Turkiston muxtoriyatiga nisbatan uyushtirilgan dastlabki suiqasd edi.
1917 yil 25 dekabr kuni Qo’qonda o’lka musulmon ishchi, askar va
dehqonlarining I favqulodda qurultoyi ish boshladi. Unda 200 ga yaqin kishi ishtirok etdi.
Qurultoy muxtoriyatni har tomonlama quvvatlash, unga moddiy va ma’naviy madad
ko’rsatish shiori ostida o’tdi. Unda Turkiston Muvaqqat Kengashi tarkibini
musulmon ishchi, askar va dehqon deputatlari qurultoyi vakillari hisobiga to’ldirish
to’g’risida qaror qilindi. Qurultoy o’zining so’nggi ish kuni - 27 dekabrda Petrogradga,
Xalq Komissarlari Soveti Raisi V. I. Lenin nomiga telegramma yo’lladi. Unda Turkiston
muxtoriyatini e’tirof etish, Toshkent Xalq Komissarlari Sovetiga hokimiyatni Turkiston
muxtoriyati Muvaqqat Kengashiga topshirish to’g’risida farmoyish berish so’ralgan edi.
1
Qozoq taraqqiyparvarlari 1917 yil dekabrda Orenburgda s’ezd o’tkazib «Alash-O’rda» avtonom Respublikasini
tuzdilar, uning hukumati tarkibiga M.Tinishpaev saylanadi. Shu munosabat bilan M.Tinishpaev «Alash O’rda»
poytaxti Semipalatinskka ketadi.
203
Lenin va uning safdoshlari esa ochiq va yashirin tarzda Toshkentda faoliyat
yuritayotgan Turkistondagi sovet hukumati oldiga milliy muxtoriyatni tugatishni vazifa
qilib qo’yganligi hech kimga sir emas. Turkistondagi sovet hokimiyati o’lka muxtoriyati
faoliyatini cheklash, uni butunlay barham toptirishga qaratilgan xoinona yo’l tutdi. Bu
manfur maqsadni amalga oshirish uchun sovetlar hokimiyati tasarrufida bo’lgan hamma
vositalar ishga solindi. 1918 yil 19-26 yanvarda bo’lib o’tgan Turkiston o’lka sovetlarining
IV s’ezdi Turkiston muxtoriyati hukumatini, uning a’zolarini qonundan tashqari holatda deb
hisobladi va ularning boshliqlarini qamoqqa olishga qaror qildi.
Buning ustiga Turkiston muxtoriyati o’zini o’zi etarli darajada himoya qila olish
imkoniyatiga ega bo’lolmadi. Muxtoriyatchilar orasida ko’pgina muhim xayotiy
masalalarda birlik, hamjihatlik, jipslik mavjud emasdi. Unga moddiy, ma’naviy hamda
harbiy, moliyaviy madad ko’rsata oladigan real kuchlar va imkoniyatlar yo’q edi. 1918
yil 18 fevralda «Ulamo» jamiyati tashabbusi bilan Muxtoriyatda to’ntarish sodir etildi.
Mustafo Cho’qaev boshchiligidagi hukumat ag’darildi. Hukumat boshqaruvi Qo’qon
shahar militsiyasi boshlig’i Kichik Ergashga o’tadi.
Turkiston sovet hukumati 1918 yil 14 fevralida Farg’ona viloyati hududida
favqulodda harbiy holat joriy etdi. Uning Qo’qondagi mah.alliy hokimiyati - ishchi
va askar deputatlari soveti 17 fevralda muxtoriyat vakillarini taslim bo’lishga da’vat
qildi. Ayni vaqtda Toshkentdan Perefilev boshchiligida qurollangan ko’p sonli qizil
qo’shin olib kelindi va ular darhol ishga solindi. Qo’qondagi ashaddiy millatchi arman
dashnoqlari
1
ham bu bosqinga jalb qilindi. Ayniqsa 1 9 - 2 1 fevral kunlari Qo’qon xalqi
ustiga balo-kazo yog’ildi. Shahar o’t ichida yondi. Shu tariqa, Turkiston Muxtoriyati
mag’lubiyatga uchradi.
Eng dahshatliligi shuki, bu xunrezlik tagida hech bir gunohi bo’lmagan ming-
minglab Qo’qon fuqarosi mislsiz jabr tortdi, behisob qurbonlar berdi. Qo’qonda
sovetlar sodir etgan qonli fojiani sovet davlati arboblaridan biri D. Manjara keyinroq
shunday deb e’tirof etgandi: “Milliy siyosatda yo’l qo’yilgan xatolarimiz tufayli Qo’qon
muxtoriyati vujudga keldi. Uni yo’qotish paytida yana bir xatoga yo’l qo’ydik. Qurol-
yarog’i deyarli bo’lmagan muxtoriyatchilar joylashgan eski shaharni qamal qilish o’rniga,
biz to’plardan o’qqa tutdik, keyin dashnoqlarning qurolli to’dalarini ishga soldik. Natijada
talon-taroj, nomusga tegish, qirg’in boshlandi. Bundan muxtoriyatchilarga aloqasi
bo’lmagan tinch aholi katta zarar ko’rdi”.
Sovet hokimiyati o’zining avvaldan rejalashtirgan sotsialistik yo’nalishdagi
iqtisodiy va siyosiy qayta qurishlar yo’lini izchil amalga oshirishga kirishdi.
Chunonchi, er to’g’risidagi dekret asosida erga bo’lgan xususiy mulkchilikni tugatish
boshlandi. Shu maqsadda joylarda er qo‘mitalari tuzildi. Jumladan, 1918 yil kuzida
Sirdaryo viloyatida 51 ta, Samarqand viloyatida 50 ta, Ettisuvda 25 ta shunday qo’mitalar
tashkil etildi. Biroq dehqonlar sovet ma’murlarining er qo’mitalarini tuzish harakatini
1
Dashnoq - 1890 yilda Tiflisda tashkil etilgan «Dashnaktsutyun» («Ittifoq») arman milliy partiyasi a’zosi.
Dashnoqlarning bir qismi 1915 yilgi turk-arman qrig’inida qo’chib Turkistonga kelgan edilar.
204
keskin norozilik bilan qarshi oldilar. Shunga qaramasdan bolsheviklar bu yo’lni qat’iy
amalga oshirishda davom etdilar. Buning natijasida o’lkadagi ko’plab miqdordagi yirik
mulklar, xususiy erlar musodara etildi va milliylashtirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |