• hamdo’stlik qatnashchilarining o’zaro aloqalari ular o’rtasidagi tenglik asosida
• xalqaro strategik barqarorlikni va havfsizlikni ta’minlash maqsadida harbiy-
strategik kuchlarning birlashgan qo’mondonligi va yadro quroli ustidan yagona
• MDҐ ochiqdir, uning barcha a’zolari roziligi bilan sobiq SSSR ning a’zolari va
• Ґamdo’stlik qatnashchilari o’z Konstitutsiyalaridagi tartib, qoidalarga binoan sobiq
SSSR ning shartnomalari va bitimlaridan kelib chiqadigan halqaro majburiyatlarini
• MDҐ qatnashchilari mazkur Deklaratsiya qoidalariga og’ishmay rioya etish
MDҐ kengashlarini tayyorlash bo’yicha ishchi guruhini tuzish to’g’risida protokol
jarayoni yakunlandi.
1991-1999 yillarda MDҐ davlat boshliqlarining 25 ga yaqin kengashi bo’lib, ularda
1300 ga yaqin masalalar muhokama etilib, tegishli hujjatlar imzolandi.
Hamdo’stlik mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy aloqalari katta mashaqqatlar va
sekinlik bilan mustahkamlanib bordi. Qabul qilingan hujjatlarning aksariyati qog’ozda
qolib ketdi. Bunga sabab tomonlarning muammolarni echishni istamayotganida emas,
aksincha, o’zaro hamkorlik teng huquqli asosda, har bir mamlakatning milliy
manfaatlarini hisobga olgan holda yuritilishiga intilayotganligi bilan bog’liq edi. O’tgan
yillar davomida erishilgan ahdlashuvlarni amalga oshirishning samarali mexanizmi
yaratilmadi, o’zaro hisob-kitoblar muvofiqlashtirilmadi.
2000 yil 24-25 yanvar kunlari Moskvada MDҐ mamlakatlari rahbarlarining sammiti
bo’lib o’tdi. Unda Rossiya davlat boshlig’i V.Putin Hamdo’stlik Davlatlari boshliqlari
kengashining raisi etib saylandi. Ukraina Bosh vaziri V.Yushenko MDҐ mamlakatlari
hukumat boshliqlari kengashining raisi etib saylandi. Kengashda MDҐ a’zolari bo’lgan
mamlakatlar o’rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish, MDҐni isloh qilish
borasidagi masalalar muhokama qilindi. Bu kengash MDҐning kelajagiga katta ishonch
uyg’otdi. Bu ishonch Rossiya Prezidenti V.Putinning MDҐ doirasidagi sheriklar bilan
yaqinlashishga qaratilgan harakatlarida o’z ifodasini topmoqda.
2000 yil 21 iyunda Moskvada bo’lib o’tgan MDH davlat boshliqlarining
sammitida MDH doirasida erkin savdo zonasi barpo etish borasidagi ishlarni, integratsiya
jarayonlarini faollashtirishga qaratilgan 2005 yilgacha bo’lgan muddatda Hamdo’stlikni
rivojlantirish dasturi muhokama qilindi va tegishli hujjat imzolandi. 2003 yilgacha
jinoyatchilik, terrorchilik va ekstremizmning turli ko’rinishlariga qarshi birgalikda
choralar ko’rish to’g’risida, MDHning terrorchilikka qarshi kurash markazini tuzish
haqida qarorlar qabul qildilar.
Terrorchilikka qarshi kurash markazi rahbari etib Rossiya Federal xavfsizlik
xizmati, Konstitutsiyaviy tuzimni himoya qilish va terrorchilikka qarshi kurash
departamenti boshlig’ining birinchi o’rinbosari Boris Milnikov tayinlandi.
2001 yil 29-30 noyabr kunlari Moskvada MDH tashkil etilgan kunning 10 yilligiga
bag’ishlangan yubiley sammiti bo’lib o’tdi. Sammit qatnashchilari Afg’onistondagi
voqealar to’g’risida bayonot qabul qildilar. Bayonotda aksilterror operatsiyasi ijobiy
baholandi.
Yubiley sammitida yana bir hujjat – MDH tuzilganining 10 yilligi
munosabati bilan Bayonot imzolandi. Bayonotda 10 yil davomida rejalashtirilgan
hamma tadbirlar ham amalga oshmagani ta’kidlandi. Hamdo’stlik barcha a’zo
mamlakatlar xalqlari farovonligini oshirish yo’lida salohiyatga ega ekanligi,
undan foydalanish zarurati e’tirof etildi.
MDHning 10 yillik tarixi guvohlik beradiki, Hamdo’stlikning tashkil etilishi
foydali bo’ldi. Hamdo’stlik 10 yil oldin qanday kerakli tashkilot bo’lgan bo’lsa,
bugungi kunda ham shunday keraklidir. Sobiq Ittifoq parchalangach, yuzaga
kelgan mustaqil davlatlarning bir-biriga bog’langan iqtisodiyotini to’ldirib turish
zarur edi. Hamdo’stlik mana shunday to’ldiruvchilik rolni o’ynadi, parchalanish
jarayonida nizo-janjal chiqishiga yo’l qo’ymadi.
363
Hamdo’stlik hozirgi kunda ham ahamiyatini yo’qotgani yo’q. MDH yon-atrofdagi
voqealarga munosabat bildirishda yakdillik ko’rsatish, xususan, terror, narkobiznes,
uyushgan jinoyatchilik, ekstremizm kabi balolarga qarshi turishda hamjihatlikni
mustahkamlash, bahamjihat harakat qilishda muhim o’ringa ega. Hamdo’stlikning yana
bir ahamiyatli tomoni shundaki, globalizatsiya jarayonlari jadallashib borayotgan hozirgi
sharoitda dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy va siyosiy o’zgarishlarga tayyor turish, turli
inqirozlarni engishda barcha a’zo davlatlar uchun kerakli va foydali tashkilotdir.
Do'stlaringiz bilan baham: