£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


 O‘zbekiston sanoati va qishloq xo‘jaligi front xizmatida



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet264/431
Sana08.07.2021
Hajmi2,71 Mb.
#113204
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   431
Bog'liq
ozbekiston tarixi darslik

2. O‘zbekiston sanoati va qishloq xo‘jaligi front xizmatida

 

Sanoat   Respublika sanoati urush manfaatlariga moslashtirilgan holda jadal

 

rivojlantirildi, yangi tarmoqlar yaratildi. 1941 yil oxirlarida O’zbekistonning 300 



sanoat korxonasi faqat harbiy mahsulot bera boshladi.

 

Respublika  sanoat  korxonalari  quvvatlarining  kengayishi,  yangidan 



qurilgan  zavodlarning  ishga  tushirilishi  elektr  energiyasi  va  yoqilg’i  ishlab 

chiqarishni keskin oshirishni talab qildi. O’zbekiston partiya va hukumati Ittifoq 

hukumatiga  xat  yo’llab  bu  muammoni  hal  etishda  ko’mak  so’radi.  Tez  orada 

1942  yil  10  noyabrda  VKP  (b)  MQ  va  SSSR  Xalq  Komissarlari  Soveti 

«O’zbekiston  SSRda  beshta  gidroelektr-stantsiya  qurilishi  to’g’risida»  qaror 

qabul  qildi.  O’zbekistonda  metallurgiya  zavodi  qurish,  ko’mir  va  neft  qazib 

olishni ko’payttirish tadbirlari ham belgilandi.

 

1943  yilda  O’zbekistonda  eng  yirik  gidroelektrstantsiya  -  Farxod  GESi  qurilishi 



boshlandi,  qurilish  zarur  materiallar  va  ishchi  kuchi  bilan  ta’minlandi.  Farxod  qurilishi 

umumxalq  qurilishiga  aylandi,  binokorlik  ishlari  xashar  yo’li  bilan  bajarildi.  10  oylik 

fidokorona mehnat natijasida Sirdaryo jilovlandi.

 

Urush  yillarida  Bo’zsuv  daryosi  o’zanlarida  Tovoqsoy,  Oqqovoq,  Salar, 



Quyibo’zsuv,  Oqtepa,  Qibray  GESlari,  shaharlar  va  yirik  korxonalar  yonida  kichik 

GESlar  ishga  tushirildi.  O’zbekistonda  elektr  energiyasi  ishlab  chiqarish  qariyb  2,5 

baravarga, ya’ni 1940 yilgi 462 mln kilovatt soatdan 1945 yilda 1187 mln kilovatt soatga 

ko’paydi. Urush davrida «Angrenugol» ko’mir konida yana uchta shaxta va ochiq usulda

 

275


 


ko’mir qazib olinadigan kar’er bunyod etildi. O’zbekiston va Qirg’iziston chegarasida 

Qizilqiya ko’mir koni foydalanishga topshirildi.

 

1940 yilda O’zbekistonda atigi 3,4 mln tonna ko’mir qazib olingan bo’lsa, 1945 



yili 103 mln tonna, ya’ni 30 marta ko’proq ko’mir qazib olindi.

 

Neft  maxsulotlari  ishlab  chiqarishni  keskin  ko’paytirish  tadbirlari  ko’rildi.  Neft-



geologiya qidiruv tresti, neft tarmog’i qurilish montaj tresti, neft qazib oluvchi 2 ta trest, 

neft  qazib  chiqarish  asbob-uskunalarini  ta’mirlash  zavodi,  neft  mashinasozligi  zavodi 

barpo etildi. Farg’ona vodiysida ishlab turgan «Andijon», «Polvontosh», «Changartosh», 

«Chimyon» neft konlarida  mahsulot ishlab chiqarish kuchaytirildi. Yangi neft konlari, 

neftni haydash zavodi ishga tushirildi. Urush yillarida Respublikada neft ishlab chiqarish 

4 marta ko’paydi va 1945 yilda 478 ming tonnadan ortdi.

 

G’arbdan ko’chirib keltirilgan zavodlar bazasida 16 ta stanoksozlik, to’qimachilik va 



mashinasozlik  korxonalari  tashkil  etildi.  Urushdan  oldin  qurilgan  respublikamizdagi 

ko’pgina zavodlar ham turli harbiy asbob-uskunalar, mashinalar, jangovar texnika ishlab 

chiqarishga moslab qayta qurildi.

 

O’zSSR  XKS  1942  yil  17  iyunda  Bekobodda  metallurgiya  zavodi  qurish 



to’g’risida  qaror  qabul  qildi.  Metallurgiya  zavodini  qurish  butun  respublika 

mehnatkashlarining  zarbdor  ishiga  aylandi.  Sanoat  korxonalari  zarur  mutaxasislar  bilan, 

kolxoz  va  sovxozlar  ishchi  kuchi  bilan  ta’minlashdi.  Zavod  qurilishida  30  mingdan 

ko’proq kishilar ishtiroq etdilar. O’zbekistonning birinchi metallurgiya zavodi 1944 yil 5 

mart  kuni  dastlabki  metall  mahsulotlarini  bera  boshladi  va  tez  kunlarda  zavodning 

birinchi navbati, 1945 yil fevraldan ikkinchi navbati ishga tushirildi.

 

Geologik-qidiruv  ishlari  natijasida  ko’plab  qora  va  rangli  metall  konlari  ochildi. 



Urush yillaridayoq Langar, Ingichka, Qo’ytosh, Qoratepa, Olmaliq rangli metall konlari, 

Oqtosh boksit koni o’zlashtirildi. Ulardan qazib olingan volfram, molibden, mis, alyumin 

va boshqa mahsulotlarni qayta ishlash bilan bog’lik korxonalar qurildi.

 

Urush  yillarida  kimyo,  qurilish  materiallari  sanoati,  to’qimachilik  va  poyabzal 



sanoati,  oziq-ovqat  sanoati,  mahalliy  sanoat  tarmoqlarini  rivojlantirish  tadbirlari  amalga 

oshirildi. Faqat 1943 yilda 12 ta yog’ zavodi, 3 ta paxta tozalash zavodi, 4 ta qand va 4 ta 

konserva zavodlari qurilib ishga tushirildi.

 

Urush  yillarida  O’zbekistonda  hammasi  bo’lib  280  ta  yangi  sanoat  korxonalari 



qurilib  ishga  tushirildi.  Sanoatning  yangi  tarmoqlari  -  aviatsiya,  stanoksozlik,  og’ir 

mashinasozlik, qora va rangli metallurgiya va boshqa tarmoqlari vujudga keldi.

 

Sanoatchilarimizning  fidokorona  mehnati  tufayli  O’zbekiston  Sovet  Armiyasining 

qurol  aslahaxonasiga  aylandi.  O’zbekiston  frontga  2090  samolyot,  17342  aviamotor, 

2318  ming  aviabomba,  1,7  mingdan  ortiq  minomet,  22  mln  mina,  560  ming  snaryad, 

milliontacha  granata,  330  ming  parashyut,  harbiy  ehtiyojlar  uchun  100  ming  km  dan 

ortiq maxsus sim, 125 ming km telefon kabellari va boshqa mahsulotlar etkazib berdi. Bu 

o’zbekistonliklarning  fashist  bosqinchilarini  tor-tor  etishga  qo’shgan  ulkan  hissasi 

sifatida jahon tarixidan munosib o’rin oldi.

 


Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish