£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/431
Sana08.07.2021
Hajmi2,71 Mb.
#113204
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   431
Bog'liq
ozbekiston tarixi darslik

yurish  boshladi.  Chor Rossiyasi  qo’shinlari  tomonidan  Qo’qon  xonligi  hududlari  bosib 

olinayotgan paytda Buxoro amiri tomoshabin bo’lib turgan bo’lsa, endi Buxoro amirligi 

hududlariga  hujum  boshlangan  paytda  Qo’qon  xoni  Xudoyorxon  sukut  saqlab  turdi. 

Modomiki u amir Muzaffar homiyligida Qo’qon taxtini uchinchi marta egallagan edi. 

1866  yil  may  oyida  Erjarda  bo’lgan  jangda  amir  Muzaffar  qo’shinlari  engildi,  amir 

Jizzaxga  qochdi. Romanovskiy  yurishni Xo’jand  tomonga  yo’naltirdi, 1866  yil 19-22 

may  kunlari  bo’lgan  qattiq  janglar  natijasida  Xo’jandni  egalladi.  1866  yil  avgustda 

Orenburgdan  general-gubernator  Krijanovskiy  Toshkentga  keldi  va  Romanovskiy  bilan 

birgalikda Buxoro amirini tobe qilish harakatini boshlashdi. Katta qo’shin tortib 1866 yil 

oktyabrda O’ratepa viloyati, Zomin qal’asini bosib oldi. Jizzax uchun qattiq jang bo’ldi. 

Jizzax shahri balandligi 4 metr va eni 3 metrlik ikki qavat devor bilan o’rab olingan bo’lib, 

qal’aga  o’xshardi.  Shaharda  10  ming  himoyachi  askar,  53  to’p  bor  edi.  Himoyachilar 

shaharga kirib-chiqadigan darvozalarni tuproq bilan ko’mib tashlab, yo hayot, yo o’lim 

deb  jang  qildilar.  11-18  oktyabr  kunlari  bo’lgan  jang  natijasida  bosqinchilar  Jizzaxni 

egalladi. Himoyachilardan 6000 kishi halok bo’ldi, 2000 kishi asirga olindi. Istilochilar 

atigi  100  ga  yaqin  kishi  yo’qotdi.  Bosqinchilar  huvullab  qolgan  shaharni  talon-taroj 

qildilar.  Xo’jand,  O’ratepa,  Jizzaxda  qonli  janglar  bo’layotgan  bir  paytda  Qo’qon  xoni, 

Buxoro amiri qaerda edi, ular nima karomat ko’rsatdi? degan tabiiy savol tug’iladi. Ular 

o’z joyida, hali ham o’zlarini davlat boshlig’i, hukmdor deb hisoblar edilar, ammo biron-

bir  tadbir  ko’rishga  ojiz,  vaziyatni  to’g’ri  tahlil  etishga  aql-farosatlari  ham  etmas  edi, 

shekilli.  Ular  bosqinchilarni  emas,  biri-ikkinchisini  mag’lub  qilish,  ko’zini  o’yishga 

harakat qilardi. Bo’linganni bo’ri er, deb shuni aytsalar kerak-da.

 

Rossiya  imperatori  Aleksandr  II  ning  1867  yil  11  iyuldagi  farmoniga  binoan 



Turkiston  general-gubernatorligi  va  uning  tarkibida  Turkiston  harbiy  okrugi  tuzildi. 

General-gubernator  va  okrug  qo’mondoni  etib  general-ad’yutant  K.P.  fon  Kaufman 

tayinlandi.  Unga  biror  davlatga  urush  e’lon  qilish,  sulh  tuzish,  harbiy-ma’muriy, 

moliyaviy-iqtisodiy, fuqarolik ishlarini mustaqil hal qilish huquqlari berilgan, shu boisdan

 

176


 


u «yarim podsho» deb  atalardi. Bu tadbir chor Rossiyasining O’rta Osiyoni bosib olish 

yo’lidagi harakatida yangi bosqich bo’ldi.

 

Fon  Kaufman  Samarqandga  tomon  yurish  boshladi.  1868  yil  1  may  kuni  shahar 



yaqinidagi  Cho’ponota  tepaligida  Buxoro  amiri  qo’shinlari  bilan  jang  qilib,  ularni 

osongina  mag’lubiyatga  uchratdi,  bir  paytlar  dovrug’i  olamni  tutgan  Samarqand  2  may 

kuniyoq  deyarlik  jangsiz  dushmanga  taslim  bo’ldi.  Bu  voqeadan  dunyo  hukmdorlari, 

jumladan,  Rossiya  podshohi  ham  hayratlangan.  Buxoro  amiri  Muzaffar  Samarqandning 

bosib olingani to’g’risidagi xabarni etkazgan odamni osib o’ldirishga farmon berib, o’zi 

alamidan yig’lagan.

 

Buxoro  amiri  o’z  qo’shinlarini  to’plab  dushmanni  daf  etish  uchun  Samarqand 



tomon  yurdi.  Fon  Kaufman  bu  xabarni  eshitib  Buxoro  tomon  yurdi.  Ikki  tomon 

qo’shinlari Zirabuloqda 1868 yil 2 iyunda to’qnashdi, qattiq jang bo’ldi, amir qo’shinlari 

tor-mor  etildi.  Bu  orada  istilochilarga  qarshi  Samarqandda  qo‘zg‘olon  ko‘tarildi. 

Shaxrisabz, Kitob beklari Jo’rabek va Bobobek hamda amirning o’g’li Abdumalik To’ra 

27 may kuni Samarqandga qo’shin bilan etib kelib, qo’zg’olonchilar bilan birgalikda fon 

Kaufman  tomonidan  Samarqandda  qoldirilgan  polkovnik  Nazarov  va  mayor  Shtempel 

boshliq harbiy qismlar bilan qattiq jang qildilar. Jang 8 kun davom  etdi. 500  kishidan 

iborat  dushman  kuchlaridan  275  tasi  o’ldirildi  va  yarador  qilindi.  Samarqanddagi 

voqealardan xabar topgan fon Kaufman zudlik bilan Samarqandga qaytib keladi va 8 iyun 

kuni  shaharni  to’plardan  yoppasiga  o’qqa  tutishga,  aholini  beomon  otish,  shaharni 

yondirishga  buyruq  beradi.  Aholi  qirg’in  qilindi,  masjidlar  va  tarixiy  yodgorliklar 

yondirildi, qadimiy noyob moddiy va ma’naviy obidalar Peterburgga olib ketildi.

 

1968  yil  23  iyunda  Kaufman  bilan  amir  Muzaffar  o‘rtasida  sulh  bitimi 




Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish