£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


Mirzo  Ulug‘bekning  asl  ismi  Muhammad  Tarag‘ay



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/431
Sana08.07.2021
Hajmi2,71 Mb.
#113204
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   431
Bog'liq
ozbekiston tarixi darslik

Mirzo  Ulug‘bekning  asl  ismi  Muhammad  Tarag‘ay  bo’lib,  u  1394  yilda 

Sultoniyada  tavallud  topgan.  Bobosi  Amir  Temur  unga  katta  mehr  bilan  qarab 

yoshligidan  o’z  tarbiyasiga  olgan.  Ulkan  tug’ma  iste’dod,  aql-zakovat  sohibi  bo’lgan 

Ulug’bek  (Sohibqiron  xonadonida  uni  shunday  nom  bilan  erkalashgan)  davlat 

boshqaruvini puxta egallashdan tashqari diniy va dunyoviy bilimlarni ham etuk darajada 

o’zlashtirgan.  U  Movarounnahr  taxtini  egallaganida  endi  15  yoshga  to’lgan  edi.  Mirzo 

Ulug’bek  hukmronligi  (1409-1449)  temuriylar  saltanatining  an’anaviy  rivoji  va  muhim 

ijtimoiy  o’zgarishlar  yo’lidan  ilgarilab  berishida  alohida  davrni  tashkil  etadi.  Negaki, 

bunda  donishmand  hukmdorning  katta  sa’y-harakatlari,  to’g’ri  yo’naltirilgan  siyosati 

tufayli mamlakat daxlsizligi, tinchligi va osoyishtaligi nisbatan ta’minlandi. Bu esa uning 

iqtisodiy,  madaniy  va  ma’naviy  ravnaqiga  sezilarli  ijobiy  ta’sir  ko’rsatdi.  O’sha  davr 

tarixchilarining  yakdil  fikricha,  Ulug’bek  bobosi  davridagi  boshqaruv  tizimini,  barcha 

tartib-qoidalarni  to’la  saqlashga  harakat  qilgan.  Soliq  va  moliya  siyosatida  ham  bunga 

amal  qilgan.  To’g’ri,  Ulug’bek  Amir  Temur  singari  jangu  jadallarga  qiziqmadi.  Bu 

sohaga  uning  ortiqcha  rag’bati  ham  bo’lmagan.  Faqat  zaruriyat  taqoza  qilgandagina  u 

harbiy  yurishlarga  otlangan.  Masalan,  1414  yilda  Farg’ona  hukmdori  shahzoda  Ahmad 

itoatdan bosh tortishga uringan paytda u katta qo’shin tortgan va bu yurishi bilan nafaqat 

Ahmadni itoatga keltirib qolmay, ayni chog’da sharqiy Turkiston erlarini ham o’z davlati 

tarkibiga  qo’shib  olishga  muvaffaq  bo’lgan.  1425  yilga  kelib  Ulug’bek  Mirzo  Issiqko’l 

tarafga yurish qilib, u erdagi isyon ko’targan mahalliy muxolifatchi kuchlarni bartaraf 

etib,  mamlakatning  sharqiy  chegaralarini  ancha  mustahkamlashga  erishadi.  Biroq 

hukmdorning 1427 yilda Sirdaryoning quyi oqimidagi Sig’noq va uning atrofida hududiy 

da’volar bilan bosh ko’targan Dashti Qipchoq aslzodalaridan sanalgan Baroqxonga qarshi 

yurishi  uning  uchun  kutilmaganda  muvaffaqiyatsiz  yakun  topdi.  Bu  mag’lubiyat 

Ulug’bekni hokimiyatdan mahrum bo’lishiga ham olib kelayozgandi. Otasi Shohruxning 

katta qo’shin bilan etib kelishigina uni yana o’z hukmronligini qayta tiklashiga imkon 

berdi. Shundan so’ng Ulug’bek Mirzo urush harakatlaridan ko’ra ko’proq o’z faoliyatini 

mamlakat  ishlari,  uning  ichki  siyosati  masalalari  bilan  shug’ullanishga  qaratadi.  Shu 

boisdan  ham  endilikda  uning  faoliyatida  mamlakat  obodonchiligi,  yurt  tinchligi, 

farovonligi,  ilm-fan  ravnaqiga  oid  masalalar  asosiy  o’rin  egallaydi.  Mamlakatda  savdo-

sotiq,  hunarmandchilik  va  ziroatchilik  avvalgidek  rivojlanishda  davom  etadi.  Ko’plab 

sun’iy  sug’orish  inshootlari  barpo  etiladi.  Mamlakat  Buyuk  ipak  yo’li  orqali  halqaro 

karvon  savdosida faol ishtirok  etadi.  Samarqand,  Buxoro, Shaxrisabz, Shosh va boshqa 

shaharlarda  ko’plab  hashamatli  madrasalar,  masjidu  maqbaralar,  karvonsaroylar  qad 

rostlaydi.  Uning  bevosita  rahnamoligida  qurilgan  tenggi  yo’q  me’moriy  inshoot  -

rasadxona o’sha davr ilm-fani va texnikasining eng so’nggi yutuqlarini o’zida mujassam 

etgan edi.

 

Ulug’bekning 1428 yilda o’tkazgan pul islohoti ham mamlakatda savdo-sotiq va 



pul  muomalasini,  moliya  siyosatini  yo’lga  qo’yishda  muhim  voqea  bo’lgan.  Ulug’bek 

muomalaga chiqargan yangi vazndagi tanga pullar o’z qadri, qimmati bilan iqtisodiy

 

140


 


hayotni jonlantirish, savdo-sotiqni rivojlantirishda alohida rol o’ynadi. Uning davrida ham 

yuqori  tabaqa  vakillariga,  harbiy  sarkardalar,  oliy  ruhoniylarga  avvalgidek  alohida 

imtiyozlar berish tartibi hukm surdi. Bundan tashqari davlatning katta ma’naviy tayanchi 

hisoblangan diniy muassasalar ixtiyorida ham ulkan miqyosdagi vaqf erlari to’plangan 

edi.

 

Temuriylar davrida aholi to’laydigan turli-tuman soliqlar orasida xiroj (er solig’i) 



alohida  ajralib  turardi.  Dehqonlar  etishtirgan  hosilning  kamida  uchdan  bir  qismi  xiroj 

solig’iga to’langan. Bundan tashqari ushr (daromadning o’ndan bir qismi), tamg’a (savdo-

sotiq, hunarmand ahlidan olinadigan soliq), zakot, tutun solig’i, bog’ solig’i, uloq (davlat 

xizmatidagilar  uchun),  dorug’ona  (harbiy  qo’riqchilar  uchun),  mirobona  (suv  etkazib 

beruvchilar  uchun),  yasoq (chorva  mollari uchun),  begor (davlat hisobiga  ishlab berish: 

saroy  qurilishi,  ariq,  kanallar  qazish  uchun)  va  boshqa  soliq  va  majburiyatlar  joriy 

etilgandi.

 

Ulug’bek o’z davlat siyosatida qanchalik oqil va izchil siyosat yuritishga, ilm-fan 



ahliga,  din  peshvolariga  homiylik  qilish,  savdo-tijorat  va  hunarmand  ahliga  rag’bat 

ko’rsatishga harakat qilmasin, unga qarshi muxolifatchi kuchlar ham anchagina bor edi. 

Ulug’bek katta er egalarining oddiy fuqarolarga nisbatan suiiste’molchiliklarini cheklash 

tadbirlarini  ko’rganda,  ular  «taxtdagi  olim»ga  qarshi  chiqdilar.  Ruhoniylar  orasidagi 

jaholatparast unsurlar Ulug’bekni islom diniga zarar keltiruvchi «betavfiq hukmdor» deb 

tashviqot  yuritdilar. Shu tariqa, jaholatparastlar ilmga, o’z manfaatini xalq manfaatidan 

ustun  qo’yyuchilar  taraqqiyotga  qarshi  chiqdilar.  Ulug’bek  mamlakatdagi  turli  ijtimoiy-

siyosiy  guruhlar  o’rtasidagi  ichki  ziddiyatlarni,  mutaassib,  reaktsion  kuchlar 

muxolifatchiligini oxirigacha bartaraf eta olmadi. Bu esa XV asrning 40-yillari oxirlariga 

kelib  Movarounnahr  davlatini  beqarorlik  va  chuqur  ijtimoiy  larzalarga  duchor  etdi. 

Mamlakat qo’shinining jangovor holatda bo’lmaganligi va turli joylarga sochilganligi esa 

Dashti Qipchoq ko’chmanchilarining bu erlarga tez-tez bostirib kelib, yurtni talashi uchun 

keng yo’l ochib bergandi. Xususan, 1447 yilda Shohruh Mirzo vafoti munosabati bilan 

Ulug’bekning ota taxtiga da’vogarlik qilib Xurosonga yurishi, jiyani Aloudovla va boshqa 

merosxo’rlar  bilan  hokimiyat  talashishi,  uning  yo’qligida  Abulxayrxon  boshliq  Dashti 

Qipchoqliklarning  Movorounnahr  erlarini  g’orat  qilishi  va  nihoyat,  qora  kuchlar  ig’vosi 

tufayli  o’z  o’g’li  Abdullatif  bilan  boshlangan  nizoning  katta  jangga  aylanib,  unda 

Ulug’bekning  mag’lub  bo’lishi  -  bular  nafaqat  uning  fojiali  o’limi  bilan  yakun  topib 

qolmay, ayni paytda Temuriylar sulolasi inqirozini  yanada chuqurlashtirishga olib keldi. 

Ulug’bek  akademiyasi  tarqalib  ketdi,  kutubxonadagi  kitoblar  yondirildi,  olimlar  boshi 

oqqan tomonga ketishga majbur bo’ldi.

 

Ulug’bek  o’limidan  so’ng  tez  orada  oqpadar  Abdullatifning  o’ldirilishi,  undan 



keyin Samarqand hokimiyati tepasiga kelgan Abusaid Mirzo (1451-1468)ning davlatni 

boshqarish  o’rniga  asosiy  vaqtini  Eron  va  Xuroson  hududlarida  harbiy  yurishlar  bilan 

o’tkazishi,  vafotidan  so’ng  Movarounnahrda  hukmronlik  qilgan  avlodlari  -  Sulton 


Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish