2-QISM. Oʻrta professional ta’lim darajasida
IV. 530 000 - Ishlab chiqarish va qayta ishlash tarmoqlari ta’lim sohasi oʻrta professional ta’lim darajasida bitiruvchilarga qoʻyiladigan talablar va oʻquv rejalar tuzilmasi
4.1. Oʻrta professional ta’lim dasturini oʻzlashtirgan bitiruvchilarning umumiy va kasbiy kompetentsiyalariga qoʻyiladigan talablar
Bitiruvchisi quyidagi umumiy kompetentsiyalarga ega boʻlishi kerak:
UK-1. Kasbiy faoliyat doirasida vujudga keladigan turli masalalar yechimini topish usullarini tanlay olish;
UK-2. Rahbar tomonidan belgilangan maqsadga erishish uchun jamoada ishlay olish;
UK-3. Oʻzining kasbiy malakasini va shaxsiy kamolotini takomillashtirib borish;
UK-4. Jamoada va ma’lum vazifani bajarishga yoʻnaltirilgan guruhda ishlash, hamkasblar, rahbarlar va mijozlar bilan samimiy, xushmuomala
va samarali muloqot qilish;
UK-5. Ta’lim olgan tilida fikrini ogʻzaki va yozma ravishda ravon bayon qilish;
UK-6. Umuminsoniy fazilatlarga ega boʻlish, oʻz millatini va Vatanini sevish, u bilan faxrlanish, milliy urf-odatlar, qadriyatlarni hurmat qilish;
UK-7. Professional vazifalarni samarali bajarish uchun zarur boʻladigan ma’lumotlarni qidirish;
UK-8. Kasbiy faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash;
UK-9. Kasbga doir hujjatlar bilan ishlash;
UK-10. Kasbiy va shaxsiy rivojlanish vazifalarini mustaqil ravishda aniqlash, oʻz-oʻzini tarbiyalash bilan shugʻullanish, kasbiy rivojlanishni ongli ravishda rejalashtirish
UK-11. Kasbiy faoliyatda xavfsizlik texnikasi va mehnat muhofazasi qoidalariga amal qilish koʻnikmalariga ega boʻlish.
Bitiruvchilarning kasbiy kompetentsiyalariga qoʻyiladigan talablar tegishli kasb va mutaxassisliklarning malaka talablarida belgilanadi.
4.2. Oʻquv reja tuzilmasi va ularga qoʻyiladigan talablar
530 000 - Ishlab chiqarish va qayta ishlash tarmoqlari ta’lim sohasidagi kasblar va mutaxassisliklar oʻquv rejalari va fan (modul) dasturlari umumiy oʻrta, boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional ta’limning uzluksizlik va uzviylik ta’minlanishini inobatga olgan holda ishlab chiqilishi va oʻquvchilarning quyidagi majburiy fanlar bloklarini oʻzlashtirilishini nazarda tutish zarur:
Umumkasbiy fanlar;
Maxsus fanlar;
Oʻquv amaliyotlari;
Ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyoti:
Oʻrta professional ta’limning mutaxassisliklar oʻquv rejalari va fan (modul) dasturlarini oʻzlashtirishda oʻquvchilarning oʻquv faoliyatiga oid masalalar va muammolar boʻyicha mustaqil bilim olishi nazarda tutilishi lozim.
Oʻrta professional ta’limning kasblar va mutaxassisliklar oʻquv rejalari muvofiq ravishda yakuniy davlat attestatsiyasi bilan tugallanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |