7.6-rasm. Flanssiz bir tomonli payvandlanuvchi salnikli kompensator:
1-ezuvchi flanes; 2-grundbuksa; 3-salnik to’ldirgichi; 4-kontrbuksa; 5-stakan; 6-korpus; 7-o’tish diametri
Kompensator korpus, stakan va germetiklikni ta’minlovchi zichlovchi jihozlardan tashkil topadi. Quvur uzayganda stakan korpus ichiga harakatlanadi. Korpus va stakan sirpanuvchi birikma zichligi (germetichnost), salnik to’ldirgichi (qistirma) bilan amalga oshiriladi. Salnik qistirmasi sifatida asbestli grafitlangan chilvir (shnur) yoki issiqlikka chidamli rezina qo’llaniladi. Ishlash jarayonida qistirma siyqalanadi va elastikligini yo’qоtadi, shuning uchun davriy ravishda uni tоrtish va almashtirish zarur. Bu ishlarni bajarish uchun sharоit yaratish maqsadida kоmpenstоrlar kameralarda jоylashtiriladi. Buksa chetining egri qismi to’ldirgichni stakan devoriga yanada zichroq siqilishi imkonini beradi. Vaqt o’tishi bilan to’ldirgich ishqalanish natijasida qovushqoqligini yo’qotadi. Konstruksiyani zichligini ta’minlash uchun salnik tortiladi. Ko’p martalab tortish salnikdagi ishqalanish kuchini ortishiga sabab bo’lib, salnikni kompesatsiyalash qobiliyatini qisman yoki to’la yo’qotiladi. Bunday holat bo’lmasligi uchun vaqti-vaqti bilan to’ldirgich almashtirib turiladi.
Korpus va stakan o’qi bir to’g’ri chiziqda yotmasligi natijasida kompesator tiqilib qoladi yoki yurmaydi, shuning uchun montaj ishlari bajarilganda harakatlanuvchi stakan kelayotgan quvur yuqori aniqlikka ega bir o’qda yotishiga alohida e’tibor berish lozim. Buning uchun stakan oldidagi ikki oraliqdagi qo’zg’aluvchan tayanchlar orasidagi ruxsat etilgan masofani ikki barobar qisqartirish tavsiya etiladi.
Salniklar doimo nazorat ostida bo’lishi lozim, ularga xizmat ko’rsatish uchun katta o’lchamga ega kamera qurish kerak bo’ladi. Katta mablag’ talab etadigan kameralar sonini kamaytirish maqsadida ikki tomonlama ishlaydigan salnikli kompensatorlar qo’llaniladi. Salnikli kompensatorlar shartli bosimi 2,5 MPa gacha, harorati 3000S dan past bo’lgan suvli va bug’li tizimlarda qo’llaniladi. Kichik diametrga ega quvurlarda (100-150 mm gacha) egiluvchanlik katta bo’lganligi sababli kompesator yomon ishlaydi va aksariyat hollarda suv sizib chiqadi.
Tayanchlar oralig’idagi harorat natijasida quvurlarni uzayishi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
, (VII.14)
bu yerda -tayanchlar orasidagi masofa, m; -issiqlik tashuvchi harorati,0S; -tashqi havo harorati, 0S.
Po’lat quvurlarning chiziqli uzayish koeffitsienti haroratga ko’ra qabul qilinadi, o’rtacha 0.012 mm/m 0S ga teng.
Issiqlik tarmog’i betalofat ishlashi uchun kompesatsiyalovchi qurilma quvurni maksimal uzayishiga hisoblanishi lozim. Bundan kelib chiqqan holda quvurni uzayishini hisoblaganda issiqlik tashuvchini maksimal harorati qabul qilinib, tashqi havo haroratini minimal qiymati: 1) tarmoq yer ustida ochiq havoda o’tkazilgan hol uchun- isitish tizimini loyixalashtirish uchun tashqi havoning hisobiy harorati; 2) tarmoq kanalda o’tkazilganda – kanaldagi havoning hisobiy harorati; 3) kanalsiz o’tkazilganda – isitish tizimini loyixalashtirish uchun hisobiy haroratdagi gruntni haroratiga teng etib olinadi.