5.6.-rasm. Issiqlik bilan ta’minlash ochiq tizimidagi MIP sxemasi.
1 – aralashtiruvchi nasos; 2 – ikki yo’nalishli klapan; 3 – sarf o’lchash diafragmasi
Mavze uchun sarf bo’layotgan issiqlik sarf o’lchash diafragmasi orqali hisobga olinadi. Mavzedan qaytayotgan suv quvurlarida suv haroratini nazorat qilish uchun termometrlar o’rnatiladi.
Hisobiy gidravlik rejim bosim sozlagich va klapan (2)ni sozlash orqali ta’minlab beriladi. MIP dan chiqayotgan suv, bitta quvurdan issiq suv bilan ta’minlash tizimiga, ikkinchisidan esa isitish tizimiga beriladi. Yirik issiqlik tarmoqlarida bir nechta markazlashgan issiqlik punktlari bo’ladi. Ularning soni ko’payyshi bilan issiqlikni uzatishdagi tartibni sozlash qiyinlashadi, bu esa foydalanish davridagi sarflarning ko’payishiga olib keladi. Markazlashgan issiqlik punktlari alohida turgan binolarda yoki issiqlik bilan ta’minlanadigan binolarning oldiga joylashgan qurilmalarda bo’ladi. Xonaning o’lchamlari uskunalaprning soni va ularning o’lchamlari bilan aniqlanadi. Markazlashgan issiqlik punktlarinnng sxemalarini tanlashda texnik-iktisodiy hisoblardan foydalanish kerak.
V.3. Issiqlik punktlaridagi uskunalar Issiqlik punktlaridagi uskunalarning soni va turlari, isitish va issiq suv bilan ta’minlash tizimlarining ulanish sxemalariga, issiqlik tashuvchining parametrlariga, issiqlik iste’mol qilish tartibiga va boshqa omillarga bog’liq bo’ladi.
Bog’liq bo’lgan sxema bo’yicha isitish tizimlariga berilayotgan suv harorati, suv berilayotgan quvurdagi hisobiy qiymatdan kichik bo’lgan holatda tizimni ulash uchun elevatorlar o’rnatiladi. Ular ishlatishda oddiy va ishonchli bo’lib, magistral tarmoqlaridagi issiqlik va gidravlik tartiblarining o’zgarishida aralashish koeffisientining doimiy bo’lishini ta’minlab turadi.
V.4. Elevatorlar Elevatorlar standart o’lchamlarda ishlab chiqariladi. Suv elevatorlari 1 dan 6 nomer gacha bo’ladi. Hozirgi paytda VTI tipidagi elevatorlardan keng foydalanilmoqda. (5.7.-rasm). Ular 1dan 7 chi standart o’lchamda ishlab chiqarilmoqda. Elevatorlarning aralashish kameralarining diametrlariga dg 15 dan 59 mm.gacha nomerlanadi.
5.7.-rasm. Po’latdan tayyorlangan VTI elevatori:
1 - soplo; 2- old kamera; 3 – aralashtirish kamerasi; 4 - diffuzor
Suv elevatorining ishlash prinsipi uzatish magistralidagi suv energiyasdan foydalanishdan iborat bo’ladi. R1 bosimga ega ishchi suv soplodan chiqayotgan paytda yuqori tezlikka ega bo’lib, uning statik bosimi qaytish quvuridagi R2 bosimga karaganda kichik bo’ladi va natijada kaytib ketayotgan suv, ishchi suv oqimi bilan so’rib olinadi. Aralashish kamerasida suvning tezligi tenglashadi va bosim doimiy bo’ladi. Diffuzorda aralashgan oqimning tezligi kesimning kattalashishi bilan kamayadi, statik bosim esa R3 > R2 bo’lgan qiymatga ortadi.
Aralashish koeffisienti elevatorning asosiy xarakteristikasi bo’lib hisoblanadi. Tizimga ulanishda shu tizimni tuzatish va sozlash ishlarini hisobga olgan holda, elevatorlarni tanlashda aralashish koeffisienti, hisobiy qiymatga nisbatan 15 % ko’prok qabul qilinadi.
5.8.-rasm. Elevatorning bosim grafigi
Elevatorning kirish joyidagi (gorlovina) diametri
Gkel- isitish tizimidagi keltirilgan suvninig sarfi kg/s
bu yerda
h- mahalliy isitish tizimidagi hisobiy bosim yo’qolishi (m)
G3- aralashgan suvninig hisobiy suv sarfi, kg/ soat
Elevatorning soplosining chiqish teshigining diametri quyidagi formula orqali topiladi:
Tirqishlarninig ifloslanishini oldini olishda ularni diametri 4 mm dan kam etib olinmaydi. Maksimal qiymatda, uning devorining qalinligi 1 mm dan kam bo’lmasligi kerak. Elevatorlarni nomogrammadan foydalanib tanlash mumkin.