5.3.-rasm. Isitish tizimi bog’liq bo’lgan va issiq suv bilan ta’minlash uchun suvni ikki bosqichda qizdirib beruvchi qurilmaga ega mahalliy issiqlik punkti sxemasi.
1 – issiqlik punktini tarmoqdan ajratuvchi zulfinlar; 2 – iflos tutgich; 3 – harorat sozlagich; 4 –II bosqich suv qizdirgichi; 5 – sarf sozlagich; 6 – issiqlik punktini, isitish tizimidan ajratuvchi zulfin; 7 - I bosqich suv qizdirgichi; 8 - sirkulyatsion nasos; 9 – yordamchi bosim sozlagichi; 10 — hisoblagich
Berkituvchi armaturalarni a va b yo’nalishi bo’yicha ulash bilan suv qidirgichlarni ketma-ket yoki aralashgan sxemalari buyicha ishlatishini ta’minlaydi.
Issiqlik issiqlik bilan ta’minlash ochiq tizimi uchun MIP tipik sxemasi quyida keltirilgan.
5.4.-rasm. Issiqlik issiqlik bilan ta’minlash ochiq tizimi uchun mahalliy isitish punktini sxemasi. 1 – issiq suv ta’minlash tizim suv aralashtirgichi; 2 –tarqatuvchi quvur; 3 – sirkulyatsion quvur
Aralashtirgich I ga tarmoq suv uzatish va qaytish quvuridan uzatiladi. MIP isitilayotgan binolarning yerto’lasiga joylashtiriladi.
Agar MIP da sirkulyatsion va boshka nasoslarni qo’yilishi kerak bo’lsa, ularni alohida xonada o’rnatilishini hisobga olgan holda loyihalashtirish lozim.
V.2. Markazlashtirilgan issiqlik punktlari Markazlashtirilgan issnqlik punktlarining qurilishi bilan issiq suv issiqlik bilan ta’minlash uskunalarining bir joyda bo’lishiga, issiqlik tarmoqlarining markazlashgan issiqlik punktlaridan keyingi bosnmni pasaytirnb berishga, ishchi sonini kamaytirilishiga, avtomatik sozlashlarning soni kamayishiga, korroziyaga qarshi uskunalarni qo’llashga va xizmat ko’rsatish sifatini oshirishga imkoniyat yaratib berdi. Markazlashgan issiqlik punkglari bir necha binolar daha yoki mavze uchun xizmat qiladi. Shahar mavzelarini issiqlik bilan ta’minlash tizimining yopiq tizimi uchun markazlashtirilgan issiqlik punktlarining andazaviy sxemalari ishlab chiqilgan.
5.5.-rasm. Shahar mavzelarini issiqlik bilan ta’minlash tizimining yopiq tizimi uchun markazlashtirilgan issiqlik punkti sxemasi.
1 - isitgichning 1-chi bosqichi; 2 - isitgichning 2-chi bosqichi; 3- dolomit filtrlar; 4-iflos tutgich, 5- aralashtirish nasosi; 6- harorat sozlagichi. 7- uch tomonlama klapan; 8- suv sarfi diafragmasi; 9- o’lchagich; 10- issiq suv bilan ta’minlash tizimi uchun sirkulyatsion nasos.
Issiq suv issiqlik bilan ta’minlash tizimlaridagi sirkulyatsiya nasoslari va issiq suv tayyorlash tarmoqlari binolar yerto’lasidan alohida turgan binolarga, ya’ni markazlashgan issiqlik punktlariga ko’chiriladi.Xar bir binolardagi isitish tizimlari daha tarmog’iga elevator yeki guruh isitgichlari yordamida ulanadi.
Yopiq tizimlar uchun markazlashgan issiqlik punktlarida nasoslar ko’yilishi, issiq suv issiqlik bilan ta’minlash va mahalliy isitish tizimi uchun suv sirkulyatsiyasini ta’minlab beradi.
Issiq suv issiqlik bilan ta’minlashdagi isitgichlar ikki bosqichli ketma-ket (a zulfin ochiq, b zulfin yopiq) yoki aralashgan sxema bo’yicha ulanishi mumkin. A zulfin ochiq b zulfin yopiq bo’lgan holatda II qizdirgichdan keyin tarmoq suvi, mavzeni isitish tizimidan kelayotgan qaytish quvuriga beriladi. Quvurlar va uskunalarni korroziyadan saqlash uchun dalomitli filtrlar qo’yiladi.
Markazlashgan issiqlik punktlaridagi issiqlik taminotining ochiq sxemalari (rasm) uchun uzatilayotgan yuqori haroratli (105 oS dan yuqori) suv uchun aralashtirish nasoslari qo’yilishi kerak, shuningdek bu nasoslar mavzedagi gidravlik tartibni sozlash uchun xizmat qiladi.