1-Mavzu. Kirish. Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasining nazariy va me’yoriy asoslari
Reja
1. Transport vositalarining (TV) ishonchliligi tug`risidagi fanning predmeti.
2. TV ishonchliligining iqtisodiy jixati.
3. Fanning vazifalari, tuzilishi, TV ekspluatatsiyasi bo`yicha magistrlar tayyorlashdagi ahamiyati.
4. TV texnik holati, ishlash qobiliyati ko`rsatkichlari va tushunchalar.
1. Transport vositalarining (TV) ishonchliligi tug`risidagi fanning predmeti.
yuzaga kelishi manbai bo`yicha:
- konstruktsion;
- texnologik;
- ekspluatatsion;
yuzaga kelish xarakteri bo`yicha:
- asta-sekin;
- to`satdan;
boshqa elementlarning buzilishi bilan bog`liqligi bo`yicha:
- bog`liq bo`lgan;
- mustaqil;
yuzaga kelish joyi bo`yicha:
- yulda sodir bo`ladigan;
- talabnomaga asosan.
Hozirgi davrda xalk ho`jaligida minglab har xil turdagi transport vositalari ishlab turibdi. Shu sababli transport vositalarining ishonchliligini oshirish katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Ekspluatatsiya davrida texnik xizmat va ta`mirlash uchun ketadigan sarf harajatlar transport vositasining boshlang`ich narxidan ancha ortiq. Ishonchlilik muammosini xal qilish katta mablag`larni tejash imkonini beradi.
Texnik taraqqiyot TVlarini loyihalash, ishlab chiqarish va ekspluatatsiyasi buyicha ishonchlilik fani oldiga, ularning og`ir sharoitda va tasodifiy holat vujudga kelganda ish qobiliyatini ta`minlash, texnik holatini oldindan aytib berish, diagnostikalash va eng optimal (oqilona) konstruktsion yechimlarni topish buyicha vazifa qo`yadi. Ushbu fanni o`rganishda ehtimollik nazariyasi, fizik-kimyoviy mexanika, ishqalanish nazariyasi, yeyilish hamda mashinalar dinamikasi va ishonchliligi fanlaridan foydalaniladi. Ishonchlilik fani texnik qurilma va tizimlar sifat ko`rsatkichlarini o`zgarish qonunlarini o`rganadi va uning asosida eng kam sarf harajatlar bilan ularning buzilmasdan ishlash muddatlarini oshirish usullarini ishlab chiqadi. Ishonchlilik masalalarining o`ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
Vaqt omili. Chunki transport vositasi ekspluatatsiyasi jarayonida boshlang`ich parametrlarning o`zgarishi baholanadi; Ob`ektning texnik holatini, uning chiqish parametrlarini (sifat ko`rsatkichlarini) saqlab qolish nuqtai nazaridan oldindan aytib berish (prognozlash). Ishonchlilik muammosi prognozlash bilan bog`liq. Transport vositasi yaratilishining ilk bosqichlarida konkret ekspluatatsiya sharoitlari uchun ishonchlilikni baholash zarur. Ishonchlilik to`g`risidagi fan vaqt o`tishi bilan ob`ektlarning sifat ko`rsatkichlari (aniqlik, quvvat, unumdorlik, resurs va h.k.) o`zgarishining jarayonini o`rganadi. Lekin ko`rsatkichlarning ma`lum darajaga yetishishi masalalarini o`rganmaydi. Avtotransportda ishonchlilik fani va tadqiqotlari buzilishlar fizikasini o`rganish bilan bog`liq (eyilganlik, charchash mustahkamligi, zanglash). Bunda mustaxkamlik, yeyilganlik, issiqlikka chidamlilik va h.k. hisob-kitob usullari ishlab chiqiladi va transport vositalarining kerakli ishonchliligini ta`minlaydigan texnologik jarayonlar qo`llaniladi. Ishonchlilik to`g`risidagi fanning nazariy asosi quyidagilar: a) Ishonchlilik nazariyasining matematik usullari; b) Tabiiy fanlar tadqiqotlarining natijalari (ob`ekt materiallari, yonilg`i-moylash materiallarining fizik-kimyoviy yemirilishi, eskirishi va xususiyatlarining o`zgarishi; materiallarning mexanik yemirilishlari; materiallarning sirt qatlamlarida ro`y beradigan o`zgarishlar; materiallardagi kimyoviy yemirilish jarayonlari va h.k.). Bu fanlar (materiallar qarshiligi, fizik-kimyoviy mexanika, tribotexnika, metallar korroziyasi, polimerlarning eskirishi va h.k.) tadqiqotlari natijalari ishonchlilik nuqtai nazari buyicha «buzilishlar fizikasi» nomi bilan ataluvchi yo`nalishni tashkil etadi.
Buzilishlar fizikasi TVsi ekspluatatsiyasida material (qism) ning dastlabki xususiyatlarini yuqotadigan qaytarilmas jarayonlarni o`rganadi. Bunday tadqiqotlarning asosiy xususiyati hodisalarning vaqt davomida qurilishidir. Buzilishlar fizikasining vaqt qonunlari ishonchlilik asosiy vazifalarini yechishda asos bo`lib xizmat qiladi. Transport vositasi ishchi jarayonlarini baholaydigan tenglama va bog`lanishlar, dinamik yuklamalar, foydali ish koeffitsienti, quvvat xarakteristikalari va boshqalar transport vositasi dastlabki ko`rsatkichlari o`zgarishlarini tahlil qilish va baholash uchun, ya`ni ishonchlilikning asosiy vazifasini yechish uchun zarur. Ishonchlilik to`g`risidagi fan mashinalar sifat parametrlari o`zgarishi jarayonini ehtimollik usullari bilan o`rganish bilan bir qatorda, eskirish va yemirilish jarayonlari qonunlari, ishlab chiqarish va ekspluatatsiya jarayonlarini ham o`rganadi (oxirgilari transport vositasining ish qobiliyatini belgilaydi). Ishonchlilik tug`risidagi fanning vazifasi-talab qilingan ishonchlilik ko`rsatkichlarini ta`minlash sharti bilan mashina (element) ning hisob-kitob usulini berishdir. Hisoblarda mashina materiallari yemirilish jarayonlarining ehtimollik tabiati (xususiyati) hisobga olinishi shart. Shuninig uchun ishonchlilik va transport vositasi ish qobiliyatining pasayishini oldindan aytib berish masalalariga e`tibor berish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |