Obyektiv nizolarga korxonaning rivojlanish jarayonida yuzaga
chiqadigan real kamchiliklar va muammolar bilan bogiiq nizolar
kiradi. Bu nizolar amaliy nizolar boiib, ishlab chiqarishni
rivojlantirish, rahbarlik uslubini takomillashtirish, korxonada normal
“ruhiy iqlim”ni yaratish uchun xizmat qiladi.
Subyektiv nizolarga kishilarning u yoki bu voqelikka boigan
shaxsiy fikrlarining turlichaligi oqibatida vujudga keladigan nizolar
kiradi. Bu nizolar tabiati bo‘yicha his-tuyg‘uga, hissiyotga berilish,
qiziqqonlik oqibatida yuzaga chiqadi. Odatda, bunday nizolar bir-
birini ruhan ko‘ra olmaydigan yoki bir-birini tushunmaydigan yoxud
tushunishni xohlamaydigan kishilarning qarama-qarshi fikrlari
oqibatida
236
240
vujudga keladi.
Oqibat natijasiga qarab, nizolar konstruktiv va destruktiv
nizolarga boiinadi.