# Didaktikaning ob’yektini belgilang.
-J: O’sib kelayotgan avlodga ijtimoiy tajribalarni, milliy va umuminsoniy madaniyatni tarkib toptirishga yo’naltirilgan faoliyatning asosiy turi hisoblangan ta’lim berishdir
# “... – o’qitish maqsadini amalga oshirish bo’yicha pedagogning tartiblangan faoliyati”. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang.
- J: O’rgatish
# ”… qo’yilgan maqsadga erishishga yo’naltirilgan pedagog bilan o’quvchilarning tartiblangan o’zaro harakati”. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang.
-J: O’qitish
# “… – o’qitishning nimaga qaratilganligi, uning kuchlari kelgusida qay yo’sinda safarbar etilishi”. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang.
-J: Maqsad
# “... – o’qitish jarayonida egallanishi lozim bo’lgan ilmiy bilim, amaliy ko’nikma va malakalar, faoliyat, fikrlash usullari tizimi”. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang.
-J: Mazmun
Do'stlaringiz bilan baham: |