Haftalik o‘quv reja dasturda ko‘rsatilgan mavzu va mashg‘ulotlarni mantiqiy ketma-ketlik asosida to‘g‘ri o‘tilishi uchun, ta’lim muassasasining o‘quv moddiy-texnik bazasini hisobga olgan holda va bir yillik reja ichidan haftalik o‘tiladigan mashg‘ulotlarni ajratib olib, jadval ko‘rinishida ishlab chiqiladi
Taqvim mavzu-rejada quyidagilar aks etishi zarur:
-mavzu va mashg‘ulotlarning nomlanishi(mavzularning mantiqiy ketma-ketligi);
-ta’lim shakli va usuli;
-ta’lim metodi;
-dars turi;
-boshqa fanlar bilan aloqadorligi;
-o‘tish joyi va vaqti;
-ta’lim vositalari;
-mashg‘ulot o‘tiladigan sinf va sanasi;
-uyga vazifa;
-foydalanilgan adabiyotlar nomlari va boshqa uslubiy ko‘rsatmalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |