Ijobiy m a ’nodagi javobgarlik —
m as’uliyatlikdir, ya’ni shaxsning
jamiyatdagi o ‘z o ‘rnini, ijtimoiy taraqqiyotdagi rolini va jamiyat ishla-
ridagi o ‘zining ishtirokini chuqur anglab harakat qilishidir. H uquq n o r
malari va qonunchilik talablariga nisbatan m as’uliyatlilik kishilar haraka-
tining ahloqiy va siyosiy regulyatori sifatida maydonga chiqadi. Ijobiy
m a ’nodagi javobgarlik huquq normalari talablarini buzmaslik uchun
javobgarlikdir.
Retrospektiv та ’nodagi javobgarlik
— shaxs o ‘z harakatlarining salbiy
natijalari uchun, huquqni buzganligi uchun m a ’lum huquq va burchlar-
dan m ah ru m b o ‘lish formasida o ‘tiladigan javobgarlikdir. Bu m a ’nodagi
javobgarlik huquqqa zid keluvchi va jamiyat manfaatlariga zarar yetkazuv
chi xatti-harakatni sodir etganlik uchun yuklanadigan javobgarlikdir.
Javobgarlikning bu ikki turi o ‘zaro uzviy bog‘liqdir. Ijobiy javobgarlik
(m as’uliyat) qancha yuqori b o klsa, turm ush qoidalari shuncha yaxshi
bajariladi ham da retrospektiv javobgarlikka tortilish holatlari shuncha kam
b o ‘ladi.
Ijobiy va retrospektiv javobgarlik faqat yuridik javobgarlik uchungina
xos elem entlar bo ‘lib qolmasdan, balki u m um an sotsial javobgarlik uchun
ham xosdir. Sotsial javobgarlik ancha keng tushuncha bo'lib, barcha sot
sial normalarni buzganlik (yoki buzmaslik) uchun javobgarlikni nazarda
tutadi. Sotsial javobgarlik siyosiy javobgarlik, yuridik javobgarlik, axloqiy
va boshqa xil javobgarliklarni o ‘z ichiga oladi.
Yuridik javobgarlik
— bir tom ondan, fuqarolar va m ansabdor shaxs-
laming davlat tom onidan o ‘matilgan huquqiy norm a talablariga to ‘liq
amal qilish m as’uliyati va, ikkinchi to m o nd an, davlat bilan huquqni buz-
1
Retrospektiv
— o 'tm is h , o 'tm ish g a qaytish dem akdir. Y uridik m a ’no d a huquqiy no rm an i buzgandan
keyingi javobgarlik, y a ’ni o ‘tgan ish u ch u n javobgarlik.
5 1 7
DAVLAT VA H U Q U Q NAZARIYASI
gan shaxs o ‘rtasida huquqiy munosabat b o iib , bunda aybdor shaxs
muayyan huquqlardan m ahrum etilib, o ‘zi uchun noxush oqibatlar kelib
chiqishidan jabrlanishidir. Bunda huquq normasi sanksiyalarini realizat-
siya qilish m om enti yuridik javobgarlik belgilash momentiga mos keladi
deyish mumkin.
Yuridik javobgarlikda huquqqa xilof xatti-harakatni sodir etgan shaxs
ga nisbatan uning erki va istagidan q a t’i nazar davlat majburlov chorasi
qo llaniladi. Davlatning majburlash kuchi faqat huquq normalari talabla
rini buzgan shaxslarga nisbatangina qollaniladi.
Yuridik javobgarlik — huquqbuzarga nisbatan huquq normalarida
ко ‘zda tutilgan sanksiyalar asosida davlatning majburlov choralarini
q o jla sh i bo jib, bunda aybdor shaxs muayyan huquqlardan (shaxsiy,
mulkiy, tashkiliy va hokazo) mahrum etiladi.
Yuridik javobgarlik quyidagi belgilari bilan tavsiflanadi:
1) yuridik javobgarlik davlat majburlov choralari bilan bogiiq ;
2) yuridik javobgarlik huquqbuzarlik bilan bogiiq ;
3) yuridik javobgarlik huquqbuzar uchun salbiy oqibatlarni keltirib
chiqaradi (ozodlikdan, ota-onalikdan m ahrum b o ‘lish yoki sodir etilgan
qilmishi uchun jarima to l a s h va hokazo);
4) huquqbuzarga nisbatan qollaniladigan choralarning xarakteri va
hajmi huquq normalarning sanksiyasida o ‘rnatilgan b o la d i;
5) davlat tom onidan qollaniladigan majburlov choralari huquqni
q o lla s h faoliyati davomida tegishli vakolatli organlar tom onidan q o n u n
da belgilangan tartibda va protsessual shakllarga amal qilgan holda olib
boriladi.
Yuqoridagi xususiyatlari bilan yuridik javobgarlik siyosiy, axloqiy va
boshqa javobgarliklardan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |