ngari jamiyat ijtimoiy ehtiyojlarining mahsuli sifatida paydo bo ‘lgan. U
boshqa ijtimoiy fanlar bilan birgalikda davlat va huquqqa tegishli voqea-
hodisalar va jarayonlarni har tom o nlam a o ‘rganadi, boshqa fanlarning
metodlaridan, to ‘plagan bilimlaridan foydalanadi. 0 ‘z navbatida, davlat va
huquq nazariyasi ijtimoiy fanlarni davlat va huquqqa oid aniq m a ’lum o t
lar bilan ta ’minlab, ularni nazariy va amaliy bilimlar bilan qurollantiradi;
davlat va huquq bilan shug‘ullanayotgan har qanday ijtimoiy fan sohasi-
ning ilmiy tadqiqot mavzusidan munosib o ‘rin egallaydi.
I В О В. DAVLAT VA H U Q U Q N A ZAR IYASIN IN G PRED M ETI VA M ETODI
Davlat va huquq nazariyasining barcha ijtimoiy fanlar bilan aloqasi
ikki tom o nlam a manfaatli xususiyat kasb etadi. Davlat va huquq
nazariyasi ijtimoiy fanlarning xulosalariga asoslangan holda xilma-xil fal-
safiy, tarixiy materiallarni umumlashtirib, davlat va huquqning vujudga
kelishi sabablari, taraqqiyot bosqichlari, davlat va huquqning mohiyati,
m azm uni va shakllarini ochib beradi. Ayni vaqtda, davlat va huquq
nazariyasi boshqa ijtimoiy fanlarni takrorlamaydi, balki to ‘ldiradi. Bu hoi
davlat va huquq nazariyasi o ‘z mustaqil predmetiga va xususiyatlariga ega
ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. Bundan yana ham keng qamrovli
xulosalar chiqarish mumkin. CTzbekistonda davlatchilikning huquqiy
asoslari takomillashib borishi, huquqiy madaniyat, fuqarolarning huquq
va erkinliklari, huquqiy t a ’lim rivojlanib borgani sayin davlat va huquq
nazariyasi ham da barcha ijtimoiy fanlar o ‘rtasidagi aloqadorlik hamda
hamkorlik kuchayib boraveradi.
Davlat va huquq nazariyasining sohaviy huquqiy fa n la r bilan nisbati.
Yuridik fanlar — ijtimoiy hodisa sifatida davlat va huquqning tushunchasi,
mohiyati, tasnifi, kelib chiqishi, rivojlanishi va amal qilinishining umumiy
va maxsus qonuniyatlari to ‘g‘risidagi huquqiy bilimlar tizimidir.
Barcha yuridik fanlar diqqat markazida davlat va huquq asosiy o ‘rin
egallaydi. Ayni paytda, har bir yuridik fan davlat va huquqning muayyan
tomonlarini, muayyan jihatlarini o ‘rganadi. Shuning uchun huqu q
shunoslik fanlarining har bir tarm og‘i o ‘zining mustaqil predmetiga ega.
Davlat va huquq nazariyasini barcha huquqiy fanlar bilan birgalikda
o ‘rganish bu fanning predmeti, ahamiyati va rolini yanada oydinlashtira
di. Barcha yuridik fanlarning ham o ‘rganish sohasi va um um iy obyekti —
davlat va huquqdir. H ar bir sohaviy huquqshunoslik fani davlat va huquq
masalasiga o ‘ziga xos yondashadi, ularning har biri o ‘zining tadqiqot
obyekti va predmetiga ega.
Yuridik fa n la r quyidagi tarzda klassifikatsiya (tasnif) qilinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: