45
porsiyalari lopastlar orasida hajm kamayishi hisobiga sekin asta siqiladi va farsh
chiqish tuynugiga bosim bilan beriladi.
9.5-rasm. Ekssentrik-parrakli rotatsion Shprits:
1-Shprits korpusi; 2-olinuvchan yon devor;
3-
korpusning
yon devori; 4-
Shprits vali; 5, 6-rotor disklari; 7- nasos lopastlari; 8-korpusdagi kanavka; 9-
gayka-barashkalar; 10-yuklash bunkeri; 11-biriktiruvchi mufta; 12-chiqish
tuynigi; 13-qiyma o„tkazgich (farsheprovod); 14- sevka;
Qiyma uzatish vaqtidagi turtishlash va nasosning pulsatsiya bilan ishlashini
yumshatish uchun Shprits korpusining ostida ariqcha 8 frezalangan,
uning
yordamida qiymaning bir qismini bir otsekdan ikkinchisiga chiqarish imkoniyati
mavjud. Bu ayni vaqtda qiyma strukturasini saqlash imkoniyati beradi va uni
keraksiz ishqalanishini bartaraf etadi. Rotor aylanishi vaqtida farsh uzluksiz qiyma
o„tkazgich 13 orqali sevka 14 ga beriladi. Shprits
dozalash qurilmasi bilan
ta‟minlanishi mumkin.
Rotor 2.8
kVt
quvvatli, 1500 ayl/min tezlikka ega elektrodviga-teldan
reduktor va yarimqattiq mufta 11 orqali harakatga keltiriladi.
Rotorda 18 ta lopast mavjud. Uning aylanish tezligini tezliklar variatori
yordamida o„zgartirish mumkin. Bunday Shpritsning unumdorligi soatiga 4-5
tonnani tashkil etadi, yuklash bunkerining sig„imi 200
kg
.
Shprits odatda konveyer stolining oldida o„rnatiladi,
uning ortida esa baton
bog„lovchi ayollar brigadasi ishlaydi. Ishga tushirishdan ilgari Shprits avvalo
bo„sh ishga tushiriladi, bar necha marotaba aylanishiga imkoniyat beriladi, va
uning ishga tayyorligiga ishonch hosil qilgach qiyma
yuklash va Shpritslash
jarayoni boshlanadi.
46
Ish tugaganda gaka-barashkalar 9 echiladi, devor 2 olinadi, rotorli val
chiqarib olinadi, qiymadan tozalanadi, rotor, korpus va qiyma o„tkazgich
yuviladi,
so„ngra esa barcha detallar yana korpusga yig„iladi.
Nevedomskiy
va
Skripniklarning
Shpritslari
konstruksiyasi
asosida
Giprogo„sht loyihalash institutida Elenich sistemasining SHND-1 va boshqa
konstruksiyali Shpritslari ishlab chiqilgan. Ular sanoatda keng tarqalmagan.
«Gloub» (AQSH), «Stouk va Dalton» (Angliya) va «Bekker» (GFR)
firmalari
yuqori
unumli
gorizontal
qiyma
siqib
chiqargichli,
vakuum
qo„llanilgan ekssentrik-parrakli Shpritslar ishlab chiqarishgan. «Kontiflou»
firmasining Shpritsi 8
t/s
unumdorlikka ega. Unga qiyma yuklash mashinani to„xtatmay
amalga oshiriladi, unda qiyma lentali transportyor yoki maxsus yuklash qurilmasi
yordamida beriladi.
Ekssentrik-parrakli Shpritslar kamchiligiga qiymaning
birmuncha qizishi va
ishqalanishi kiradi. Shuning uchun bu Shpritslar asosan strukturasiz kolbasalar ishlab
chiqarishda qo„llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: