Ehtiyotkorlik motivi
Klassiklarnnig nazariyasidan tashqariga chiqqan holda Keyns aniqladiki
odamlar har kungi ehtiyojlarini bajarishdan tashqari kutilmagan vaziyatlar uchun
ham pulni saqlashadi. Faraz qilamiz siz avaldan stereosistema sotib olmoqchisiz
va u sotiladigan do‗konni topdingiz ham deylik u protsentga sotilar ekan.. Agar
sizda kutilmagan vaziyatlar uchun pul bo‗lsa siz uni hoziroq sotib olasiz, agar
bunday pul bo‗lmasa siz sotuv imtiyozlaridan foydalana ololmaysiz. Kutilmagan
vaziyatlar uchun bo‗lgan pullar bundan ham yoqimsizroq tovarlarni va xizmatlar
uchun ham kerak bo‗lib qolishi mumkin misol uchun avtomobil remonti uchun yoki
davolanish uchun.
Keyns taxmin qilardiki, pul miqdori kutilmagan vaziyatlar uchun, avvalombor
kutilayotgan transaksiya amallarining darajasiga bog‗liq, kutilayotgan
transaksiya darajasi esa daromadlarga proporsional.
Do'stlaringiz bilan baham: |