― pul va banklar ‖ fanidan 2017/2018 o‗quv yili uchun mo‗ljallangan


Xalqaro  taraqqiyot  va  tiklanish  banki  (XTTB)  va  Xalqaro  taraqqiyot



Download 4,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet338/339
Sana31.12.2021
Hajmi4,72 Mb.
#258318
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   339
Bog'liq
pul va banklar

Xalqaro  taraqqiyot  va  tiklanish  banki  (XTTB)  va  Xalqaro  taraqqiyot 

assotsiatsiyasi (XTA) bilan hamkorlik 

1993  yildan  boshlab  Jahon  banki  XTTB  va  XTAning  31  ta  loyiha  uchun 

kreditlar,  texnik  ko‘maklashish  bo‘yicha  31  ta  loyihaga  grant  taqdim  etilishini 

tasdiqlagan, shundan 14 investitsion loyiha va 28 grant loyihalari amalga oshirildi. 

Jahon  banki  tomonidan  tasdiqlangan  yuqoridagi  loyihalar  va  grantlar  uchun  jami 

2592,4  mln.  AQSh  dollar  ajratilgan  bo‘lib,  uning  969,5  mln.  AQSh  dollarini 

kreditlar tashkil etib, ularning (2015 yil 1 avgust holatiga) 394,4 mln. AQSh dollar 

qoplangan.  Hozirgi  kunda  Jahon  bankining  umumiy  qiymati  2036,04  mln.  AQSh 

dollariga teng bo‘lgan 20 ta loyiha va granti amalga oshirilmoqda. 

Jahon  bankining  loyihalari  2012-2015  yillar  strategiyasiga  muvofiq 

iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari  - qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, energetika, 

suv  ta‘minoti,  transport,  ta‘lim  va  davlat  boshqaruvi  yo‘nalishlarida  amalga 

oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini rivojlantirishiga oid muhim 

loyihalari  institutsional  kredit,  reabilitatsion  kredit  va  moliya  institutlarini 

rivojlantirishga qaratilgan kreditlar hisoblanadi. 

1993  yil  oktyabr  oyida  O‘zbekiston  Respublikasi  moliya  tizimi  tarkibiy 

tuzilmasini  qayta  tiklash  maqsadida  texnik  ko‘maklashish  doirasida  umumiy  21 

mln. AQSh dollar miqdoridagi kredit shartnomasi (institutsional kredit) imzolandi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  bank  tizimini  rivojlantirishga  oid  asosiy  vazifalar 

mustaqil  ekspertlar  tomonidan  tijorat  banklari  tizimini  keng  qamrovli  tahlildan 

o‘tkazish  va  baholash,  tijorat  banklari  faoliyatini  nazorat  qilishning  mavjud 

tuzilmalarini  rivojlantirish,  audit,  buxgalteriya  hisobi  va  hisobotini  yangi  tizimga 

o‘tkazish,  tashqi  qarzni  boshqarish  bo‘linmalarini  tashkil  etish,  banklararo 

kompyuter tarmog‘ini yaratishdan iborat edi. 

Ushbu  loyiha  doirasida  amalga  oshirilgan  ishlar  natijasida  O‘zbekiston 

Respublikasi  bank  tizimining  buxgalteriya  hisoboti  va  auditi  isloh  qilindi.  «Artur 

Andersen  LLP»  audit  firmasi  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining 

Buxgalteriya  hisobi  va  hisoboti  departamenti  bilan  birgalikda  1997  yil  aprelidan 

beri respublika bank tizimi ishlab kelayotgan buxgalteriya hisobining yangi hisob 

rejasini ishlab chiqdi. 




153 

 

«Siemens»  kompaniyasi  tomonidan  telekommunikatsiya  va  kompyuter 



uskunalari etkazib berilishi va ularning viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida 

o‘rnatilishi  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankida  yagona  to‘lov  tizimini 

yaratishga olib keldi. 

«Xorijdan  mablag‘  jalb  qilish  to‘g‘risidagi»  Qonunning  loyihasi  ishlab 

chiqildi va Markaziy bank tarkibida tashqi qarzni boshqarish uchun mas‘ul bo‘lim 

tashkil etildi. 

«Deloit  &  Touche»,  IDMAG  va  «Artur  Andersen  LLP»  kompaniyalarining 

konsultativ  yordami  bilan  bank  tizimini  nazorat  qilish  takomillashtirildi,  tijorat 

banklarining  aktiv  va  passivlarni,  qimmatbaho  qog‘ozlarni,  rejalashtirish  va 

marketing, muammoli qarzlarni boshqarishiga o‘zgarishlar kiritildi. 

Reabilitatsion kredit 

1995 yil mart oyida XTTB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi uchun jami 

160  mln.  AQSh  dollarga  teng  bo‘lgan  reabilitatsion  kredit  ajratilishi  tasdiqlandi. 

Reabilitatsion  kreditining  asosiy  vazifalari  tarkibiy  islohotlar  dasturini  qo‘llab-

quvvatlash, valyuta bozorini rivojlantirish, milliy valyutaning mustahkamlanishini 

ta‘minlash,  importni  moliyalashtirish  uchun  chet  el  valyutasi  kamomadligini 

kamaytirishdan  iborat  edi.  Kredit  malbag‘lari  1996  yil  iyun  oyiga  qadar  to‘liq 

o‘zlashtirib  bo‘lindi,  natijada  valyuta  birjasi  ishtirokchilari  sonini  oshirish  yo‘li 

bilan  valyuta  bozori  aylanmasi  sezilarli  ravishda  ko‘payishiga  xizmat  qildi, 

savdolarni o‘tkazishning tashkiliy shakllari takomillashtirildi. 

Moliya institutlarini rivojlantirishga qaratilgan kreditlar 

1999  yil  may  oyida  XTTB  tomonidan  jami  25  mln.  AQSh  dollariga  teng 

bo‘lgan  moliya  institutlarini  rivojlantirishga  qaratilgan  kredit  ajratilishi 

ma‘qullandi.  Loyihani  amalga  oshirish  uchun  1999  yil  avgustida  O‘zbekiston 

Respublikasi  Markaziy  banki  qoshida  Moliya  sohasini  rivojlantirish  agentligi 

tashkil etildi. 

Loyihaning  asosiy  maqsadi  tijorat  banklarini  institutsional  jihatdan 

mustahkamlash,  bank  tizimi  me‘yoriy-huquqiy  bazasini  yaxshilash,  axborot 

tizimini takomillashtirish, banklarni xususiylashtirish va qayta tashkil etish edi. 

Bank tizimini institutsional jihatdan mustahkamlash uchun: 

tijorat 


bankiga 

(O‘zsanoatqurilishbank, 

O‘zuyjoyjamg‘armabank 

(Ipotekabank),  Asakabank,  Paxtabank  (Agrobank),  Hamkorbank  va  Ipak  Yo‘li 

banki)ga  strategik  va  biznesni  rejalashtirish,  kredit  va  g‘aznachilik 

tavakkalchiliklarini  boshqarish,  buxgalteriya  hisobi,  boshqaruv  axborot  tizimi  va 

ichki audit masalalarida texnik yordam ko‘rsatildi. 

Tijorat  banklarining  mutaxassislari  uchun  buxgalteriya  hisobini  xalqaro 

standartlar asosida yuritish, ichki audit va nazorat, avtomatlashtirilgan kredit tahlili 

va boshqaruv axborot tizimi yo‘nalishlarida turkum o‘quvlar tashkil etildi. 

Ichki  audit  mutaxassislari  bilan  birgalikda  11  tijorat  bankining  asosiy 

boshqarmalari sinov auditidan o‘tkazildi va ichki audit xizmatini yaxshilash uchun 

zarur tavsiyalar berildi hamda ichki auditni o‘tkazishga doir kerakli yo‘riqnomalar 

ishlab chiqildi. 

Texnik  ko‘mak,  shuningdek,  bank  tizimining  me‘yoriy-huquqiy  bazasini 

takomillashtirishga  ham  berildi.  To‘rt  asosiy  yo‘nalish  (garov  mulkini  suddan 




154 

 

tashqari  undirish,  banklarni  tugatish,  bank  xoldinglari  va  nobank  kredit 



institutlarini tashkil etish) qonun loyihalari ishlab chiqildi. 

Loyihaning  eng  yirik  yo‘nalishi  bank  tizimining  telekommunikatsiya 

tarmog‘ini  modernizatsiyalash  va  to‘lov  tizimini  takomillashtirish  edi.  To‘lov 

tizimining  yangi  tizimi  hisob-kitoblarni  real  vaqt  rejimida  olib  borishga  sharoit 

yaratdi,  natijada  banklar  faoliyati  samaradorligi  sezilarli  darajada  ortdi  va 

tavakkalchiliklarini minimal  darajaga  tushirishga imkon  berdi.  Tijorat banklari va 

Markaziy  bankni  bog‘lab  turadigan  telekommunikatsiya  tarmog‘i  yagona  balans 

taqdim etilishini ta‘minlab berdi. 




Download 4,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish