― pul va banklar ‖ fanidan 2017/2018 o‗quv yili uchun mo‗ljallangan



Download 4,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet328/339
Sana31.12.2021
Hajmi4,72 Mb.
#258318
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   339
Bog'liq
pul va banklar

 

 

 

 

 

 

17-Mavzu. Xalqaro moliya institutlari, ularning maqsadi va funksiyalari 

 

REJA: 

17.1. Xalqaro moliya tashkilotlariga umumiy tavsif va ularning turlari 

17.2.  Xalqaro  Valyuta  Fondi  va  uning  xalqaro  valyuta-kredit 

munosabatlaridagi faoliyati 

17.3. Jahon banki guruhi va ularning o‘ziga xos xususiyatlari 

17.4.  O‘zbekiston  Respublikasining  Xalqaro  moliya  institutlari  bilan 

hamkorligi 

 

17.1. Xalqaro moliya tashkilotlariga umumiy tavsif va ularning turlari 

alqaro  moliya  tashkiloti  –  bu  bir  va  undan  ortiq  mamlakat  tomonidan 

tashkil  etilgan  va  xalqaro  huquq  talablariga  bo‘ysinuvchi  moliya  muassasasidir. 

Boshqa  bir  xalqaro  muassasalar  va  tashkilotlar  XMTning  aksiyadorlarini  tashkil 

etsada,  odatda,  uning  egasi  milliy  hukumatlar  hisoblanadi.  Eng  keng  tarqalgan 

XMT turi - turli millatli moliya tashkilotlari hisoblanadi, lekin XMT hisoblanuvchi 

ikki  mamlakat  birgalikda  tuzgan  moliya  tashkilotlari  ham  mavjud.  Eng  mashhur 

XMT tashkilotlari 2-Jahon Urushidan keyin tashkil etilgan bo‘lib, ularning asosiy 

maqsadi  Yevropani  qayta  qurishda  ko‘mak  berish  va  jahon  moliya  tizimini 

boshqarishdagi xalqaro hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqishga qaratilgan edi. 



Turlari 

Ko‘p  tomonli  (ikkidan  ortiq  davlat  ishtirokida  tuzilgan)  rivojlanish  banki 

(MDB)  bir  qancha  mamlakatlar  tomonidan  tashkil  etilgan  muassasa  bo‘lib, 

rivojlantirish  maqsadida  moliyaviy  va  professional  maslahatlar  beradi.  MDB 

rivojlangan  donor  mamlakatlar  va  rivojlanayotgan  qarz  oluvchi  mamlakatlar 

ishtirokida  yirik  a‘zolar  ko‘lamiga  ega.  MDB  bozor  qiymatida  uzoq  muddatli 

qarzlar  shaklida,  bozor  qiymatidan  past  narxda  juda  uzoq  muddatli  qarzlar 

(kreditlar) shaklida hamda grantlar shaklida loyihalarni moliyalashtiradi. 

Quyidagilar asosiy MDB tashkilotlari hisoblanadi: 

 Jahon Banki 



 

Xalqaro Qishloq xo‘jaligi Taraqqiyoti Fondi (IFAD) 



 Yevropa Investitsiya Banki 

(EIB)

 



 Islom Taraqqiyot Banki 

(IsDB)


 

 Osiyo Taraqqiyot Banki 



(ADB)

 



 Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki 

(EBRD)


 

 CAF – Lotin Amerikasi Taraqqiyot Banki 



(CAF)

 



 Inter-Amerika Taraqqiyot Banki Guruhi 

(IDB, IADB)

 



 



Afrika Taraqqiyot Banki (AfDB)

 



 

Osiyo Infratuzilma Investitsiya Banki (AIIB)

 

X

 




137 

 

Shuningdek,  yana  bir  qancha  sub-mintaqaviy  ko‘p  tomonlama  rivojlanish 



banklari mavjud. Ularning a‘zolik ko‘lami, odatda, faqatgina qarz oluvchi davlatlar 

bilan  cheklanadi.  Ya‘ni  banklar  xalqaro  kapital  bozorlaridan  qarz  olib,  a‘zo 

davlatlarga taqdim etishadi. Chunki bu a‘zo davlatlarning o‘zi yakka holda qarzni 

olganiga  nisbatan  birmuncha  arzon  narxda  tushadi  va  qarzni  to‘lab  berish  uchun 

javobgarlikni taqsimlaydi. Bunday banklarga quyidagilar kiradi: 

 Karib Taraqqiyot Banki (CDB) 



 Markaziy Amerika Iqtisodiy Integratsion Banki (CABEI) 

 Sharqiy Afrika Taraqqiyot Banki (EADB) 



 

G‘arbiy Afrika Taraqqiyot Banki (BOAD) 



 Qora Dengiz Savdo va Taraqqiyot Banki (BSTDB) 

 Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti Savdo va Taraqqiyot Banki (ETDB) 



 Yevrosiyo Taraqqiyot Banki (EDB) 

 Yangi Taraqqiyot Banki (NDB) (oldingi BRICS Taraqqiyot Banki) 



Bundan  tashqari,  bir  qancha  ko‘p  tomonlama  moliyaviy  muassasalar  (MFI) 

ham  mavjud.  MFI  xuddi  MDB  ga  o‘xshash  tashkilotlardir,  lekin  ular  yanada 

chegaralangan a‘zolik ko‘lami va faqatgina ma‘lum loyihalarni moliyalashtirishiga 

ko‘ra farq qiladi. Ular: 

 Yevropa Kommissiyasi (EC) 



 Xalqaro Immunizatsiya Moliya liniyasi (IFFIm) 

 

Xalqaro Qishloq xo‘jaligi Taraqqiyoti Fondi (IFAD) 



 Nordic Investitsiya Banki (NIB) 

 OPEK Xalqaro Taraqqiyot Fondi (OFID) 



 Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun Golland Moliya Kompaniyasi (FMO) 

 Jahon Investitsiya Banki (IIB) 



 Afrika Iqtisodiy Taraqqiyoti Arab Banki (BADEA) 



Bretton Woods tashkilotlari 

Eng  mashhur  xalqaro  moliya  muassasalari  (IFI)  2-Jahon  Urushidan  so‘ng 

Yevropani qayta qurishda ko‘mak berish va jahon moliya tizimini boshqarishdagi 

xalqaro  hamkorlik  mexanizmlarini  ishlab  chiqishni  ta‘minlash  maqsadida  tashkil 

etilgan.  Ularga  Jahon  Banki,  Xalqaro  Valyuta  Fondi  (IMF)  va  Xalqaro  Moliya 

Korporatsiyasi  kiradi.  Bugungi  kunda  eng  yirik  IFI  Yevropa  Investitsiya  Banki 

bo‘lib,  2011-yilda  jami  bo‘lib  dunyo  bo‘yicha  61  milliard  yevrolik  loyihalarni 

moliyalashtirgan. 



Mintaqaviy taraqqiyot banklari 

Mintaqaviy taraqqiyot banklari bir nechta mintaqaviy muassasalardan tashkil 

topgan  bo‘lib,  ular  Jahon  Banki  Guruhi  kabi  faoliyat  yuritadilar,  lekin  faqatgina 

ma‘lum  mintaqalarga  asosiy  e‘tibor  qaratgan  holda.  Ushbu  banklarning  eng 

taniqlilari Birlashgan Millatlar Tashkilotining mintaqaviy guruhlariga deyarli mos 

bo‘lgan mintaqalarni qamrab oladi, ular tarkibiga Inter-Amerika Taraqqiyot Banki, 

Osiyo  Taraqqiyot  Banki, 

Afrika  Taraqqiyot  Banki,  Markaziy  Amerika  Iqtisodiy 

Integratsion  Banki  hamda 

Yevropa  Tiklanish  va  Taraqqiyot  Banki  kabilar  biradi. 

Islom Taraqqiyot Banki yetakchi banklardan biri hisoblanadi.  Ushbu bank a‘zolik 

ko‘lami  bo‘yicha  Jahon  Bankidan  keyin  turuvchi  yagona  ko‘p  tomonlama 




138 

 

taraqqiyot banki hisoblanadi. Osiyo, Afrika, Yevropa va Lotin Amerikasi qit‘alari 



bo‘ylab 56ta a‘zo mamlakatga ega. 

Ikki tomonlama taraqqiyot banklari va agentliklari 

Ikki  tomonlama  taraqqiyot  banki  bitta  alohida  mamlakat  tomonidan  tashkil 

etilgan,  rivojlanayotgan  mamlakatlar    va  ularning  bozorlarini  shakllantirish 

loyihalarini  moliyalashtirish  maqsadida  tuzilgan  moliyaviy  muassasadir.  Ularga 

misol qilib quyidagilarni keltirishimiz mumkin: 

 Nederlandiya  Taraqqiyot  Moliya  Kompaniyasi  FMO,  bosh  offisi  Gaagada 



joylashgan;  dunyo  bo‘yicha  eng  yirik  ikki  tomonlama  taraqqiyot  banklaridan 

biridir. 

 DEG  –  Germaniya  Investitsiya  Korporatsiyasi  yoki  Deutsche  Investitions-



und 

Entwicklungsgesellschaft, bosh offisi - 

Köln, Germaniya 

 Fransiya  Taraqqiyot  Agentligi  va  Caisse  des  dépôts  –  1816-yilda  tashkil 



etilgan, ikkala tashkilot ham Paris, Fransiyada bosh offisi mavjud. 

Boshqa mintaqaviy moliyaviy muassasalar 

Qo‘shni  mamlakatlarning  o‘zaro  birlashgan  holda  umumiy  ahamiyatga  ega 

bo‘lgan  sohalarni  moliyalashtirish  maqsadida tuzilgan  moliyaviy  muassasalaridir. 

Ularning ko‘chiligi markaziy banklar, taraqqiyot va investitsiya banklaridir.  

 


Download 4,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish