83
bilganligi bois ular faoliyatini moliyalashtirishni to‗xtatishmadi. Tijorat banklari
tomonidan chebollarning yirik miqdorda moliyalashtirilishi hamularning qondirib
bo‗lmaydigankreditga bo‗lgan talabinikamaytirmadi.Chebollar mavjud moliyaviy
qiyinchiliklardan chiqib ketishning yo‗li o‗sishni davom ettirish ekanligi
to‗g‗risida qaror qabul qilishdi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun katta
miqdorda mablag‗ zarur edi. Xattoki maqtalgan Koreya milliy jamg‗arma
depozitlari foiz stavkasi 30%dan yuqoriligi chebollarning rejalashtirilgan
kengayishini moliyalashtirish uchun etarli darajada mablag‗larni ta‘minlay olmas
edi. Ular mablag‗larni qaerdan olishlari mumkin? Buning javobi xalqaro kapital
bozorlarida edi.
Chebollar Koreya xukumatini liberallashuv jarayonlarining tarkibiy qismi
hisoblanganmoliya bozorlarini xorijiy kapitalga ochib berishni tezlashtirish
bo‗yicha qo‗llabquvvatladi. 1993-yilda hukumat mahalliy banklarning xorijiy
valyutada ifodalangan qreditlash berish qobiliyatinikengaytirdi. Bir vaqtning
o‗zida
Koreya
xukumati
moliyaviy
institutlar
tomonidanajratiladigan
cheklanmagan qisqa muddatli tashqi qarzlar olishga samarali ravishda ruxsat
berdi. Ammo mamlakatga kapital oqimini boshqarishning vositasi sifatida uzoq
muddatli qarzlargamiqdoriy cheklovlar o‗rnatilgan edi. Uzoq muddatlidan
tashqari faqatgina qisqa muddatlixorijiy kapital oqimini ochilishi hech qanday
iqtisodiy samaradorlik keltirmadi. Qisqa muddatli kapital oqimi rivojlanayotgan
davlatlarning iqtisodiyotini kuchsizlantirdi; moliyaviy inqirozning qandaydir
belgilari ko‗rinishni boshlasa,qisqa muddatli kapital tezkorlik bilan mamlakatdan
chiqib ketishni boshlaydi.
Asosan qisqa muddatli kapital oqimini kirib kelishiga yo‗l ochib berilganligi
to‗laligicha siyosiy ta‘sirni ko‗rsatdi: chebollar pulga extiyoj sezgan
sharoitdaxalqaro bozorda uzoq muddatli kreditlash xorijiy kreditorlar uchun
yuqori riskka egaligi bois qisqa muddatli fondlarni past foiz stavkalarda qarz olish
juda oson edi.Ushbu o‗zgarishlarning salbiy ta‘siri natijasida Koreya banklari
o‗zlariga xorijiy fondlarga yo‗l ochuvchi vosita sifatida chet el mamlakatlarida
yigirma sakkizta filiallarini ochishdi.
Hozirda Koreya moliya institutlarixorijiy kapitalni jalb qilishga imkoniyat
borligiga qaramasdan chebollarda hali ham muammo mavjud edi. Ulartijorat
banklarini o‗z tarkibiga olishga ruxsat berilmagan edi. SHu sababdan ham
chebollar o‗zlari xohlagan miqdorda bank kreditlarini jalb qila olishmadi.Ammo,
Janubiy Koreyaga xos bo‗lgan maxsus moliyaviy institutmavjud bo‗lib,
chebollarga kerakli bo‗lgan miqdorjaqarzlarni jalb qilish imkoniyatini berar edi:
savdogar bank. Savdogar bank korporatsiyalari ulgurji savdo moliyaviy
institutlari hisoblanib, qimmatli qog‗ozlarninganderrayting operatsiyalari, lizing
va korporativ sektorga qisqa muddatli kreditlar ajratish shug‗ullangan. Ular
kreditlar uchun o‗z fondlariniobligatsiyalar hamda tijorat qog‗ozlarini emissiya
qilish va interbank va xorijiy bozorlardan qarz olish hisobiga shakllantirishgan
edi. Koreya inqirozi davrida savdogar banklarga xorijdan kredit olishga ruxsat
etilgan edi va ularning faoliyati deyarli tartibga solinmagan edi. Chebollar
o‗zlarining imkoniyatlarini yuqori baholashdi va xukumat vakillarini ko‗plab
moliyaviy
kompaniyalarni
(allaqachon
chebollar
tomonidan
o‗zlashtirilgan)savdogar banklarga aylantirishga ishontirdi.Savdogar banklar
84
katta miqdordagi fondlarni chebol egalariga yo‗naltirishdi. Lekin ushbu fondlar
samarasiz hisoblangan po‗latchilik, avtomobil ishlab chiqarish va kimyo sanoatiga
ishlatildi. Ajratilgan kreditlar muammoli ko‗rinishni olganidan so‗ng, ushbu
bosqich xalokatli moliyaviy inqirozni boshlab berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: