6.4. Pul tizimi shakllari va ularning evolyutsiyasi: bimetallizm;
monometallizm; qog‘oz va kredit pullari tizimi.
amlakatda umumiy ekvivalent sifatida qabul qilingan metallga va
tanga muomalasi bazasiga qarab pul tizimi bimetalizm va monometalizm pul
zimlariga bulinadi.
Bimetalizm - pul tizimida umumiy ekvivalent rolini metall (kupincha oltin va
kumush) bajargan, bu tizimda ikkala metalldan xam tangalarning erkin muomalaga
chiqarilishi va ularning cheksiz almashishiga amal qilingan.Parallel valyuta
tizimida ikki metall qiymati stixiyali, metallning bozor bahosiga munosib tarzda
belgilangan. Bu pul tizimida davlat metallar orasidagi mutanosiblikni o`rnatib
qo`ygan. Oltin va kumush tangalarning chiqarilishi va ularning axoli tomonidan
qabul qilinishi ana shu mutanosiblikka muvofiq amalga oshirilgan.
Bimetallizm XVI-XVII asrlarda keng tarqalgan bo‘lib G‘arbiy Yevropaning
qator mamlakatlariga esa XIX asrgacha yetib kelgan. 1865 yili Fransiya, Belgiya,
Shveytsariya va Italiya mamlakatlari bimetallizmni xalqaro sulh - Lotin tanga
Ittifoqi yordamida saqlab qolishga urinishgan. Tuzilgan konvensiyada ikkala
metalldan ham 5 frank va undan yuqori qiymatli tangalarni chiqarish, oltin va
kumush o‘rtasida 1:15,5 qiymat mutanosibligini o‘rnatish shartlari ko‘zda
tutilgan
66
.
Biroq, bimetallik pul tizimining qo`llanilishi rivojlangan kapitalistik xo`jalik
extiyojlariga mos kelmasdi, chunki qiymat o`lchovi sifatida bir vaqtning o`zida
ikki metall - oltin va kumushning qo‘llanilishi pulning ushbu funksiyasi tabiatiga
to‘g‘ri kelmagan. Umumiy qiymat o‘lchovi bo`lib faqat birgina tovar xizmat qilishi
mumkin. Bundan tashqari ikki metall orasidagi davlat tomonidan o‘rnatiladigan
nisbat ularning bozor narxiga to‘g‘ri kelmas edi. XIX asr oxirida kumush ishlab
chiqarishning arzonlashishi va uning qadrini yo‘qotishi natijasida oltin tangalar
muomaladan xazinaga keta boshladi. Bunda Kopernik-Greshemning qonuni
yuzaga chiqqan, ya‘ni yomon pullar muomaladan yaxshilarini chiqarib tashlagan.
Kapitalizm taraqqiyoti mustaxkam pul, yagona umumiy ekvivalent bo‘lishni
talab qildi, shuning uchun bimetalizm o‘z o‘rnini monometalizmga bo‘shatib berdi.
Monometalizm - bu pul tizimida yagona metall (oltin yoki kumush umumiy
ekvivalent va pul muomalasining asosi bo‘lib xizmat qiladi. Amal qilayotgan tanga
va boshqa qiymat belgilari qimmatbaho metallar almashiniladi.
66
Красавина Л.Н. ―Международный валютно-кредитный и финансовый отношения‖
Москва, ‖Финансы и статистика‖. 2005. Стр 68.
M
Rossiyaning O‘rta Osiyoga yurishi natijasida, 1865 yilda Toshkent ruslar
qo‘liga o‘tgan. Keyinchalik Buxoro davlatining O‘ra tepa, Jizzax, Samarqand,
Kattaqo‘rg‘on, Urgut kabi shaharlari Rossiya tasarrufiga o‘tgan. Buxoro amiri
Rossiya bilan do‘stlik shartnomasini tuzgan va yarim mustaqil davlat bo‘lib
o‘zining mustaqil pul tizimini saqlab qolgan hamda mustaqil pul siyosatini olib
borgan. O‘sha davrda muomalaga oltin, kumush, mis tangalar chiqarilgan. 1 tillo
Rossiyaning 6 rubl 80 kopeek, 1 tanga (kumush) 15 kopeekka, 1 mis tanga - (mira)
4 kopeekka, pul 1/4 kopeekka tenglashtirilgan. Muomalada ko'proq kumush tanga
ishlatilib, uning kursi 1 tangaga 12 kopeekdan 20 kopeekkacha o‘zgarib turgan.
O‘tgan asrning 90-yillarida Rossiya Toshkent va Qo'qonda, keyinchalik, Buxoroda
o‘z banklarini ochgan. Muomalaga rus oltin, kumush tangalari va kredit biletlari
kirib kelgan. Buxoroda rus oltin, kumush tangasidan ko‘ra kredit biletlari juda
mashhur bo‘lgan. Buxoro beklariga amirga to‘laydigan soliq va boshqa to‘lov,
in‘omlarini kumush tangada karvonlarda olib kelgandan ko‘ra, kredit biletlarda
olib kelish arzon va oson bo‘lgan. Shuning uchun kumushlar rus kredit biletlariga
almashtirilgan. Rus banklarida kumush tangalar qaytib muomalaga chiqmagan.
Ular Rossiyaga jo‘natilgan va Peterburgdagi zarbxonada qayta ishlatilib rus
kumush tangasi sifatida muomalaga chiqarilgan
67
.
Kumush monometalizmi Rossiyada 1843-1852 yillarda, Gollandiyada 1847-
1875 yy. da mavjud bo`lgan.
Chor Rossiyada kumush monometalizmi tizimi 1839-1843 yillarda
o‘tkazilgan pul isloxoti natijasida qabul qilingan. Pul birligi kumush rubli bo‘lgan.
Keyinchalik muomalaga kredit biletlari xam chiqarilgan, ular kumush tanga bilan
teng muomalada qatnashgan va erkin tarzda metallga almashtirilgan. Lekin bu
isloxot sunayotgan krepostnoylik tizimi davlat byudjeti va tashqi savdo balansi
taqchiligi sharoitida pul muomalasini uzoqroq muddatga tartibga sola olmagan.
1853-1856 yillardagi Qrim urushi ko‘p miqdorda qo‘shimcha kredit pullar
emissiyasini talab qildi va natijada ular qog‘oz pulga aylanib qoldi.
Ilk bor oltin monometalizmi (standart) pul tizimi sifatida Buyuk Britaniyada
XVIII asr oxirida qaror topgan va qonun bilan 1816 yilda tasdiqlangan. Ko‘pchilik
boshqa davlatlarda u XIX asrning oxirlarida joriy qilingan: Germaniyada - 1871-
1873 yilda, Shvetsiya, Norvegiya, Daniyada - 1873 yilda, Fransiyada - 1876-1878
yilda, Avstriyada - 1892 yilda, Rossiya za Yaponiyada - 1897 yilda, AQSh da -
1900 yilda.
Oltin tanga standarti kapitalizmning erkin raqobatiga juda mos kelgan, ishlab
chiqarish, kredit tizimi, jaxon savdo kapitali kelib chiqishining rivojlanishiga
yordam bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |