6. Kelib tushgan elektron to‗lov mol sotuvchi korxona bankida mol sotuvchi
korxona hisobvarag‗iga o‗tkaziladi.
7. Elektron to‗lov topshiriqining bir nusxasi to‗langan hujjatlar
sifatida mol sotuvchi korxonaga beriladi.
Hozirgi kunda respublikamizda banklar orqali o‗tkazilayotgan barcha
to‗lovlarning 45-50 foizi to‗lov topshiriqnomalari yordamida amalga oshirilmoqda,
bu uning afzalliklari bilan bog‗liqdir.
Bu afzalliklar quyidagilardan iboratdir:
-birinchidan, hujjatlar aylanishining oddiyligi va tezligi, ya‘ni hisob-
kitoblarni amalga oshirishning texnik jixatdan kulayligi. Bu esa o‗z navbatida
xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar va bank xodimlarining mexnat sarfini kamaytiradi;
-ikkinchidan, pul mablag‗lari xarakatining tezligi, ya‘ni to‗lov talabnomasiga
nisbatan to‗lov topshiriqnomasi bo‗yicha hisob-kitoblarda hujjatlarning aylanishi
harakati qisqaligi so‗zsiz xo‗jalik oborot mablag‗larining aylanish tezligini
oshiradi;
-uchinchidan, tovar sotib oluvchining qabul qilgan tovarlari yoki xizmatlar
sifatini oldindan aniqlab olinishi. hisob-kitoblarning bu shaklida to‗lov
talabnomasi orqali hisob-kitoblarda bo‗lgan kabi bankka raddiya arizasi
topshirilmaydi, chunki to‗lovchining o‗zi tulovni to‗lashga rozi bo‗lsa,
topshiriqnomani bankka topshiradi;
-to‗rtinchidan, to‗lov topshiriqnomasining barcha tovarsiz operatsiyalarda
ko‗llanishi, bu esa ushbu shakl bo‗yicha hisob-kitoblarning ahamiyatini yanada
yaqqol aks ettiradi.
To‗lov topshiriqnomasi bo‗yicha hisob-kitoblarning afzalliklari bilan bir
qatorda kamchiliklari ham mavjud. Kamchiliklar shundan iboratki, mol jo‗natuvchi
yoki xizmat ko‗rsatuvchi korxona uchun to‗lovning o‗z vaqtida o‗tkazilishi to‗la
kafolatlanmagan. Chunki to‗lovning o‗z vaqtida o‗tkazilishi to‗lovchi korxonaning
depozit hisob varag‗idagi mablag‗lar miqdoriga bog‗liq. To‗lovning to‗liq
o‗tkazilishiga etarli pul mablag‗larining bo‗lmasligi pul aylanishi sekinlashtiradi va
maqsulot jo‗natuvchi yoki xizmat ko‗rsatuvchi korxonaning moliyaviy holatini
yomonlashtiradi.
To‗lov talabnomasi — o‗zida mablag‗ oluvchini to‗lovchi tomonidan bank
orqali ma‘lum bir summani to‗lash to‗g‗risidagi talabi aks ettirilgan pul-hisob-
kitob hujjatidir. To‗lov talabnomalari bo‗yicha hisob-kitoblar umumlashgan holda
qanday amalga oshirilishini to‗lov talabnomalari bo‗yicha hisob-kitoblarning
hujjatlar aylanishi sxemasi orqali yaqqol ko‗rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: