Spekulyativ motiv
Agar Keynsning nazariyasi ya‘ni aholi pulni kutilmagan vaziyatlar va har
kungi xarajatlar uchun saqlash bilan chegaralanib qolganida bunda pulga bo‗lgan
talab faqatgina daromadlar hajmi bilan aniqlanar edi va Keynsning yondashuvi
klassiklarning yondashuvidan farq qilmas edi. Ammo u shuningdek pulni boylik
38
The economics of money, banking and financial markets / Frederick S. Mishkin, European
edition, 2013. Page 449.
O
to‗plash sifatida ham qaragan va bu saqlash metodni spekulyativ metod deb
qaragan. Boyliknig daromad bilan uzviy bog‗ligidan kelib chiqib Keyns qayd
etadiki, pulga bo‗lgan talabning spekulyativ tarkibi daromadga bog‗liq. Keyns
aktivlarni bo‗ldi, boylikni saqlash vositasi kabi ishlatiladiganlarni ikki
kategoriyaga pullar va obligatsiyalarga bo‗ldi. Keyin savol berdi ― nega odamlar
boylikni pul sifaatida saqlashni afzal ko‗rishadi obligatsiyaga nisbatan ? ―
Aktivga bo‗lgan talab nazariyasiga ko‗ra siz pullarni saqlaysiz agar ularning
daromad olib kelish ko‗rsatkichi obligatsiyalarga nisbatan yuqoriroq bo‗lsa.
Keyns o‗ylardiki pulning daromad olib kelish darajasi nolga teng, chunki o‗sha
paytda ko‗plab depozit cheklarga protsentlar to‗lanmas edi. Obligatsiyalardan
kutilayotgan daromad ikki qismdan iborat :protsentli to‗lov va kutilayotgan
kapitalning o‗sishi.
4 bobdan malumki obligatsiya narxi foiz stavkaning o‗sishi bilan tushadi.
Agar foiz stavkaning o‗sishi kutilayotgan bo‗lsa demak, obligatsiyalar narxi
tushadi, qaysikim kapitalning negativ o‗sishiga olib keladi. Sezilarli darajada foiz
stavkalarda o‗sish kuzatilsa kapitalning yo‗qotilishi foizli to‗lovdan ilgarilab o‗tib
ketadi va kutilayotgan obligatsiyalar daromadi negativ(manfiy) bo‗ladi. Bu
holatda siz boyligingizni pul sifatida saqlashni istaysiz, chunki ularning
kutilayotgan daromadi balandroq (pulning nol daromadi obligatsiyalarning
manfiy daromadidan yuqoriroq).
Keyns taxmin qildiki kutilayotgan foiz stavka qandaydir normal ma‘noga
intiladi( hozirgi kunda bu taxmin unchalik to‗g‗ri emas ). Qachonki foizli stavka
o‗zining normal manosidan kichikroq bo‗lganda, odamlar uning o‗sishini va
kapitalning yo‗qotilishini kutishadi va shuning uchun tez orada o‗z boyliklarini pul
ko‗rinishida saqlashni afzal ko‗rishadi, obligatsiya ko‗rinishidan ko‗ra pulga talab
yuqoriroq bo‗ladi.
Pulga bo‗lgan talab qanday nomoyon bo‗ladi agar foiz stavka o‗zining
normal ko‗rinishidan kattaroq bo‗lsa? odamlar foiz stavkaning paasayishini
kutishadi, obligatsiya narxlarining ko‗tarilishini va kapitalning musbat
ko‗tarilishini kutishadi. foizning etarli darajada katta bo‗lishida obligatsiyalardan
kutilayotgan daromad musbat bo‗ladi, kutilgan daromad pulidan yuqori bo‗ladi.
Bu holatda imtiyoz obligatsiyalarga beriladi va pulga talab kamyadi. Bu
mulohazalardan quyidagi xulosaga kelinadi: foizli stavkaning o‗sishida pulga
talab pasayadi demak pulga bo‗lgan talab hajmi teskari bog‗liklikda foizli
bog‗liqlikga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |