XMK faoliyatining asosiy yo‘nalishlari
Davlat tomonidan kafolatni talab qilmagan holda, MFKning mablag‘larini
xususiy korxonalarga investisiya qilish, qarzga berish yo‘li bilan tadbirkorlikni
moliyalashtirish.
O‘zining xususiy mablag‘idan sanoatni, qishloq xo‘jaligini, kommunal
korxonalarni, turizmni investitsiyalashtiradi.
Atrof-muhit himoyasi, infrastrukturani rivojlantirishga yo‘naltirilgan
loyihalarga investitsiya kiritish uchun xususiy mablag‘larni jalb qilish
Kichik biznesda tadbirkorlikni rivojlantirish
Ishlab chiqarishni yangi usullarini o‘rganishda xususiy va arlash
korxonalarga yordam ko‘rsatish.
Xalqaro taraqqiyot uyushmasi Jahon bankining bir qismi bo‘lib, dunyoning
qashshoq mamlaktlariga yordam beradigan tashkilot. Uning maqsadi kreditlar
146
berish orqali kambag‘allik darajasini kamaytirish , iqtisodiy rivojlantirish uchun
turli xil grant dasturlar ishlab chiqish, tengsizliklarni qisqartirish, va aholi yashash
darajasini yaxshilash. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qashshoq malakatlarda
biznesni qo‘llab quvatlash, kriditlar ajratish,maslahatlar berish funksiyalarini
bajarish uchun tashkil qilingan.
XTTBdan qarz ololmaydigan qashshoq mamlakatlar uchun kreditlar ajratadi.
Bu kam taminlangan mamlakatlar uchun imtiyozli kridit ajratishning yirik manbasi
hisoblanadi.
XTU dan qarz olishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar quydagi kreteriya asosida
aniqlanadi
- YaMMni aholi jon boshiga taqsimlagada qashshoq deb ataladigan
mamlakatlar
- Kredit bozorida kreditning yetishmasli va mamlakat rivojlanish dasturini
amalga oshirish uchun kreditga muhtojlik mavjud mamlakatlar
- Qashshoqlikni kamaytirish va iqtisodiy o‘sishga erishish uchun ijtimoiy-
iqtisodiy sisosatni amalga oshirish
Xalqaro taraqqiyot uyushmasi Jahon bankining haqiqiy kreditlash qismi -
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankini to‘ldiruvchi tashkilotdir. Xalqaro
tiklanish va taraqqiyot banki va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bir xil hodimlarga,
bosh boshqarmalarga ega bo‘lib, bir xil qatiy belgilangan standartlar asosida
loyihalarni amalga oshiradi. Xalqaro taraqqiyot uyushmasi hozirgi kunda
dunyoning 77 qashshoq mamlakatlarining asosiy ko‘mak manbasi hisoblanadi. Bu
davlatlarning 39 tasi afrikada joylashgan bo‘lib yordam manbalari asosan
mamlakatdagi ijtimoiy xizmatlarga yo‘naltirilgan.
Xalqaro taraqiyot assotsatsiyasi kreditlarni arzon narxlarda beradi. Buning
ma‘nosi XTA kreditlarni 0 % da yoki judayam past foiz stavkalarida 25-yildan 40-
yilgacha muddatga hamda 5- yildan 10-yilgacha bo‘lgan imtiyozli davrlar bilan
beradi Bundan tashqari turli qarz risklari uchun grantar ajratadi va eng og‘ir
vaziyatlarda ham kreditlar ajratadi. Shuning uchun ham kredit uyushmalaridan
farqli o‘laroq bu tashkilotning rezervlari muntazam ravijshda to‘ldirilib turilishi
kerak.
Takidlanganidek, Xalqaro taraqqiyot uyushmasi dunyoning 77 mamlakati
uchun asosiy ko‘mak manbai bo‘lib, 39 tasi Afrikada joylashgan. Xalqaro
taraqqiyot uyushmasi resurslar orqali bugungi kunga kelib 1.3mln aholi yashash
sharoitlari yaxshilandi.
2015-yilda belgilangan uzoq muddatli rivojlanish strategiyasiga asosan
2030-yilga qadar kambag‘allikka barham bermoqchi. Trillion dollor investitsiya
kritilish kerak bo‘lgan bu loyihani amalga oshirishda Xalqaro taraqqiyot
uyushmasi muhim ro‘l o‘ynaydi.
Xalqaro taraqqiyot uyushmasi o‘z faoliyatini nizomda belgilangan quydagi
shartlar asosida amalga oshiradi
XTU ushbu tashkilotga a‘zo bo‘lgan iqtisodiy jihatdan rivojlanishi past
bo‘lgan mamlakatlarning iqtisodiy rivojlantirish uchun moliyaviy mablag‘lar bilan
ta‘minlaydi.
Loyihalarni moliyalashtirish assotsatsiya tomonida muhim deb hisoblangan
sohalarga , mamlakat yoki hududlarga yo‘naltiriladi.
147
Agar biron bir loyihani moliyalashtirishni o‘sh hududlarda joylashgan
bankalar tomonidan amalga oshirish mumkin bo‘lsa assotsatsiya tomonidan
moliyalashtirilmaydi.
Assotsatsiya qo‘mita tomonidan beriladigan tavsiyalarsiz moliyalashtirishni
amalga oshira olmaydi. Assotsatsiya tomonidan tayinlanadigan qo‘mita a‘zolari
qomita boshqaruv organlarini va hududlardagi qo‘mita rahbarlarini o‘z ichiga
oladi.
Qo‘mita hududlarda loyihalarni amalga oshirishning boshqa manbalari
mavjud bo‘lsa bu hududlardagi loyihalar uchun mablag‘lar ajratmaydi.
Moliyalash jarayonini amalga oshirishda berilayotgan mablag‘lar uchun
hech qanday shartlar qo‘yilmaydi. Lekin ularni belgilangan maqsadlarga
ishlatilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.
Xalqaro taraqqiyot uyushmasini asosiy vazifalari:
1 Xalqaro taraqqiyot uyushmasi global muammolarni hal qilishda boshchilik
qiladi.
2 Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bu o‘zgartiruvchi. XTU ko‘plab
mamlakatlarga rivojlanishning eski usullarida yangi usullariga o‘tishga
ko‘maklashadi.
3 XTU bir mamlaklatda uni rivojlanishi stabil holatga kelishiga ishonch hosil
qilish uchun uzoq muddat qoladi.
4 Qashshoq odamlar e‘tibordan chetda qoldirilganda toza ichimlik suvini,
elektr energiyasini va boshqalrni olib kelish orqali hayot darajasini yaxshilaydi
5 XTU ayollar va qizlar huquqini himoya qiladi, qizlarni maktabga
qatnashini ta‘minlash orqali jinsiy tenlikni ta‘minlashga ko‘maklashadi, ayollarga
kichik biznessni amalga oshirish uchun ko‘maklashadi.
Multilateral Investment Guarantee Agency (MIGA) (Xalqaro investitsiyalarni
himoyalash agentligi) – bu siyosiy risklarni sug‘urtalashni taklif qiladigan va va
xalqaro kreditlardagi risklarni kafolatlaydigan xalqaro moliyaviy institutdir. Bu
tashkilotning kafolatlari investorlarga rivojlanayotgan davlatlarga investitsiya
kiritishda siyosiy va iqtisodga oid bo‘lmagan risklardan qutilishga va tashqi
ta‘sirlardan qochishga yordam beradi. MIGA (XIHA) Jahon banki (World bank
group)ning tarkibiy qismi hisoblanadi va shtab kvartirasi Washington
shtati(AQSh)da tashkil etilgan.
Bu tashkilot 1988-yilda aynan rivojlanayotgan dvlatlarga investitsiyalar
kiritish riskni va xavfni oldini olish hamda ular faoliyatini sug‘urtalash uchun
tashkil etilgan.
Xalqaro
investitsiyalarni
himoyalash
agentligining
bosh
maqsadi
―rivojlanayotgan davlatlarda investitsiyalarni jalb qilish natijasida iqtisodiy
rivojlanish qo‘llash, kambag‘allik darajasi payastirish va aholining turmush
darajasini yaxshilashga erishishdir. Bu maqsadli proyekt orqali yangi ish o‘rinlarini
yaratish, infrotuzilmani yaxshilash, yangicha qulay soliq turlarini yaratish va
albatta malakatlardagi mavjud natural resurslardan unumli foydalanishga erishish
niyat qilingan. Bu maqsadga erishish uchun alohida tizimlar va dasturlar ishlab
chiqiladi.
Xalqaro investitsiyalarni himoyalash agentligi o‘z shtatining a‘zolari
tomonidan boshqariladi, leking uning o‘zining yakka rahbari va kunlik
148
operatsiyalar bilan ishlaydigan ishchilar guruhi yo‘q. uning aksiyadorlari davlatlar
a‘zolari hisoblanadi va ular masalalar bo‘yicha ovoz berish huquqiga ega
bo‘ladilar. Bu tashkilot uzoq muddatli qarz va investitsiyalarni sug‘urtalaydi va
boshqa aktiv va shartnomalarni ham sug‘urta qiladi. Bu agentlini jahon bankining
Independent Evaluation Group tashkiloti tomonidan nazorat qilinadi.
1985-yilda, jahon bankining bank kengashi tomonidan ko‘p tomonlama
investitsiya kafolat agentligi (MIGA) konvensiyasini qabul qildilar. MIGA 1988-
yil 12-aprelda asos solindi va o‘z faoliyatini boshladi. Bu Yoshio Terasava
boshchiligida amalga oshirilgan va bu tashkilot jahon bank guruhining beshinchi
organizatsiyasi bo‘ldi. MIGA dastlab 1milliard dollar( 2012-yilda 1.94 millard
dollarga teng)lik kapitalga ega bo‘lgan va uning 29ta a‘zosi bo‘lgan. Xalqaro
tiklanish va taraqqiyot bankining barcha a‘zolari bu organizatsiya a‘zosi bo‘ldi.
MIGA rivojlanayotgan mamlakatlarda investitsiylar uchun notijorat risklarni
sug‘urtalashga harakat qiladi va investorlarning ishonchini oshirishga karakat
qiladi. Organizatsiyaning siyosiy vakolati xususiy va milliy riskli sug‘urta bozorini
nafini oshirishdir. Har tomonlama kafolatlovchidek xizmat ko‘rsatishi orqali
agentlik investor mamlakat bilan qabul qiluvchi mamlakat o‘rtasidagi qarama-
qarshilik ehtimolini qisqartiradi.
MIGA notijorat riskining beshta turini qoplash uchun sug‘urta taklif qiladi:
kovertatsiyalanmaydigan valuta va transfer taqiqlari; milliylashtirish; urush,
terrorizm va xalq tartibsizligi; shartnomaning bo‘limlari; moliyaviy
obligatsiyalarning qoniqarsizligi. Agentlik capital, kredit, aksionerlarning qarzi va
aksionerlarining qarzini kafolatlari singari investitsiyalarni qoplaydi. Agentlik
shuningdek menejment sharnomalari, aktiv sekuritizatsiyasi, obligatsiyalar, lizing
faoliyati, franchiza shartnomalari va litsenziya shartnomalarini singari
investitsiyalarni sug‘urtalashi mumkin. Agentlik 15 yilgacha sug‘urtani qoplashi
mumkin va muddatni loyixaning tabiiy va moliyaviy holatiga bog‘liq holatda yana
besh yil berishi mumkin. Qachon sug‘urta orqali himoyalanadigan holat yuz bersa,
agentlik investitsiya kiritilgan mamlakatga nisbatan investorning huquqlari
o‘rganilib xarajatlarni birgalikda qoplaydilar. Ammo agentlikning konvensiyasida
azo mamlakatlar chet el investitsiyalarini tuzatmasa ham bo‘ladi. Ko‘p tomonlama
institute sifatida MIGA sug‘urta talablarini qondirishdan oldin u baxslarni
yechishga harakat qiladi.
Agentlikning kichik investitsiya programmasi kichi va o‘rta biznesga chet el
investitsiyalarini oshiri uning maqsadi hisoblanadi. Bu loyiha shartnoma
bo‘limlarini qoplamasligidan tashqari qolgan barcha standart polash turlarini taklif
qiladi. Loyiha orqali kichik va o‘rta bizneslar chegaralangan sug‘urta haqlari va
arizasiz to‘lovlar ( katta investorlar bundan mustasno)ga ega bo‘ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |