2.2. Qiymat shakllarining evolyusiyasi.
2.3. Oltin pul sifatida.
bo‗lishi natijasida odamlar o‗rtasida ayirboshlash bilan bog‗liq ziddiyatlar va
«ehtiyojlarning bir – biriga mos kelmasligi» kabi muammolar barham topdi.
Pulning vujudga kelishi, uning evolyusion rivojlanishi, nazariyasi, mohiyati va
funksiyalari haqida xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlar, nazariyachilar,
mutaxassislar juda ko‗p ilmiy asarlar, maqolalar va tadqiqot ishlari yaratgan.
Hozirgi kunda ham ushbu jarayon davom etmoqda. Iqtisodiy adabiyotlarda pulning
vujudga kelishi va uning hozirgi kundagi ko‗rinishi haqida yagona yondashuv
bergan ayirboshlash munosabatlarini amalga oshirish jarayoniga e‘tibor qaratish
lozim. Chunki, aynan mana shu tabiiy ayirboshlash jarayoni hozirgi kunda siz bilan
biz kundalik hayotda va hisob – kitoblarda foydalanib kelayotgan pulning vujudga
Frederic S.Mishkin. The economics of money, banking and financial markets. Pearson Education Limited pp.
kelishiga zamin yaratgan. Xususan, pulning vujudga kelishiga quyidagi omillar
asos bo‗lib xizmat qiladi:
qadimgi davrda odamlar o‗z ehtiyojidan ortib qolgan
iste‘mol mahsulotlari turib qolmasligi va saqlashning
imkoniyati bo‗lmaganligi bois ularni o‗zlariga yaqin yoki
tanish odamlarga bergan, bu o‗z – o‗zidan odamlar o‗rtasida
stixiyali ravishda bir tomonlama ayirboshlash munosabatlari
vujudga kelishiga sabab bo‗lgan;
Keyinchalik odamlarning ongi, dunyoqarashi va hayot kechirish tarzi
rivojlanganligi natijasida, ikki tomonloma ayirboshlash munosabatlari vujudga
kela boshladi. Bu davrda, kishilarda o‗ziga zarur bo‗lmagan buyumning o‗rniga
nimadir olish evaziga, ikkinchi kishiga berishi lozimligini anglay boshladilar.
Bularning barchasi dastlab stixiyali ravishda sodir etilib, bu odamlarning
kundalik uchun zarur bo‗lgan buyumlar, oziq – ovqatlar, kiyim – kechaklar va
boshqa ehtiyojlarini qondirish natijasida ro‗y bergan. Bu davr ishlab chiqarish
usulining natural xo‗jalik tuzumi davriga borib taqaladi. Ma‘lumki, natural xo‗jalik
tuzumidan ilgarigi davrda har bir kishi kunlik ehtiyoj uchun zarur bo‗lgan
mahsulotni mustaqil ravishda ishlab topgan (yaratgan)ligi bois, ular o‗rtasida
ayirboshlash munosabatlariga ehtiyoj mavjud bo‗lmagan.
Yuqorida qayd etilgan ikki omil, kishilar o‗rtasida ayirboshlash
munosabatlarining shakllanishiga zamin yaratdi, natijada odamlar ixtiyoridagi
ortiqcha mahsulotni o‗zi uchun zarur bo‗lgan boshqa mahsulotga ayirboshlashga
ehtiyoj seza boshladi.
Ayirboshlash– bu kishilarning istak – xohishlari va ehtiyojlari mahsuli
sifatida amalga oshiriladigan jarayon bo‗lib, buning natijasida, tomonlar ehtiyojini
qondirish maqsadida ixtiyoridagi narsadan voz kechib, zarur bo‗lgan narsaning
o‗rniga berishdir. Ayirboshlash kishining ehtiyoji bo‗lgan buyumga ega bo‗lish
imkoniyatini beradigan jarayondir.
Demak, ayirboshlash ―A‖ va ―B‖ tomonlar o‗rtasidagi o‗zaro kelishuv
natijasida sodir bo‗ladigan jarayon bo‗lib, ―A‖ o‗ziga tegishli tovar yoki xizmatini
―B‖ tomonning tovar yoki xizmati uchun berishdir. Madomiki, ushbu almashuv
jarayoni ikki tomonga ham iqtisodiy jihatdan foydali bo‗lib, ―A‖ tomon voz
kechgan tovar yoki mahsulot o‗rniga o‗zi uchun zarur bo‗lgan, undan ham
foydaliroq tovar yoki xizmatni oladi.
PUL NIMA?
Agar siz Amerikada mustakillik uchun kechgan urushdan ilgari
yashaganingizda, sizning pullaringiz asosan ispan kumush tangalardan iborat
bular edi. (kumush tangalar «pieces of eight» deb nomlanar edi). Fukarolik