Foydalanuvchanlik.
Kompyuter xavfsizligi axborot va axborot
tizimlarini ruxsatsiz foydalanish, ochish, buzish, o‘zgartirish yoki yo‘q
qilishdan himoya qilishni anglatib, uning eng muhim maqsadi axborot
konfidensialligini, yaxlitligini va foydalanuvchanligini ta’minlashdir.
Kompyuter tizimlaridan ma’lumotlarni saqlash va ishlash uchun
foydalanilsa, xavfsizlikni nazoratlash vositalari ma’lumotlarning
suiste’mol qilinishidan himoyalashda ishlatiladi. O‘z navbatida, axborot
tizimlarining o‘z maqsadiga erishishiga imkon beruvchi
foydalanuvchanlikni ta’minlash muhim hisoblanadi.
Foydalanuvchanlik tushunchasiga turli soha korxonalari va olimlar
tomonidan turlicha ta’riflar keltirilgan, xususan:
-
konfidensial ma’lumotlarga yoki manbalarga ehtiyoji bo‘lganlar
uchun foydalanish imkonini berish;
-
vakolatli foydalanuvchilarning ma’lumotlardan va axborot
tizimlaridan o‘z vaqtida va ishonchli foydalanish imkoniyati;
-
obyektlardan qonuniy foydalanish imkoniga ega vakolatli
shaxslarning tizimga kirishiga to‘sqinlik qilmaslik;
-
tizimlarning tezkor ishlashini va qonuniy foydalanuvchilarga rad
etilmaslikni kafolatlash.
Hozirda barcha sohalarda axborot texnologiyalarining keng joriy
qilinishi tashkilot yoki korxonalar faoliyatini yuritishda muhim ahamiyat
kasb etayotgan bo‘lsada, tashkilotda axborot tizimlari bilan bog‘liq
muammo kuzatilsa, uning faoliyati katta yo‘qotishlarga duch kelishi
mumkin. Faraz qilaylik, xosting provayderlarida xizmat ko‘rsatishda
99% foydalanuvchanlik ta’minlangan bo‘lsin. Bu qiymat ko‘rinishdan
katta bo‘lsada, bir yilda 87 soat (3.62 kun) xizmat ko‘rsatilmaganligini
anglatadi. Bu vaqt ichida tashkilot, xizmat ko‘rsatish hajmiga bog‘liq,
turlicha zarar ko‘rgan bo‘lishi mumkin. Yuqoridagi holda, hattoki 99.9%
xizmat ko‘rsatishda foydalanuvchanlikka erishilgan bo‘lsada, yiliga
9 soat yo‘qotish kuzatiladi.
Xizmat ko‘rsatishdagi mazkur zararlarni kamaytirish nafaqat
Facebook yoki Amazon kabi yirik korporasiyalar uchun, balki barcha
tashkilotlar uchun ham muhim hisoblanadi. Xususan, 2013 yilda 30
Document Outline - 4-BOB. FOYDALANISHNI NAZORATLASH
- 4.4. Ma’lumotlarni fizik himoyalash
- 5-BOB. TARMOQ XAVFSIZLIGI
- 5.1. Kompyuter tarmoqlarining asosiy tushunchalari
- 5.2. Tarmoq xavfsizligi muammolari
- 5.3. Tarmoq xavfsizligini ta’minlovchi vositalar
- 5.4. Simsiz tarmoq xavfsizligi
- 5.5. Risklar va risklarni boshqarish
- 6-BOB. FOYDALANUVCHANLIKNI TA’MINLASH USULLARI
- 6.1. Foydalanuvchanlik tushunchasi va zaxira nusxalash
Do'stlaringiz bilan baham: |