???? Perindopril atm toshkent aptekalarida narxlari, dori haqida malumot, qollanishi va analoglari Apteka uz saytida apteka uz


Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri



Download 119,81 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana03.02.2022
Hajmi119,81 Kb.
#426482
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
????Perindopril ATM Toshkent aptekalarida narxlari, dori haqida malumot, qollanishi va analoglari Apteka

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri
Diuretiklar
Diuretiklar bilan davolash vaqtida, ayniqsa elektrolitlarni yo‘qotilishi va/yoki
gipovolemiyasi bo‘lgan pasientlarda AAF ingibitorlari bilan davolash boshlanganidan
keyin arterial bosimni haddan tashqari pasayishi rivojlanishi mumkin. Keyinchalik
dozasini asta-sekin oshirish bilan perindoprilning past dozalari bilan davolashni
boshlashdan oldin diurektiklar bilan davolashni to‘xtatish, AYUQX yoki tuzni iste‘mol
qilishni oshirish yo‘li orqali gipotenziv samaralarning ehtimolini kamaytirish mumkin.
Kaliy tejovchi diuretiklar, kaliy preparatlari va kaliy saqlovchi tuz o‘rnini bosuvchi vositalar
Garchi zardobdagi kaliyning darajasi norma chegarasida saqlanib qolsada, perindopril
bilan davolash vaqtida ayrim pasientlarda giperkaliemiya rivojlanishi mumkin.
Kaliy tejovchi diuretiklar (masalan spironolakton, triamteren yoki amilorid), kaliy
preparatlari yoki kaliy saqlovchi tuz o‘rnini bosuvchi vositalar kaliyning darajasini
ahamiyatli oshishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun perindoprilni yuqorida
ko‘rsatilgan preparatlar bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi. Agar bu preparatlarni birga


qo‘llash gipokaliemiya bilan bog‘liq bo‘lsa, ularni kaliyning darajasini muntazam nazorat
qilib ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak.
Litiy preparatlari
Litiy preparatlarini AAF ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llaganda litiyning zardobdagi
konsentrasiyasini va toksikligini qaytuvchan oshishi aniqlangan. Tiazid diuretiklarini bir
vaqtda qo‘llash litiy preparatlarining toksiligi xavfini oshirishi va AAF ingibitorlarini
yondosh qabul qilish vaqtida litiyning toksikligini yuqori xavfini oshirishi mumkin.
Perindprilni litiy preparatlari bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi, lekin bunday majmuani
qo‘llash zarurati bo‘lganida litiyning zardobdagi darajasini sinchkovlik bilan monitoringini
olib borish kerak.
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYAQP), shu jumladan sutkada ˃3 g dozadagi
asetilsalisil kislotasi
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni buyurish AAF ingibitorlarining gipotenziv
samarasini kamaytirishi mumkin. Bundan tashqari, NYAQP va AAF ingibitorlari kaliyning
darajasini oshishi yuzasidan additiv samaraga ega va buyrak faoliyatini yomonlashishiga
olib kelishi mumkin. Odatda bu samaralar qaytuvchan xarakterga ega. Kam hollarda,
ayniqsa buyrak faoliyatini susayishi bo‘lgan pasientlarda (keksa yoshdagi yoki
degidratasiyasi bo‘lgan shaxslarda) o‘tkir buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin.
Gipotenziv preparatlar va vazodilatatorlar
Bu preparatlarni bir vaqtda qo‘llash perindoprilning gipotenziv ta‘sirini kuchaytirishi
mumkin. Nitrogliserin va boshqa nitratlarni yoki boshqa vazodilatatorlarni bir vaqtda
qabul qilish arterial bosimni qo‘shimcha pasayishiga olib kelishi mumkin.
Antidiabetik preparatlar
Epidemiologik tadqiqotlar AAF ingibitorlari va diabetga qarshi preparatlarni (insulinlar,
peroral gipoglikemik vositalar) majmuaviy qo‘lash gipoglikemiya xavfi bilan kechuvchi
gipoglikemik samarani kuchayishini chaqirishi mumkinligini ko‘rsatdi. Buyrak faoliyatini
buzilish bo‘lgan pasientlarda majmuaviy davolashning birinchi xaftasida davomida
rivojlanish ehtimoli yuqoriligi aniqlangan.
Asetilsalisil kislotasi, trombolitiklar, beta-blokatorlar, nitratlar
Perindoprilni asetilsalisil kislatasi (trombolitik sifatida qo‘llanilganda), trombolitik
vositalar, beta-blokatorlar va/yoki nitratlar bilan bir vaqtda buyurish mumkin.
Trisiklik antidepressantlar/antipsixotik vositalar/anestetiklar


Ayrim anestetiklar, trisiklik antidepressantlar va antipsixotik vositalarni AAF ingibitorlari
bilan bir vaqtda qo‘llash AB ni qo‘shimcha pasayishiga olib kelishi mumkin.
Simpatomimetiklar
Simpatomimetiklar AAF ingibitorlarining gipotenziv samarasini kamaytirishi mumkin.
Oltin preparatlari
In‘eksion oltin preparatlari (natriy aurotiomalati) va AAF ingibitorlari, shu jumladan
perindopril bilan yondosh davolash buyurilgan pasientlarda nitroid reaksiyalar (yuzni
qizarishi, ko‘ngil aynishi, qusish va gipotenziyani o‘z ichiga oluvchi simptomlar) qayd
etilgan.
Antasidlar perindprilning biokiraolishligini kamaytirishi mumkin.
AAF ingibitorlari, ATII (BRAII) reseptorlari blokatorlari, reninning bevosita ingibitorlarini bir
vaqtda qo‘llaganda giperkaliemiya, buyrakni shikastlanishi, gipotoniya rivojlanishi xavfi
oshadi.
Renin-angiotenzin-aldosteron tizimini ikki tomonlama blokadasi
RAAT ni AAF, BRA II ingibitori yoki Aliskiren tomonidan ikki tomonlama blokadasi har
qanday pasientga, ayniqsa diabetik nefropatiyasi bo‘lgan pasientlarga tavsiya etish
mumkin.
Qandli diabeti yoki o‘rtacha/og‘ir buyrak yetishmovchiligi (KFT˂60 ml/min/1,73 m
2
)
bo‘lgan pasientlarda Aliskirenni AAF yoki BRA II ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llash
mumkin emas.
AAF va BRA II ingibitorlarini birga qo‘llash ko‘rsatilgan ayrim holatlarda mutaxassisning
sinchkovlik bilan kuzatuvi va buyrak faoliyati, suv-elektrolit muvozanati, arterial bosimni
monitoringi zarur.

Download 119,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish