???? Perindopril atm toshkent aptekalarida narxlari, dori haqida malumot, qollanishi va analoglari Apteka uz saytida apteka uz



Download 119,81 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana03.02.2022
Hajmi119,81 Kb.
#426482
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
????Perindopril ATM Toshkent aptekalarida narxlari, dori haqida malumot, qollanishi va analoglari Apteka

 
Farmakologik xususiyatlari
Perindopril-MIK ning farmakologik ta‘sirini ta‘minlovchi faol modda perindoprildir.


Perindopril angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorilari guruhiga mansub
bo‘lib, gipotenziv, qon tomirlarni kengaytiruvchi, kardioprotektiv, natriyuretik ta‘sir
ko‘rsatadi.
Organizmda faol metaboliti – perindoprilatga (karboksil guruhini saqlaydi) aylanadi, u
AAF tarkibidagi rux atomi bilan o‘zaro ta‘sir qiladi. Plazmada, tomirlar devorini
endoteliysida, ehtimol buyrak kalavalari va naychalarining xujayralarida, o‘pkalar, yurak,
buyrak usti bezlari va bosh miyaning to‘qimalaridagi AAFni faolsizlantiradi. Qonda va
to‘qimalarda angiotenzin II ning darajasini pasaytiradi, buyrak usti bezlari tomonidan
aldosteronni ishlab chiqarilishi va ajralib chiqishini kamaytiradi, simpatik nerv tolalarining
oxirlaridan noradrenalinning liberasiyasini va qon tomirlar devorida endotelinni hosil
bo‘lishini bostiradi, bradikinin, vazodilatator prostaglandinlarning konsentrasiyasini
oshiradi (AAF faol bo‘lmagan angiotenzin I ni qon tomirlarni toraytiruvchi ta‘sir
ko‘rsatuvchi angiotenzin II ga aylantiradi, shuningdek qon tomirlarni kengaytiruvchi
faollikka ega bo‘lgan bradikinin va prostaglandinlarning degradasiyasini chaqiradi).
Kallikrein-kinin tizimining faolligini oshiradi, yurak bo‘lmachalaridagi endotelinga bog‘liq
relaksasiya qiluvchi omil – natriyuretik peptidning darajasini barqarorlashtiradi.
Angiotenzin II ni hosil bo‘lishini pasayishi qon plazmasida reninning faolligini oshishi
bilan kechadi (manfiy teskari aloqani susayishi oqibatida).
UPTQ, AB ni (taxikardiyani rivojlanishisiz), chap qorinchaning to‘lish bosimini pasaytiradi
(uning diastolik bo‘shashishini yaxshilaydi). Arterial va vena qon tomirlarining kengayishi
miokardga keyingi va old yuklamani susayishi, yurakning qorinchalarida yakuniy diastolik
bosimni kamayishi, yurakdan otilib chiqayotgan qon hajmini oshishi bilan kechadi.
Regionar (koronar, serebral, buyrak, mushak) qon aylanishini yaxshilaydi, YUIKda
miokardning kislorodga bo‘lgan ehtiyojini kamaytiradi. To‘qimalarning renin-angiotenzin
tizimlarini ingibisiya qilib, kardioprotektiv (chap qorinchaning gipertrofiyasini kamaytiradi)
va angioprotektiv ta‘sir ko‘rsatadi (qon tomirlarning silliq mushak xujayralarining
giperplaziyasi va proliferasiyasini oldini oladi, qon tomirlar devorining gipertrofiyasini
ortga rivojlanishini induksiya qiladi, yirik qon tomirlarning elastikligini va endoteliyning
faoliyatini, shu jumladan azot oksidini, endotelial relaksasiya qiluvchi omilni ajratib
chiqarish qobiliyatini tiklaydi).
Perindopril miokarning subendokardial qavatlarida kollagenning ortiqcha to‘planishini
kamaytiradi, miozinning izoferment profilini normallashtiradi, qorinchalar va reperfuzion
aritmiyalarning paydo bo‘lish tez-tezligini kamaytiradi. Qon tomirlarga pressor, shu
jumladan adrenergik ta‘sirlarni minimallashtiradi, organizmda natriyni tutilishini oldini
oladi, natriyurez va diurezni kuchaytiradi.


Asetilsalisil kislotasini har kungi qabul qilish fonida gemostaz ko‘rsatkichlariga ta‘sir
ko‘rsatadi (fibrinogen darajasini va VII va X omillarining faolligini oshishi AT III iste‘mol
qilinishi fonida fibrinolizning kuchayishi bilan kompensasiya qilinadi).
Periferik to‘qimalarni insulinning ta‘siriga sezuvchanligini oshiradi va glyukozaning
metabolizmini yaxshilaydi.
Nitratlarga tolerantlikning rivojlanishini tormozlaydi va ularning vazidilatator ta‘sirini
kuchaytiradi.
Bir martalik 4-8 mg doza bir marta qabul qilinganidan keyin AB 4-6 soat o‘tgach pasayadi.
Preparat har kungi takroriy qabul qilinganida 24 soat davomida davom etadigan uzaygan
gipotenziv ta‘sir ko‘rsatadi.
Antigipertenziv samara dozaga (2-8 mg diapazonda) bog‘liq. 2 mg dozada ta‘sir
cho‘qqisida AAF ni 80% ga ingibisiya qiladi va 24 soat o‘tgach 60% ga ingibisiya qiladi,
doza 8 mg gacha oshirilganida ingibisiya qiluvchi faolligi muvofiq 95% va 75% ga oshadi.
Davolashga ijobiy javobi bo‘lgan bemorlarda AB 1 oy davomida normallashadi va
davolash vaqtida norma chegarasida saqlanadi.
Davolash vaqtida yurak yetishmovchiligining klinik belgilarini ishonchli yaxshilanishi,
jismoniy yuklamaga (valoergometrik sinamaning ma‘lumotlari bo‘yicha) tolerantlikni
oshishi kuzatiladi.
Surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda klinik simptomlarning yaqqolligini
statistik ishonchli kamaytiradi va jismoniy yuklamaga tolerantlikni oshiradi. Birinchi
qabuldan keyin va davomli davolash davomida AB ni o‘zgarishlarini chaqirmaydi.
Surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda olti oy davomida qabul qilinganida
perindopril yirik, o‘rta va mayda bronxlarning o‘tkazuvchanligini yaxshilaydi (mayda
bronxlarda o‘tkazuvchanlikni oshishi chekuvchi pasientlarda yaqqolroq namoyon bo‘ladi).
Portal gastropatiya fonida me‘da shilliq qavatining eroziyalari va yaralarini yo‘qotish bilan
yaralanishi va qonashini kamaytiradi.
YUZLP darajasini oshiradi; giperurikemiyasi bo‘lgan bemorlarda siydik kislotasining
konsentrasiyasini kamaytiradi.
Antioksidant xususiyatlarni namoyon etadi.
Perindopril bilan uzoq muddat davolash buyrak faoliyatining buzilishiga olib kelmaydi va
qondagi kaliyning darajasiga ta‘sir qilmaydi. Buyrak bosimi, odatda oshadi, ayni paytda
glomerulyar filtrasiya esa o‘zgarishsiz qoladi.


Davolashni to‘xtatishni bekor qilish sindromining rivojlanishi bilan kechmaydi.
In vitro va in vivo sharoitdagi tekshirishlarda mutagenlik belgilari, kalamush va
sichqonlarda uzoq vaqt qo‘llanganida – kanserogen xususiyatlari, shuningdek
kalamushlar, sichqonlar, quyonlar va maymunlarda embriotoksiklik belgilari va teratogen
ta‘siri aniqlanmagan. Yuqori dozalarda kemiruvchilar va quyonlarning ona organizmi va
homila organizmiga toksik ta‘sir qiladi, kalamushlarning ko‘krak sutiga o‘tadi.

Download 119,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish