Tayanch tushunchalar lug‘ati:
Didaktika – (yunoncha didaktikos “o‘rgatuvchi”, didasko esa – “o‘rganuvchi”) - pedagogik fan bo‘lib, u ta’limning nazariy jihatlari (ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatlari, ta’lim maqsadi, shakl, metod va vositalari, natijasi va hokazolar)ni o‘rganadi.
Bilim – tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui bo‘lib, ular o‘quvchining ongida borliq tushunchalari, sxemalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etadi.
Bilim olish – idrok etish, o‘rganish, mashq qilish va egallangan tajriba asosida xulq va faoliyatda yangi shakllarning yuzaga kelishi, mavjud bilimarining o‘zgarab, takomillashib, boyib borish jarayoni.
Ta’lim - qo‘yilgan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan o‘qituvchi va o‘quvchining maqsadli o‘zaro harakatlari. Ularning birgalikdagi faoliyati ikki tomonlama aloqani tashkil etish jarayonidir.
Ko‘nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
Malaka – muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
Ta’lim maqsadi (o‘qish, bilim olish maqsadi) – ta’limning nimaga intilayotgani, uning urinishlari yo‘naltirilgan.
Mazmun (ta’lim, bilim olishning mazmuni) – ta’lim jarayonida o‘quvchi egallab olishi zarur bo‘lgan ilmiy bilimlar, amaliy ko‘nikma va malakalar, faoliyat hamda fikrlash usullarining tizimi.
Ta’lim natijasi (ta’lim mahsuli) –ta’lim nimaga erishishini qayd etuvchi tushuncha, o‘quv jarayonining oqibati, belgilangan maqsadni amalga oshirish darajasi.
Pedagogik paradigma – (yunoncha paradeigma - misol, namuna) – pedagogika fani rivojining har bir bosqichida ta’limiy va tarbiyaviy muammolarni hal etish namunasi (modeli, standarti) sifatida ilmiy pedagogik hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan nazariy hamda metodologik ko‘rsatmalar to‘plami bo‘lib, u ta’limning konseptual modeli sifatida qo‘llaniladi.
Verbal – so‘z bilan, og‘zaki.
Gnostik – o‘rganuvchi.
Nazorat uchun savollar:
“Didaktika” tushunchasini ta’riflab bering.
Didaktikaning predmeti va obyekti nimalardan iborat?
Didaktikaning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Didaktikaning asosiy kategoriyalari qaysilar?
Didaktik konsepsiyalardan qaysilari bilan tanishsiz?
Rivojlantiruvchi konsepsiyaning mohiyati nimadan iborat?
Rivojlantiruvchi ta’limnig asosiy tamoyillari qaysilar?
Muammoli ta’limning mohiyati nimadan iborat?
“Ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyatlari” tushunchasini Siz qanday tushunasiz?
Zamonaviy didaktik tizimning o‘ziga xos belgilari nimalardan iborat?
Pedagogik paradigma nima? Ta’limning asosiy paradigmalarini aytib bering.
Testlar topshiriqlari:
Didaktika deb nimaga aytiladi?
a) didaktika bu shaxsning rivojlanishi qonuniyatlari haqidagi fan;
v) ta’lim mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarini ilmiy asoslab beruvchi ta’lim pedagogik nazariyasi, pedagogikaning sohasi;
s) bola shaxsini shakllantirish qonuniyatlari haqidagi fan;
d) tarbiyalovchi ta’lim mohiyatini o‘rganadigan soha;
ye) darsni samarali tashkil etish shartlarini belgilaydigan yondashuv.
2. Umumiy didaktikaning predmeti nimadan iborat?
a) dars o‘tish va bilim olishning o‘zaro aloqalari va bog‘liqligi;
v) alohida fanga ta’lim nazariyasi
s) ta’lim faoliyatning alohida turi sifatida
d) ta’lim jarayonida shaxsning psixologik rivojlanishi
ye) o‘quvchilarni shakllantirish va ta’lim olishning ijtimoiy sharoitlari.
3. qaysi javob variantida didaktikaning asosiy kategoriyalari ko‘rsatilgan?
a) tarbiya, shakllantirish, rivojlantirish, ta’lim, taksologiya;
v) sinf-dars tizimi, jarayon, tuzilish, boshqarish, qayta aloqa;
s) muqobillik, sinf, samaradorlik, idrok qilish, o‘zlashtirish, o‘quv fani
d) dars o‘tish, bilim olish, ta’lim, ta’lim jarayoni, shakl, metod;
ye) o‘quvchi, tarbiya, shakllantirish, boshqarish, natija.
Bu ifoda ta’limning qaysi paradigmasi g‘oyasini ifodalaydi: «... paradigmalar o‘quvchini hayot subyekti sifatida o‘zini rivojlantirish ehtiyojiga ega erkin va ma’naviy shaxs sifatida, diqqat markaziga qo‘yadi»?
a) an’anaviy (bilimli);
v) texnokratik;
s) insonparvarlik (fenomenologik);
d) ezoterik;
ye) ratsionalistik (bixevioristik).
Do'stlaringiz bilan baham: |