birinchidan. muloqotda har bir o‘quvchiga alohida e’tibor va dilkashlik, sinf jamoasi bilan umumiy muloqot jarayonini soddalapggiradi, o‘qituvchining erkin pedagogik faoliyati uchun zamin tayyorlaydi, ziddiyatli vaziyatlarni oson hal qiladi;
ikkinchidan: har bir o‘quvchi bilan o‘zaro munosabatni erkin muloqot asosida tashkil qilish, ularning yosh xususiyatlariga monand pedagogik va psixologik muloqot uslublarini tanlash, uning ruhiyatini bilishga, ichki dunyosiga “kirib borish”ga yo‘l ochadi;
uchinchidan: pedagogik muloqotda o‘qituvchining ma’naviy-axloqiy normalari muvaffaqiyatlar kaliti bo‘lib, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshiradi, muloqotning barcha bosqichlarida o‘qituvchining o‘z faoliyatidan qoniqish hissini xotirjamligini ta’minlaydi.
O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqot madaniyati individual uslublarini shakllantirish metodikasi quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
1. O‘quvchilar bilan muloqot qilish madanshggining individual shaxsiy xususiyatlarini o‘rganishi O‘kuvchilar shaxsiy xususiyatlarini mustaqil tahlil qilish, har tomonlama tavsif berish, o‘qituvchining muloqotni to‘g‘ri tashkil etishi asosida amalga oshadi.
2. Shaxsiy muloqotda ro‘y beradigan kamchiliklarni aniqpash va darhol ularga barham berish choralarini izlab topish: muloqotda qo‘pollik, mensimaslik va boshqa salbiy holatlarni yengish.
3. O‘qituvchi o‘zi uchun muloqot madaniyatining qulay bo‘lgan uslublarini ishlab chiqishi va o‘z-o‘zini kuzatish bilan yutuq va kamchiliklarni taqqoslash.
4. O‘zining muloqot madaniyati uslublariga muvofiq keluvchi milliy an’ana va ma’naviyatimizga xos jihatlardan unumli foydalanish.
5. Muloqot madaniyatida pedagogik faoliyat qonuniyatlaridan chetga chiqmaslik, bu uslubni mustahkamlash (pedagogik amaliyot va malaka oshirish jarayonida).
Pedagogik faoliyatni endigina boshlayotgan yosh o‘qituvchilar o‘z kasbiy mahoratlarini oshirish maqsadida o‘quvchilar bilan muloqot madaniyatini shakllantirish ustida muntazam ish olib borishlari zarur. Ta’lim-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda pedagogik muloqot madaniyati o‘qituvchi va o‘kuvchilarning bevosita o‘zaro munosabatini ma’lum bir maqsad sari hamjihatlikka yo‘naltiruvchi kuchdir.
Bu o‘rinda o‘qituvchi kuyidagi vaziyatlarni e’tiborga olishni alohida ta’kidlash lozim:
- o‘qituvchining ilk tarbiyaviy faoliyatidan boshlab muloqot madaniyatiga rioya qilishi, bu jarayonda o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasi bilan har kungi muomalani vaziyatga qarab rejalashtirishi, har bir harakat, so‘z ohangiga e’tibor, ananaviy muloqotning eng yaxshi xususiyatlarini o‘zlashtirishi;
- muloqot asosida sinf jamoasidagi turli vaziyatlarni qayd etish, o‘quvchilar xatti -harakatining oldingi holati bilan, tarbiyaviy faoliyatdan keyingi holatini qiyoslab chiqib baho berish;
- o‘z muloqot uslubi natijalarini tanqidiy nukgai nazardan tahlil qilib, kamchiliklarni uzluksiz bartaraf etib borish. Zarur so‘z, ovozdagi yoqimli ohang, xulq-atvorni vujudga keltirish;
- pedagogik muloqot madaniyatining samarali kechishi uchun uning shart-sharoitlarini bilib olishning o‘zi kifoya qilmaydi, o‘kuvchilar bilan o‘zaro muomalaning “ustoz-shogird” an’analariga xos boshlanishi va o‘zaro fikr almashish asosida muhim vazifalarni hal qilish bilan muomala obyektining diqqatini o‘ziga jalb qilish;
- muloqot obyekti, ya’ni o‘quvchining diqqatini o‘ziga jalb qilish deganda nimani anglash kerak? Buning ma’nosi o‘qituvchi o‘zining xushmuomalaligi, madaniyati, go‘zal xulqi, muloqotda o‘quvchilar qalbiga yo‘l topa olishi bilan o‘z mahoratini namoyish qilib, muloqot madaniyatining tashkiliy shakllariga ijtimoiy-psixologik negizni asos qilib olishidir.
2.O‘QITUVCHINING PEDAGOGIK, PSIXOLOGIK VA METODIK BILIMLARI.
O‘qituvchi - pedagogik va psixologik jihatdan o‘z ixtisosligi bo‘yicha maxsus malumotga ega, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy fazilatlarga boy ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi shaxsdir.
O‘qituvchi ta’lim jarayonida o‘qitish shakllarini optimal darajada tashkil etishni, barkamol shaxsni shakllantirish nazariyasini turli yangi goyalar bilan boyitshpni puxta bilishi lozim.
Hozirgi kunda o‘qituvchining pedagogik mahoratida "Bilish, tushunish, ko‘llash, tahlil qilish, sintez qilish, baholash" kabi didaktik qonuniyatlar ta’lim berishning muhim kategoriyalari sifatida e’tirof etilgan.
Shaxsga ta’lim-tarbiya berish nihoyatda murakkab jarayon, qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgan. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uni tashkil etish mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilovchi muhim ahamiyatga molik bo‘lgan omil ekanligi ta’kidlanadi.
O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchi kadrlarning ma’naviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo‘yilgan. Chunonchi, bu borada O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni qayd etadi: «Tarbiyachi - ustoz bo‘lish uchun, boshqalarning aql-idrokini o‘stirishi, ma’rifat ziyosidan bahramand qilishi, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirishi uchun, eng avvalo, tarbiyachining o‘zi ana shunday yuksak tapablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi kerak».
Bugungi kun o‘qituvchisiga nisbatan qo‘yilayotgan talablar mazmuni yil sayin yangilanib, zamon talablariga moslashib bormoqsa. Zamonaviy o‘qituvchi qanday bo‘lishi zarur?
Avvalo u o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim beradigan fanlardan pedagogik texnologiyalarga asoslangan ma’ruza, seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini mazmunan yaxlitligini ta’minlashi.
Pedagogik va axborot texnologiyalari hamda o‘quvchilar o‘quv faoliyatini faollashtiruvchi metoddarni qo‘llashi, o‘quv mappulotlarida pedagogik va axborot texnologiyalarining so‘nggi yutuqlarini uyg‘unlashtirish malakasiga ega bo‘lishi. Ta’lim muassasalarida fanlarni o‘qitish mazmuniga mos ravishda pedagogik tizimni loyihalay olishi.
Ta’lim beradigan fanlar turkumini rivojlantirish istiqbollarini ochib berishga qaratilgan ilmiy izlanishlarni muntazam amalga oshira olishi.
Ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda jahonning rivojlangan mamlakatlarida pedagogika va psixologiya sohasida erishilayotgan ilg‘or tajribalarni amalda modernizatsiya qilgan holda qo‘llashi.
O‘rta Osiyo mutafakkirlarining pedagogik qarashlari va ma’naviy meroslaridan ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda foydalana olishi.
Darsning barcha turlarida, mashg‘ulotlarda zamonaviy axborot texnologiyalari asosida o‘qitish metodlaridan foydalanishi.
O‘qitadigan fan turkumi bo‘yicha avtomatlashtirilgan ta’lim tizimi uchun amaliy dasturlar paketini yaratishi lozim.
Bizning nazarimizda, zamonaviy o‘qituvchi qiyofasidagi shaxs pedagogik-psixologik jihatdan yuksak tayyorgarlikka ega bo‘lishi uchun, unda quyidagi fazilatlar namoyon bo‘lishi kerak (so‘z yuritilayotgan sifatlar mohiyatan o‘qituvchi tomonidan amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifa, burch va mas’uliyatlarni ifodalaydi):
1.O‘qituvchi jamiyat ijtimoiy va siyosiy hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi hamda bu borada o‘kuvchilarga to‘gri, asosli ma’lumotlarni bera olishi lozim.
2. Zamonaviy o‘qituvchining ilm-fan, texnika va texnologiya yangilikpari va yutuqlaridan xabardor bo‘lishi talab etiladi.
3. O‘qituvchi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha chuqur, puxta bilimga ega bo‘lishi, o‘z ustida tinimsiz izlanishi shart.
4. O‘qituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilishi, ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘z faoliyatini tashkil etishi kerak.
5. O‘qituvchi ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda pedagogik va axborot texnologiyalarining eng samarali shakl, metod va vositalaridan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo‘lmog‘i lozim.
6. O‘qituvchi ijodkor, tashabbuskor va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lishi davr talabidir.
7. O‘qituvchi yuksak darajadagi pedagogik mahorat, chunonchi, kommunikativ layoqatni, pedagogik texnika sirlarini (nutq, yuz, qo‘l-oyoq va gavda harakatlari, mimika, pantomimika, jest) chuqur o‘zlashtirib olishga erishishi lozim.
Ayniqsa, o‘qituvchi o‘zining individual nutq madaniyatiga ega bo‘lishi zarur, uning nutqi quyidagi xususiyatlarni aks ettirishi kerak:
a) nutqning to‘g‘riligi;
b) nutqning aniqligi;
v) nutqning ifodaviyligi;
г) нутқнинг софлиги (унинг турли шева сўзларидан холи бўлиб, фақат абадий tilda ifoda etilishi);
-jargon (muayyan kasb yoki soha mutaxassisliklariga xos bo‘lmagan so‘zlar);
-varvarizm (muayyan millat tilida bayon etiladigan, o‘zga millatlarga xos so‘zlarni noo‘rin;
-vulgarizm (haqorat qilishda qo‘llaniladigan qo‘pol so‘zlar)
-konselyarizm (o‘rni bo‘lmagan vaziyatlarda rasmiy so‘zlardan foydalanish) O‘qituvchi pedagogik-psixologik muloqot jarayonining faol ishtirokchisi sifatida o‘zida bir qator sifatlarni tarkib topishiga erishishi zarur.
Chunonchi, u eng avvalo, mulohazali, bosiq, vaziyatni to‘g‘ri baholay oladigan, mavjud ziddiyatlarni o‘z iroda kuchi bilan bartaraf etishning uddasidan chiqa olishi zarur. O‘qituvchi, ota-onalar hamda hamkasblari bilan muloqot jarayonida fikrini aniq va to‘la bayon etilishiga ahamiyat qaratishi maqsadga muvofikdir. Ular bilan munosabat jarayonida so‘zni salbiy holatlar haqidagi dalillarni keltirishdan emas, aksincha, o‘kuvchi (yoki hamkasbi, ota-onalar)ning muvaffaqiyatlarini e’tirof etishi, ularniig yanada boyishiga ishonch bildirishi u bilan tillasha olishiga imkon beradi. Muloqot jarayonida o‘qituvchining so‘zlaridan suhbatdoshiga nisbatan xayrixohlik, samimiylik, do‘stona munosabat sezilib turishi, shuningdek, imkon qadar ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lishi zarur.
O‘qituvchining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi uning o‘quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar orasida obro‘-e’tibor qozonishini ta’minlaydi.
3.DTS
1.Davlat ta’lim standartining maqsadi — umumiy o‘rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.
2. Davlat ta’lim standartining vazifalari quyidagilardan iborat:
umumiy o‘rta ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
o‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quvchilari va bitiruvchilarining malakasiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
ta’lim va uning pirovard natijalari, o‘quvchilarning malaka talablarini egallaganlik darajasini tizimli baholash tartibini, shuningdek ta’lim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish;
davlat ta’lim standartlari talablarining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash.
3.Davlat ta’lim standarti quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi:
o‘quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi;
umumiy o‘rta ta’lim mazmunining insonparvarligi;
davlat ta’lim standartining ta’lim sohasidagi davlat va jamiyat talablariga, shaxs ehtiyojiga mosligi;
umumiy o‘rta ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi;
umumiy o‘rta ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi va yaxlitligi;
umumiy o‘rta ta’limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya texnologiyalariga asoslanilganligi;
o‘quvchilarda fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun tayanch va fanlarga oid umumiy kompetensiyalarni rivojlantirishning ta’minlanganligi;
rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida me’yorlarni belgilash tajribasidan milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish.
4.Davlat ta’lim standarti quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasi; umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi;
umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari; baholash tizimi.
5. Umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasi (keyingi o‘rinlarda — tayanch o‘quv reja deb ataladi) umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan o‘quv fanlari nomi, o‘quv yuklamasining minimal hajmi hamda ularning sinflar bo‘yicha taqsimoti belgilangan hujjat hisoblanadi.
6. Tayanch o‘quv reja umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining dars jadvalini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
7. Tayanch o‘quv reja umumta’lim fanlari bo‘yicha belgilangan ta’lim mazmunini o‘quvchiga yetkazish uchun ajratilgan o‘quv soatlari (davlat ixtiyoridagi va maktab ixtiyoridagi soatlar)ning minimal hajmini belgilaydi.
O‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
8. Umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari umumta’lim fanlari bo‘yicha ta’lim mazmunining majburiy minimumi va yakuniy maqsadlariga, o‘quv yuklamalari hajmiga hamda ta’lim sifatiga qo‘yiladigan talablardan iborat bo‘lib, u quyidagilardan tashkil topadi:
bilim — o‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish;
ko‘nikma — o‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish;
malaka — o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish;
kompetensiya — mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati.
9. Baholash tizimi — davlat ta’lim standarti bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning malaka talablarini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi darajasini hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasasining faoliyati samaradorligini aniqlaydigan mezonlar majmuidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |