Ish beruvchi xodimlar mehnatini toʻgʻri tashkil qilishi, qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat sharoitlarini yaratib berishi, mehnat va ishlab chiqarish institutizomini taʼminlashi, mehnat mu-hofazasi qoidalariga rioya etishi, xodimlarning ehtiyoj va talablariga eʼtibor bilan qarashi, ularning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilab borishi, jamoa shartnomalarini tuzishi lozim. Ish beruvchi xodimdan uning mehnat vazifalari doirasiga kirmaydigan ishlarni bajarishni, qonunga xilof yoki xodim va boshqa shaxslarning hayoti va sogʻligi uchun xavf tugʻdiruvchi, ularning shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlar qilishni talab etishga haqli emas (OʻzR Mehnat Kodeksining 177moddasi). Mehnat Kodeksining 175moddasida koʻrsatilganidek, korxonalarda Mehnat intizomi normal tarzda ishlash uchun zarur tashkiliy va iqtisodiy sharoitlarni yaratib berish, halol mehnat uchun ragʻbatlantirish va mukofotlash usullari bilan, noinsof xodimlarga nisbatan jazo choralarini qoʻllanish orqali taʼminlanadi. Ayni vaqtda mehnat jamoalarida Mehnat intizomining buzilishiga nisbatan murosasizlik vaziyati vujudga keltiriladi.
Korxona, muassasa va tashkilotlarda ichki mehnat tartibi qoidalaridan tashqari texnika qoidalari va instruksiyalari hamda mansablar toʻgʻrisidagi nizomlar, instruksiyalar bilan ham tartibga solinadi.
Mehnat intizomini taʼminlashda ragʻbatlantirish muhim huquqiy vositadir. Ragʻbatlantirish turlari, ularni qoʻllanish tartibi, afzallik va imtiyozlar berish jamoa shartnomalari, ichki mehnat tartibi qoidalari va boshqa ichki hujjatlarda, jamoa kelishuvlarida, institutizom toʻgʻrisidagi ustav va nizomlarda belgilab qoʻyiladi (Mehnat kodeksining 180moddasi). Mehnat qonunchiligida oʻzining mehnat burchlarini muvaffaqiyatli va vijdonan bajarayotgan ishchi va xizmatchilarga ijtimoiy- madaniy va uy-joy maishiy xizmat sohasida (sanatoriy va dam olish uylariga yoʻllanmalar berish, uy-joy sharoitini yaxshilash va shu singari sohalarda) birinchi navbatda imtiyoz va afzalliklar beriladi. Bunday xodimlarga ishda yuqori pogʻonaga koʻtarilishda ham afzalliklar boʻladi.
OʻzR Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 1999 yil 4 mayda tasdiqlanib, Adliya vazirligida 1999 yil 14 iyunda 746raqam bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan Namunaviy ichki mehnat tartibi qoidalarida ishdagi yutuklar uchun quyidagi ragʻbatlantirish choralari belgilangan: tashakkur eʼlon qilish; pul mukofoti berish; qimmatli sovgʻa bilan taqdirlash. Bunday ragʻbatlantirish choralari mehnat burchlarini namunali bajarganlik, mehnat unumdorligini oshirganlik, mahsulot sifatini yaxshilaganlik, davomli va nuqsonsiz ishlaganlik va ishdagi boshqa muvaffaqiyatlar uchun qoʻllanadi. Ragʻbatlantirishlar korxona tarkibiy boʻlinmasi rahbari yoki xodim ishlayotgan mehnat chjamoasining tavsiyasiga binoan ish beruvchining buyrugʻi bilan eʼlon qilinadi. Xodimlar mehnat sohasida davlat va jamiyat oldidagi alohida xizmatlari uchun davlat mukofotlariga taqsim etilishi mumkin. Ish haqi, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar va mehnat haqi tizimida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlar ragʻbatlantirish turlariga kirmaydi. Intizomiy jazo amal qilib turgan muddat mobaynida xodimga nisbatan rağbalantirish choralari qo’llanilmaydi .
Do'stlaringiz bilan baham: |